|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT BO‘YICHA MUTAXASSISLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTINING
BUYRUG‘I
|
|
|
|
|
|
|
2023-yil “ ___ ”- ________ _______ -sonli Toshkent sh.
2023-yil aprel oyi malaka oshirish kurslari tinglovchilariga guruh rahbarlarini biriktirish to‘g‘risida
|
O‘quv jarayonini samarali tashkil etish, mashg‘ulotlar uzluksizligini ta’minlash, 2023-yil aprel oyida malaka oshirish kurslariga qabul qilingan tinglovchilarni dars mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida qatnashishini doimiy nazoratga olish maqsadida
BUYURAMAN:
1. Institutda joriy yilning aprel oyida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilariga guruh rahbarlari etib biriktirilgan professor-o‘qituvchilar ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi (Yo.Ismoilova)ga:
malaka oshirish kurslari tinglovchilariga guruh rahbarlarini tanishtirish;
guruh rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga uslubiy yordam ko‘rsatish
va doimiy nazorat qilish vazifalari yuklatilsin.
3. Guruh rahbarlariga: tinglovchilarni dars mashg‘ulotlariga tasdiqlangan dars jadvaliga muvofiq belgilangan vaqtlarda ishtirokini ta’minlash;
malaka oshirish kursi ta’lim dasturlarini o‘zlashtirishda tinglovchilarga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish;
18 akademik soatdan ortiq o‘quv mashg‘ulotlariga uzurli sabablarsiz qatnashmagan tinglovchilarni kursdan chetlatish bo‘yicha bildirishnoma kiritish;
guruh tinglovchilari ishtirokida sport, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish tinglovchilarni kurs yakuni bo‘yicha attestatsiya jarayonlariga o‘z vaqtida ishtirokini ta’minlash;
malaka oshirish kursining yakuniy natijalari yuzasidan Malaka oshirish o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limiga yozma hisobot berish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (A.Amonov) zimmasiga yuklansin.
Asos: Institutning 2023-yil _____aprel oyi malaka oshirish kursiga tinglovchilarni qabul qilish to‘g‘risidagi _________ -sonli buyrug‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |