Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish
-bob. Bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari
Download 258.88 Kb. Pdf ko'rish
|
184-сон 01.03.2019. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
6-bob. Bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari
39. Xususiy sherik: davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifni ko‘rib chiqish uchun davlat sherigiga taqdim etishga; yer uchastkalarini, bo‘sh turgan binolarni, shu jumladan faoliyat ko‘rsatmayotgan davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalarini, shuningdek, ularning foydalanilmayotgan binolari yoki korpuslarini bitim amal qiladigan muddatga bepul olishga hamda ulardan foydalanishga; binolar va inshootlarni xarid qilish, qayta qurish, zamonaviy o‘quv uskunalari va o‘qitish vositalarini xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar olishga; bitim shartlari davlat sherigi tomonidan buzilgan taqdirda, uni sud tartibida bekor qilishni talab qilishga haqli. davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan sport inshootlariga maxsus turniket va videokuzatuv vositalarini o‘rnatishga haqli. Oldingi tahrirga qarang. Xususiy sherik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (39-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266- son) 40. Xususiy sherik: Oldingi tahrirga qarang. bitim va qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilishi; (40-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266- son) bitim amal qiladigan butun muddat davomida obyekt faoliyatining ixtisosligini saqlashi; jismoniy tarbiya va sport tashkilotida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilishi; Oldingi tahrirga qarang. jismoniy tarbiya va sport tashkilotini yuqori malakali pedagog kadrlar va boshqa kadrlar bilan to‘ldirish, o‘quv-mashq jarayonini qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘tkazish uchun zarur shart- sharoitlar yaratish choralarini ko‘rishi; (40-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266- son) jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport mashg‘ulotlari hamda tadbirlarini o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishi, shu jumladan iste’dodli yoshlarni aniqlashi va qo‘llab-quvvatlashi; ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sportning innovatsion- pedagogik shakllari, usullari va zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish asosida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyatning samaradorligini va natijadorligini oshirish choralarini ko‘rishi; ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning shug‘ullanishini ta’minlash, ular uchun to‘lovlarni imtiyozli shartlarda (ushbu joydagi davlat jismoniy tarbiya va sport muassasalari uchun belgilangan miqdordan ortiq bo‘lmagan hajmda) belgilashi; mashqlarni o‘tkazish muddatlari va shartlari, haq to‘lash miqdorlari, tomonlar huquqlari va majburiyatlari hamda boshqa shartlar belgilangan shartnomaga muvofiq shug‘ullanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishi; obyektning to‘liq yoki qisman moliyalashtirilishini, undan foydalanilishini, unga texnik xizmat ko‘rsatilishini, shuningdek, loyihalashtirilishi, qurilishi, qayta qurilishi, ta’mirlanishi, modernizatsiyalanishini ta’minlashi shart. Oldingi tahrirga qarang. Xususiy sherik qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘z zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin. (40-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266- son) Oldingi tahrirga qarang. Bitim amal qiladigan muddat tugamasdan, xususiy sherik mulki bo‘lgan obyektning u tomonidan musodara qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, xususiy sherik qonunchilik hujjatlariga muvofiq almashtirilishi bundan mustasno. (40-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266- son) 41. Davlat sherigi: xususiy sherikdan har chorakda bitim shartlarini bajarish jarayoni to‘g‘risida hisobot olishga; bitim shartlarini bajarish jarayoni yuzasidan monitoring o‘tkazishga va davlat-xususiy sheriklik loyihalarning amalga oshishini baholashga; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilik hujjatlariga va bitim shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoring o‘tkazish doirasida aniqlangan qonunbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga; (41-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266- son) xususiy sherik aybi bilan yuzaga kelgan obyekt bo‘yicha zararlar qoplanishini talab qilishga; bitim shartlari xususiy sherik tomonidan buzilgan taqdirda, bitimning sud tartibida bekor qilinishini talab qilishga; davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishini moliyalashtirishda ishtirok etishga haqli. Oldingi tahrirga qarang. Davlat sherigi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. (41-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266- son) 42. Davlat sherigi: xususiy sherikka obyektni bitimda belgilangan muddatlarda, tartibda va shartlarda bepul taqdim etishi; Oldingi tahrirga qarang. xususiy sherikka soliq imtiyozlari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa preferensiyalardan foydalanishida ko‘maklashishi; (42-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4- apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266- son) bino va inshootlarni xarid qilish, qayta qurish, zamonaviy sport anjomlari va jihozlari, o‘quv uskunalari va o‘qitish vositalarini xarid qilish uchun xususiy sherikka imtiyozli kreditlar olishida ko‘maklashishi; xususiy sherikning xo‘jalik faoliyatini olib borishiga aralashmasligi shart. Oldingi tahrirga qarang. Davlat sherigi qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘z zimmasiga boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin. (42-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 258.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling