Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish


-bob. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarni


Download 258.88 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana05.09.2023
Hajmi258.88 Kb.
#1673107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
184-сон 01.03.2019. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2-bob. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarni
tuzish bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish komissiyasi
9. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarni tuzish
bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Tanlov komissiyasi deb ataladi) kamida


5 kishidan iborat tarkibda O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri buyrug‘i bilan
tashkil etiladi.
Tanlov komissiyasiga rais boshchilik qiladi.
10. Tanlov komissiyasi tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat-xususiy sheriklik
to‘g‘risidagi bitimlar ko‘rib chiqiladi.
11. Tanlov komissiyasi zaruriyatga ko‘ra, Tanlov komissiyasi raisining qarori bo‘yicha chaqiriladi.
Tanlov komissiyasi majlisini Tanlov komissiyasi raisi, u bo‘lmagan taqdirda — Tanlov
komissiyasi raisining qarori bo‘yicha Tanlov komissiyasi a’zolaridan biri boshqaradi.
12. Tanlov komissiyasi majlisi, agar majlisda Tanlov komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki
qismi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi.
Tanlov komissiyasining qarori ochiq ovoz bergan holda, ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
13. Tanlov komissiyasi a’zolarining ovozi teng bo‘lib qolgan taqdirda Tanlov komissiyasi
majlisida raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
14. Tanlov komissiyasi qarori protokollashtirilishi va unda Tanlov komissiya a’zolarining imzosi
bo‘lishi kerak.
3-bob. Xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish tartibi
15. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish istagini bildirgan xususiy sherik tanlov
komissiyasiga tegishli ariza beradi. Arizaga mazkur Nizomning 
22-bandida 
nazarda tutilgan zarur
hujjatlar ilova qilinadi.
16. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida kelib tushgan ariza, kelib
tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida Tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
17. Ariza ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablar buzilgan holda berilgan bo‘lsa, ariza unga
ilova qilingan hujjatlar bilan birga ariza beruvchiga bir ish kuni mobaynida qaytariladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Taqdim etilgan arizada talablar buzilganligi haqidagi xabar yozma shaklda, shu jumladan
elektron axborot tizimi orqali xususiy sherikka topshiriladi (jo‘natiladi). Xabarda qanday talablar
buzilganligi, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari va xususiy sherik ko‘rsatilgan talablar
buzilishini bartaraf etib, hujjatlarni davlat sherigiga takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi
mumkin bo‘lgan aniq muddat ko‘rsatiladi.
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi
153-sonli 
qarori
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Xususiy sherik kamchiliklarni bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun
taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat yozma yoki elektron xabar olingan kundan boshlab o‘n ish
kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.
18. Kelib tushgan ariza ko‘rib chiqilib Tanlov komissiyasidan ijobiy xulosalar olingach, Tanlov
komissiyasi tanlovni e’lon qiladi.
Tanlov ushbu Nizomda belgilangan tartibga muvofiq o‘tkaziladi.

Download 258.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling