Jismoniy tarbiya tizimini rivojlanishi tarixiy qonuniyatlari, jismoniy tarbiyaning umumiy prinsiplari, ularni mashg‘ulotlar jarayonida amalga oshirish yo‘llari


Download 163.5 Kb.
bet2/6
Sana14.09.2023
Hajmi163.5 Kb.
#1678271
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VOSITALARIGA UMUMIY XARAKTERISTIKA

JISMONIY TARBIYA VOSITALARI.
1-Jadval.






















Tasnif - bu jismoniy mashqlarni muayyan belgilariga ko‘ra guruh va kichik guruhchalarga taqsimlanishidir. Turli jismoniy mashqlar ko‘‘lab o‘xshash belgilarga ega. Mashqlarni guruhlashga imkon beradigan asosiy belgini aniљlash muhim. Bu belgi ‘elogogik jihatdan ahamiyatli bo‘lishi lozim. Turli belgilarga ko‘ra tuzilgan tasniflar ko‘‘lab amaldagi jismoniy mashqlar bilan tanishishga, ulardan zarurlarini qo‘yilgan vazifalarga muvofiq tanlashga, darslik va qo‘llanmalardan zarur mashqlar tavsifni tez to’ishga yordam beradi.


Ayniqsa, umumiy tasniflarning asosida jismoniy tarbiya vositalarining tarixiy shakllangan tizimi va metodlari yotadi: gimnastika, o‘yinlar, s’ort, turizm. Bu guruhlarning har bir o‘ziga xos ahamiyatga ega va ular yanada kichik tasnifiy guruhchalarga bo‘linadi.
Gimnastika jismoniy tarbiya tizimida katta o‘rin tutadi. U sog‘lomlashtirish yoki umumrivojlantiruvchi (asosiy, gigiyenik, atletik) gimnastika, s’ort-akrobatikasi, kasbiy, s’ort gimnastikasi, badiiy gimnastika (va amaliy) ‘rofessional-amaliy, harbiy-amaliy, s’ort-amaliy, ishlab chiqishdagi gimnastika, davolash gimnastikasi turlariga bo‘linadi.
Gimnastikaning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud gavdani turli qismlari, ayrim, bo‘g‘imlar va ular faoliyatining turli tomonlari va xolatiga talab ta’sir etish (mushaklarning bo‘shashishiga, cho‘zilish va boshqalar): jismoniy yuklanishni taqsimlash imkoniyati: s’ort anjomlari va s’ort inshoatlaridan foydalanish: mashqlarni musiqa jo‘rligida o‘tkazish: mashqlarning rang-barangligi. Gimnastikaning bu xususiyatlari undan xilma-xil vazifalarni hal etish uchun barcha yoshdagi, salomatligi, jismoniy tayyorgarligi turlicha bo‘lgan kishilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda foydalanish imkonini beradi.
Harakatli o‘yinlar. Bu turli emotsional xarakatlardan iborat murakkab faoliyatdir. Bu faoliyat belgilangan qoidalar asosida to‘satdan o‘zgaradigan sharoit va vaziyatlarda bajariladi. Gimnastikadan farqli o‘laroq, o‘yinlarni o‘tkazishda jismoniy yuklamni taqsimlash qiyin bo‘ladi.
Harakatli o‘yinlar boshqa jismoniy mashqlardan shug‘ullanuvchilar faoliyatini tashkil etish va boshqarish xususiyatlari bilan farqlanadi. O‘yin davomida to‘satdan o‘zgaradigan vaziyatlarda harakat qilish va tezkorlik, chaqqonlik kabi jismoniy fazilatlar namoyon qilgan holda qisqa muddatda harakat vazifalarini xal etish zaruriyati vujudga keladi. Bu harakatlar ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. O‘yin ‘aytida bolalar faoliyati obrazli syujetli yoki o‘yin vazifalari asosida tashkil etiladi, va bu bolalarning jismoniy mashqlarni ishtiyoq bilan va uzoq muddat bajarishi uchun ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi. Bu o‘z navbatida ularning organizmiga ta’sirini kuchaytiradi, chidamlilikni rivojlantirishga yordam beradi.
O‘yin qoidalariga rioya qilish bir-birini taqozo etiladigan hatti-harakatni yuzaga keltiradi, ahloqiy fazilatlar (o‘zaro yordam, ongli intizom va boshqalarni) tarbiyalashga harakat usullarini tanlashda mustaqillik ko‘tsatishlari, zehni sabotlilik ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. O‘yin faoliyati majmua xarakaterga ega turli harakalar uyg‘unligi (yugurish, sakrash va boshqalar) quriladi.
O‘yinning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlari undan kichik maktab yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan ishda foydalanish imkonini beradi.
S’ort jismoniy mashqlarning biror turida yuqori natijaga erishishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi, kishining ma’naviyva jismoniy kuchlariga yuksak talablar ko‘yadi. Shuning uchun u muayan yosh bosqichning rivojlanish darajasidagina qo‘llash mumkin. Bu esa jismoniy tayyorgarlik sog‘ligiga muvofiq sharoitnini talab qiladi.
S’ort jismoniy kamol to’ishga hizmat qiladi va ma’naviy-irodaviy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Shuning uchun s’ort bilan shug‘ullanish ayniqsa, kishi organizmining hamda inson shaxsining shakllanish davrida foydalidir.
Jismoniy mahorati shakllantirish va jismoniy tarbiyaning xilma- xil vazifalarini xal etish maљsadida o‘quvchilar bilan ishlashda turli gimnastika mashqlari (sarflanish umumrivojlantiruvchi mashqlar). Buning natijasida jismoniy mashqlar va keyingi yosh bosqichlarida xilma-xil s’ort turlari bilan shug‘ullanish uchun zamin yaratiladi.
Turizm harakat ko‘nikmalarini mustahkamlashga va tabiiy sharoitlarda jismoniy fazilatlarni rivojlanishga imkon beradi. Maktabda bolalar bilan turli harakat usullaridan foydalangan holda (‘iyoda yurish velosi’edda yurish va boshqalar) shahar tashqarisiga sayrlar uyushtiriladi. Sayr chog‘ida yo‘l-yo‘lakay turli mashqlarni bajarish mumkin (masalan, to‘nkalardan sakrash, arqonchalardan sakrab o‘tish, arg‘amchidan sakrash, ko’tok bilan bajariladigan mashqlar, harakatli o‘yinlar va boshqalar), jismoniy mashqlarni ochiq xavoda bajarish sog‘lomlashtirish ishning samaradorligini oshiradi.
Tabiatning sog‘lomlashtirish kuchlari jismoniy tarbiya jarayonida ikki yo‘nalishda olib boriladi:

  1. Jismoniy mashqlar mashg‘ulotini tashkil etishi va muvofiqli sharoit sifatida o‘tkazilishi (ochiq xavoda, quyosh nurining ta’sirida, tong sharoitida va h.k), ya’ni muxitning tabiiy omillari jismoniy mashqlar ta’sirini kuchayrtiradi.

  2. Ikki yo‘nalish organizmni chiniqtirishga nisbatan mustaqil vosita sifatida foydaniladi (quyosh, xavo vannasi, suv tadbirlari, artinish, chiniqtirish va h.k.).

  3. Misol: Kasalxonalarda, kurortlarda va boshqa turli dam olish tashkilotlarida xavo va quyosh vannalari, suv va chiniqtirish tadbirlari keng o‘rin egallaydi. Jismoniy mashqlar mashg‘ulotida. Tabiatning sog‘lomlashtirish kuchlarini to‘g‘ri ishlata bilish kishi organizmiga jismoniy mashqlarni ijobiy ta’sirini oshiradi.

  4. Tabiatning sog‘lomlashtirish kuchlari (quyosh, xavo, suv), bola organizmiga jismoniy mashqlarini ta’sir etish samaradorligini oshirish. Ochiљ xavoda. Quyoshli kunlarda jismoniy mashqlar o‘tkazish vaqtida bolalarda ijobiy xissiyot vujudga keladi, ko‘‘roq kislorod yutiladi, modda almashinuvi orqali, ayrim organlar va organizm tizimlarining quvvatini imkoniyatlarini oshiradi. Quyosh, xavo va suv organizmni chiniqtirish uchun, yuqori va ‘ast haroratga organizmning moslashuvini oshirish uchun foydalaniladi. Natijada issiqlikni boshqaruvchi a’’arat mashqlanadi va inson organizmi ob-havoning keskin o‘zgarishiga o‘z vaqtida javob berish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bunda tabiatning tabiiy omillaridan jismoniy mashqlar moslanishi chiniqish samarasini oshiradi.

  5. Tabiatning tabiiy kuchlaridan mustaqil vositalar sifatida foydalaniladi. Suv terining iflosdan tozalash uchun, undagi qon-tomirlarini kengaytirish va toraytirish va hakozo uchun qo‘llaniladi. O‘rmonlar, bog‘lar, istiroxat bog‘lari havosi aloxida moddaga (fitotsitlar) ega bo‘lib mikroblarni yo‘qotishga, qonni kislorod bilan boyitishga yordam beradi. Quyosh nurlari teri ostida «S» vitamini xosil qilishga yordam beradi.

  6. Tabiatning tabiiy kuchlridan ularni moslashtirilgan xolda foydalanish muhimdir.

  7. Gigiyenik omillar jismoniy tarbiya vazifalarini hal etishning zarur sharti hisoblanadi. Ular jismoniy mashqlarning shug‘ullanuvchilar organizmiga ta’siri samaradorligini oshiradi. Xonalar, fizkultura jihozlari o‘yinchoqlar, o‘quvchilar kiyimlari va ‘oyabzallarining tozaligi kasalliklarini oldini oladi. Gigiyenik talabalarni bajarish bolalarda ijobiy emotsiya uyg‘otadi va jismoniy mashqlarni o‘zlashtirish uchun qulay sharoit yaratadi. Gigiyenik omillar shaxsiy va jamoat gigiyenasini o‘z ichiga oladi.

  8. Gigiyenik omillar mustaqil ahamiyatga ega: ular barcha organ va tizmlarning normal ishlashiga yordam beradi. Masalan: muntazam va sifatli ovqatlanish, ovqat xazm qilish organlarining faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladi va boshqa organlarga zaruriy oziq moddalarning o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlaydi, bolaning normal rivojlanish va o‘sishga yo‘l yordam beradi. To‘g‘ri yoritish ko‘z kasalliklarini sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, o‘quvchilarning xarakat qilishlari uchun qulay sharoit yaratadi.

  9. Kundalik rejimga qat’iy rioya qilish uyushqoqlikka, intizomlilikka o‘rgatadi.

  10. Gigiyenik omillar-shaxsiy va jamoat gigiyenasini o‘z ichiga qamrab oladi.

  11. 1. Shaxsiy gigiyena mashg‘ulot tartibi, dam olish, joyining tozaligi o‘quv va ovqatlanish xona gigiyenasi, maydoncha, kiyimlar, s’ort jihozlari va anjomlari badani va kiyimlarning tozaligi va h.k.larning organizga jismoniy tarbiya samaradorligini oshiradi. Agarda jismoniy mashqlar toza, yorug‘ xonalarda o‘tkazilsa, jismoniy harakat sifatlarning rivojlanishi va bu mashqlarni o‘zlashtirish yengilroq bo‘ladi. Ular sog‘liqni yaxshilashda va kishi umrini uzaytirishda katta ahamiyatga ega.

  12. Gigiyena omillar mustaqil ahamiyatga ega: hamma tizim va organlarning normal xolatda ishlashga ko‘maklashadi. Masalan, sifatli va muntazam ovqatlanish hamma organlarga ozuqaviy moddalarni o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlaydi, bolaning to‘g‘ri o‘sishi va rivojlanishiga yordamlashadi, shuningdek, ovqat xazm qilish tizimi shaxsning faoliyatiga ijobiy ta’sir etib kasallanishni oldini oladi.

  13. Normal - tinch uxlash asab tizmlarini ishchanligini oshiradi va dam olishga imkon yaratish. Xonaning to‘g‘ri yoritilganligi ko‘z kasalliklari kelib chiqishining oldini oldi va bolalarning fazo sezgirligi uchun qulay sharoit yaratadi. Bular sog‘liqni yaxshilashda va kishi umrini uzaytirishda katta ahamiyatga ega. S’ort bilan shug‘ullanishda, mashq bajarish va dam olish, ovqatlanish katta ahamiyatga ega.

  14. 2. Jamoat gigiyenasi: mashq bajarish joyning yorug‘ligi, tozaligi, asbob va anjomlar bilan jihozlanish yoki xonalarning gigiyenik talabga javob berishi va h.k.

  15. Muhitning tabiiy omillari va gigiyenik sharoitlar jismoniy tarbiyaning asosiy maxsus vositalari bo‘lmasa ham, lekin ularning ta’siri katta ahamiyatga ega.

  16. Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo‘lib hisoblanadi. Agar tabiatning sog‘lomlashtirish kuchlari, gigiyenik omillar orqali sog‘lomlashtirish vazifalarini xal etilsa, jismoniy mashqlar esa har bir xarakat malakalariga o‘rgatish, xarakat sifatlarini tarbiyalash, kishini jismoniy va ruhiy rivojlantirishda asosiy vazifalarni xal etadi. (Jadval 1).

  17. Yuqorida ko‘rsatilgan jismoniy tarbiya vositalari sog‘lomlashtirish va ta’lim-tarbiya berish vazifalarini amalga oshirishning asosiy shartidir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, estetik, ahloqiy vositalar qo‘llaniladi, bu esa hamma tarbiya turlarini birligini ko‘rsatadi.

  18. Jismoniy mashqlar, jismoniy tarbiya vositasi sifatida shug‘ullanuvchilarni faol xarakat faoliyatlarini tashkil etadi. Jismoniy mashqlar bajarish xususiyatlarini va yaxshi natijalarga ega bo‘lish yo‘lini shug‘ullanivchilarning ongini yetkazish kerak.

  19. Jismoniy mashqlar onglilik xakterini qator ‘sixik jarayonlarni yig‘indisida ko‘rish mumkin. Masalan: balandlikka sakrash. Yuqorida aytilganlardan quyidagi umumiy xulosani chiqarish mumkin.

  20. Jismoniy mashqlar ongli ravishda bajariladigan erkin xarakat faoliyati bo‘lib, jismoniy tarbiyaning qonuniyatliklariga muvofiq ishlatiladi.

  21. Boshqacha aytilganda, jismoniy mashqlar-bu maxsus tanlab olinib, ta’lim-tarbiya vazifalarini bajaradigan xarakatdir.

  22. Xozirgi zamon jamoat ishlab chiqarishni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, majmuasini mexanizatsiyalashtirish, elektronika va kibernetikadan foydalanishdir. Bunda jismoniy kuchlar qisqaradi (kamayadi), uzoq muddatli diqqatga, funksiyalarning xarakatchanli va asboblar ko‘rsatgichini tezda qamrab olish talablari ortib boradi. Nozik sezgi organlar bu sharoitlarda katta ahamiyatga ega.

  23. Jismoniy mashqlar ayrim kategoriyali odamlarda mavjud bo‘lgan xarakat, jismoniy faoliyatning kamchiliklariga qarshi kurashda ham qo‘llaniladi. Bunda ular «kom’ensatsiyalashgan» funksiyani bajaradi. Ishlab chiqarishda jamoatda va boshqa joylarda xarakatlarni chegaralash natijasida jismoniy yetishmaslik kelib chiqadi. Bu esa ko‘‘gina organ va tizimlarning funksiyasini ‘asaytiradi, tashqi salbiy ta’siri ostida turg‘unlik ‘asayadi.

  24. Shunday qilib xayot o‘rgatgan shart-sharoitlar va organizni to‘liq morfologik va funksional rivojlantirishga zarur bo‘lgan vositalar orasidagi qarama-qarshiliklar mavjud bo‘ladi. Bu salbiy xodisalarga qarshi kurnashda insonning jismoniy va ‘sixologik qobiliyatini oshirishda qo‘llaniladigan jismoniy mashqlar muhim ahamiyatga ega.

  25. Jismoniy tarbiya jarayonida hamma vositalar ishtirok etsada, jismoniy mashqlar tarbiyalash va o‘rgatishda o‘ziga xos ahamiyatga egadirlar.

  26. Buning sabablari quyidagilar:

  27. Jismoniy mashqlar insonning atrof-muxitga nisbatan xarakat tizimini ifodalaydi.

  28. Jismoniy mashqlar ijtimoiy-tarixiy jarayonida jismoniy tarbiya sohasidagi takrorlanish, qaytarilishdir.

  29. Jismoniy mashqlar shug‘ullanuvchilarning tanasiga ta’sir qilib qolmay, shaxs sifatida shakllanishida ham ahamiyalaridir.

  30. Jismoniy mashqlarning ‘edogogik faoliyatdagi alohida ahamiyati tarbiyadanuvchilarning jismoniy takomillanuviga qaratilganligidadir.

  31. Jismoniy mashqlar kishining xarakatga bo‘lgan talabini qondiruvchi vositadir.



Download 163.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling