Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish
-bob. Nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining binolarini qurish uchun ijara
Download 258.88 Kb. Pdf ko'rish
|
184-сон 01.03.2019. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
7-bob. Nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining binolarini qurish uchun ijara
huquqi asosida taqdim etish tartibi (7-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) 43. Nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini tashkil etish uchun aholi punktlari tarkibiga kiradigan yer uchastkalari ajratiladi. 44. Davlat sherigi 30 yil muddatga bitim tuzilgan kundan boshlab bir kun ichida xususiy sherik — tanlov g‘olibining arizasini bitimda ko‘rsatilgan shartlarda taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi. 45. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi xususiy sherik arizasini va tanlov komissiyasi qarorini obyekt qurilishi uchun yer uchastkasi taqdim etish bo‘yicha materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmasiga yuboradi. 46. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda Qurilish vazirligining hududiy organlari deb ataladi) yigirma ish kuni ichida yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlaydi va vakolatli organlar (tashkilotlar) bilan kelishadi hamda ushbu materiallarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi. Oldingi tahrirga qarang. 47. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uch kun ichida nodavlat jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarini tashkil etish maqsadida yer uchastkasini davlat sherigiga doimiy foydalanish uchun taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. (47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) Oldingi tahrirga qarang. 47 . Davlat sherigi unga yer uchastkasi ajratilgan kundan boshlab bir kun ichida yer uchastkasini davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida xususiy sherikka ijaraga berish bo‘yicha bitimga qo‘shimcha kiritilishini ta’minlaydi. (47 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) Oldingi tahrirga qarang. (48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son) 49. Yer uchastkasini taqdim etishga doir materiallarni tayyorlash va kelishish bilan bog‘liq xarajatlar xususiy sherik bilan bitim tuzilgandan keyin xususiy sherik tomonidan qoplanadi. 50. Davlat sherigi loyihani amalga oshirishda: xususiy sherikning mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, unga imtiyozli kreditlar olishda ko‘maklashishi; barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiya, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlashda ko‘maklashishi; zarurat bo‘lsa, jismoniy tarbiya va sport sohasida uslubiy va maslahat yordamini berishi shart. 51. Xususiy sherik loyihani amalga oshirishda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishida faoliyat yurituvchi guruhlar, bolalar uchun to‘garaklar va boshqa jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etadi. 52. Loyihani amalga oshirishda xususiy sherik zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagi majburiyatlar yuklanadi: tutash hududni qurish, jihozlash, obodonlashtirish hamda jismoniy tarbiya va sport muassasasini bitimda ko‘rsatilgan muddatlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha choralar ko‘rish; ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxslar uchun imtiyozli yoki bepul jismoniy tarbiya va sport xizmatlarini tashkil etish. Bitim mulkni bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin davlat sherigida qoldirish sharti bilan tuzilgan taqdirda, xususiy sherik bitimni uzaytirish bo‘yicha ustuvor huquqqa ega bo‘ladi. Download 258.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling