Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish


-bob. Bitimni tuzish, o‘zgartirish, to‘xtatish va bekor qilish


Download 258.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana05.09.2023
Hajmi258.88 Kb.
#1673107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
184-сон 01.03.2019. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

5-bob. Bitimni tuzish, o‘zgartirish, to‘xtatish va bekor qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
27. Tanlov komissiyasining ijobiy qarori asosida, u qabul qilingan kundan boshlab 10 kun
ichida davlat sherigi va xususiy sherik qonunchilik hujjatlari va ushbu Nizom talablariga rioya qilgan
holda bitim tuzadi va bitimni O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining
yagona reyestriga kiritish uchun ushbu vazirlikka ma’lumot taqdim etadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
28. Bitimda uni amalga oshirish shakliga qarab quyidagilar aks ettirilishi zarur:
bitimning amal qilish muddati va shartlari;
xususiy investitsiyalar obyekti va hajmi;


jismoniy tarbiya va sport muassasasi foydalanishga topshiriladigan va faoliyati boshlanadigan
muddatlar;
bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari;
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlari uchun shartnomalar tuzish muddatlari,
loyihani moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, loyihaning bajarilishini texnik nazorat
qilish tartibi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining bajarilishi yuzasidan monitoring o‘tkazish tartibi;
infratuzilma obyektlari, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab
chiqiladigan va (yoki) ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan talablar;
xususiy sherik tomonidan o‘z majburiyatlarini bajarish jarayoni to‘g‘risida hisobotlar taqdim
etish tartibi va muddatlari;
davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida bitim tuzish bilan bog‘liq xavf-xatarlarni taqsimlash
tartibi va shartlari;
davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish
uchun o‘tkazib beriladigan infratuzilma obyektiga egalik qilish va undan foydalanish tartibi;
jismoniy tarbiya va sport muassasasidan foydalanish, unga texnik xizmat ko‘rsatish, uni
loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, ta’mirlash, modernizatsiyalash tartibi;
bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin bitimni ijro etish jarayonida paydo bo‘lgan
obyektga va boshqa mulkka doir huquqlarni taqsimlash tartibi;
bitim shartlariga rioya qilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi;
bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek, bitimni muddatidan oldin bekor qilish natijasida
yetkazilgan zararlarning o‘rnini to‘ldirish yoki qoplash tartibi;
xususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmagani yoki lozim darajada bajarilmaganligi
uchun sanksiyalar;
bitimni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan nizolarni hal qilish tartibi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Bitimda qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shartlar ham keltirilishi mumkin.
(28-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-
son)
29. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida bo‘lgan va davlat-
xususiy sheriklik shartlari asosida investorlarga berilgan sport obyektlarida jismoniy tarbiya-
sog‘lomlashtirish va sport bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish orqali tushgan umumiy tushumlarning
20 foizi davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimga muvofiq balansda saqlovchining maxsus hisob
raqamlariga o‘tkaziladi (otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida davlat xususiy sheriklik
shartlarida bundan mustasno) va quyidagicha taqsimlanadi:
Balansda saqlovchining maxsus hisob raqamlariga kelib tushgan mablag‘ning 50 foizi davlat
sherigining maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi. Qolgan qismi balansda saqlovchining ixtiyorida
qoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda balansda saqlovchining
maxsus hisob raqamlariga kelib tushadigan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya
va sport vazirligi hamda balansda saqlovchining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va boshqa
ehtiyojlariga sarflanadi.
30. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun davlat sherigi xususiy sherikka bitim loyihasining
matnini taqdim etadi.
31. Zaruratga qarab, bitim qoidalarini davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida kelishib olish
maqsadida muzokaralar o‘tkaziladi.
32. Bitim davlat sherigi va xususiy sherik o‘rtasida ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun
bittadan nusxada imzolanadi.


33. Tuzilgan bitimlarning yagona reyestri O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport
vazirligi tomonidan yuritiladi.
34. Bitim tomonlar imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bitim muddati tugashigacha
yoki bekor qilinishigacha amal qiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
35. Bitim tuzilgandan keyin xususiy sherik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda
nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni
oladi, nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash
shakllari bundan mustasno.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
36. Bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagi hollarda kiritilishi mumkin:
tomonlarning o‘zaro roziligi bilan;
Oldingi
 tahrirga qarang.
davlat sherigining talabi bo‘yicha — davlat sherigi va xususiy sherikning shartnoma asosidagi
munosabatlariga doir jismoniy tarbiya va sport sohasini tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik
hujjatlarining o‘zgarishi munosabati bilan;
(36-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-
apreldagi 153-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-
son)
sudning hal qiluv qarori asosida.
37. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
tomonlarning o‘zaro roziligi bilan;
xususiy sherik bankrot bo‘lsa yoki tugatilsa;
davlat sherigining talabi bo‘yicha — xususiy sherik o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda;
xususiy sherikning talabi bo‘yicha — davlat sherigi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda.
Ushbu bandning 
to‘rtinchi 
va 
beshinchi xatboshilarida 
nazarda tutilgan hollarda bitim bir
yildan keyin bekor qilinadi.
38. Bitim uning amal qilish muddati tugagandan keyin to‘xtatiladi.
Bitimning amal qilish muddati to‘xtatilishi tomonlarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan
ozod qilmaydi.

Download 258.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling