Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Mavzu: Harakatlarga o'rgatish jarayoni bosqichlarining xususiyatlari


Download 2.72 Mb.
bet64/127
Sana18.10.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1708479
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127
Bog'liq
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati

Mavzu: Harakatlarga o'rgatish jarayoni bosqichlarining xususiyatlari
va tuzilishi.
Ma’ruzaning metodi: “Klaster” har bir talaba mustaqil fikrini bildiradi.
Maqsadi: talabalarning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib nazariy bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash, mustaqil, ijodiy fikrlash, kasbiy bilimlarini rivojlantirish.
Mashgulot turi: ma’ruza.
Mashgulot jixozi: tarqatma materialar, kompyuter, proektor, prezentatsiya, slaydlar.
Ajratilgan vaqt: 80 minut.
Mashgulotning borishi:
10-Mavzu. Harakatlarga o'rgatish jarayoni bosqichlarining xususiyatlari
va tuzilishi.
Reja:

  1. Harakat faoliyatiga o'rgatish jarayoniga tavsif.

  2. Dastlabki o'rganish. Chuqurroq o'rganish. Harakatlarni bajarish malakasini mustahkamlash va yanada takomillashtirish.

  3. O'rgatish jarayonlarining vazifalari. O'rgatish jarayonlarinig uslub va tamoyillar bilan o'zaro aloqasi.

1.Harakat faoliyatiga o'rgatish jarayoniga tavsif.
Harakat faoliyatini (yoki jismoniy mashqni) o‘rgatish nisbatan qisqa pedagogic vazifadir. Harakat faoliyatini o‘rgatish atamasi harakat faoliyati aniq bo‘lib, uning nazariy bilimi ham berilganda qo‘llaniladi. Harakat faoliyatini o‘qitishda harakat malakasi shakllanadi, ko‘nikma vujudga keladi, bir vaqtning o‘zida muvofiq jismoniy harakat sifatlari: kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, mushaklar egiluvchanligi va bo‘g‘imlar harakatchanligi rivojlanadi. Shu sababli pedagogic jarayonda e’tibor bir narsaga – ta’limga, ya’ni malakani shakllantirishga yoki harakat sifatlarini rivojlantirishga qaratilishi lozim.
Harakat faoliyatini o‘qitishda bilim berish vazifalari ham o‘zining xususiyatlariga ega. O‘quv materiallarini egallash jarayonining yetakchi tarkibiy qismi o‘quvchilarning faol harakat faoliyatidir. Ularning o‘quv-mehnat faoliyati hammadan avval jismoniy kuch sarflashni talab qiladi. O‘quvchining o‘quv faoliyatiga oid ayrim qonuniyatlarni bilish insonning ish qobiliyati umumiy qonuniyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Individning ish qobiliyati bir necha omillarga bog‘liq: ajdodlaridan meros qobiliyatlar, hayotiy jarayonda to‘plangan tajribalar va ma’lum belgilangan sharoitda aniq faoliyatni boshqara olish. Bu omillar qanchalar yaxshi rivojlangan bo‘lsa, inson shunchalar katta ishchanlik qobiliyatini namoyon qila oladi.
Odatdagi sharoitda inson o‘z ish qobiliyatlarining bir qismidangina foydalana oladi, xolos. Zahirada deb hisoblangan boshqa qismi faqat oshirib qo‘yilgan maksimal talablarga javob berishda namoyon bo‘lishi mumkin. Noodatiy tashqi sharoit zahiradagi ish qobiliyatining namoyon bo‘lishiga imkoniyat yaratibgina qolmay, inson qobiliyatlarining maksimal darajada rivojlanishini tarbiyalaydi.
Harakat faoliyatini o‘qitishning ikkinchi xususiyati harakat malakalari tizimini shakllantirish hisoblanadi. Faqat harakat faoliyati tizimigina o‘quvchi jismoniy tayyorgarligining xususiyatini belgilaydi. Masalan, 30 metrga yugurish 60 metrga yugurish bilan taqqoslanganda, uning boshqa harakat faoliyatlari bilan ko‘p marotaba bog‘lanishlarga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Tirmashib chiqish va muvozanat saqlash mashqlari esa boshqa harakat faoliyatlari tizimiga nisbatan qaram emas. Bu faoliyatlarning ta’siri natijasi boshqa faoliyatlarnikidan yuqori yoki past bo‘lishi mumkin.
Uchinchi xususiyati –
ta’limni ikki yo‘nalishda amalga oshirishda harakat sifatlarini kompleks rivojlantirish bilan aloqadorligi:
a) harakat malakasi harakat sifatlarining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Eng avvalo, aynan o‘sha harakat malakasiga oid harakat sifatlari rivojlanadi;
b) harakat malakasi uchun maxsus xususiyatga ega bo‘lgan harakat sifatini rivojlantirish bir vaqtning o‘zida boshqa sifatlarni rivojlantirishdan samaraliroq kechadi.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling