Jismoniy tarbiya va sport universiteti


Mavzu yuzasidan tayanch iboralar


Download 2.09 Mb.
bet103/139
Sana31.01.2024
Hajmi2.09 Mb.
#1820298
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   139
Bog'liq
ЖТ ва СП ДАРСЛИК

Mavzu yuzasidan tayanch iboralar: Sport guruhi, jamoa, rasmiy guruh, norasmiy guruh, rasmiy rahbar, komada, murabbiy, rahbarlik uslubi.
Nazorat uchun savollari:



  1. Sport guruhi, jamoasi, komandasi haqida umumiy tushunchalar.

  2. Shaxsni tarbiyalash va shakllanishiga sport jamoasining ta’siri.

  3. Sport jamoasida rahbarlik va yetakchilik haqida tushuncha

  4. Rasmiy rahbar sifatida trenerning ijtimoiy roli.

14-MAVZU.SPORT SOHASIDAGI KREATIVLIK(IJODKORLIK).
14.1.Ijodkorlik tushunchasi va uning sport faoliyatda o‘rni.
Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo‘llanila boshlaganiga hali u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Biroq, o‘qitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo‘lgan ehtiyoj “Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta’minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g‘oyalari tashkil etadi. “Kreativ pedagogika” fanining umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratishga xizmat qiladi. Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g‘oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo‘lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi – tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog‘liq. Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo‘lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o‘zlashtirilishi talab etadi. Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o‘zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin.Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog‘liq.
Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi taqozo etadi. So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘quvchi va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko‘rish mumkin. Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, o‘qituvchilar kreativlik asoslarini o‘rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). O‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv ko‘nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, ta’lim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan’anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta’lim departamenti, 2013 y.). Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali hanuz shaxs o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar. Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturini ishlab chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham o‘qituvchilarni kasbiy o‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan darajada yuzaga keltiradi, ularning o‘quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi. Biroq, o‘quv yilining oxirida kelib oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko‘plab talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan. Buning natijasida o‘qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni o‘ylashmayapti. Ta’lim tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan xohish-istagi bo‘lmagan talabalar, bu kabi ta’lim oluvchilarni o‘qitishni istamayotgan o‘qituvchilar faoliyatini o‘zgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar belgilansa-da, ahvol o‘zgarishsiz qolmoqda. Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o‘ylab, rejalashtirilib qo‘yilishi talabalar uchun qiziq bo‘lmayotgandir, balki balki ta’lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag‘bat bildirmayotgandir. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘lar. O‘quv mashg‘ulotlarida etishmayotgan omil – kreativlik sanaladi.
Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo‘sh, murabbiylar o‘zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: “Agarchi o‘zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir”.
Bugungi kunda bo‘lg‘usi jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining ilmiy pedagogik faoliyatida muhim o‘rin tutadigan quyidagi o‘ziga xos yondashuvlarni ko‘rib chiqish mumkin:
1. Kreativ yondashuv.
2. Innovatsion yondashuv.
3. Texnologik yondashuv.
Har bir bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchisi dars mashg‘ulotlari jarayonida kreativlik yondashuvi asosida o‘quvchilarida darsga qiziqitirish yo‘llarini topa olishi lozim. Bu borada, mashhur ruhshunos olim Deyl Karnegi, “insonni biror ishni bajarishga undash va qiziqtirishning yagona usuli mavjud. U ham bo‘lsa, o‘sha inson qalbida ishni bajarishga chinakam ishtiyoq uyg‘otishdir. Majburlov va qiynoqlar ish bermaydi...” – deb[4], ta’kidlagani bejizga emas, albatta. Shu o‘rinda kreativlik tushunchasiga izoh berish maqsadga muvofiqdir. “Kreativlik” (ingliz tilidan “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor)16 – bo‘lajak o‘qituvchida dars mashg‘ulotlari jarayonida duch keladigan muammolar yechimiga tezkorlik bilan tegishli qaror qabul qilish va ularning yechimi bo‘yicha yuqori darajadagi yangicha ijodiy yondoshuvni ifodalaydi. Pedagogik atamalar lug‘atida kreativlik quyidagicha izohlangan: “Kreativlik (ijodiylik) – qandaydir yangi, betakror narsa yarata olish, fikrlash, g‘oya va yechimga olib keluvchi aqliy jarayondir”17.
Kreativlik bo‘lajak o‘qituvchining o‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida an’anaviy yondoshuv va fikrlashidan farqli ravishda mashg‘ulot samaradorligini ta’minlashga qaratilgan yangi g‘oyalarni yaratish va mavjud muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligi, aniq maqsadga erishish uchun mavjud muammolarni yechimini topish va uni bartaraf etish qobiliyati shakllanganligi, tasodifan yuzaga kelgan muammolarni oqilona, tezkorlik bilan hal qilinishiga yordam beradi. Bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilari ilmiy pedagogik faolitida kreativlik quyidagi hollarda namoyon bo‘lishini ko‘rish mumkin:
- o‘qituvchi fikri va nutqining ravonligi;
- o‘qituvchi o‘z fikrni aniq belgilangan maqsadga muvofiq yo‘naltira olishi; - o‘qituvchining ijodkorligidagi o‘ziga xoslik (originallik);
- o‘qituvchidagi qiziquvchanlik, yangi g‘oyalarni yaratuvchanlik, fantaziyasining kengligi, farazlar yaratish qobiliyati;
- o‘quvchining qobiliyatini, layoqatini o‘rganish va uni aniq baholash;
- o‘qituvchi fan metodikasini o‘zlashtirgan va ta’lim jarayoniga tatbiq etishi; - o‘qituvchi fan yutuqlariga oid yangi ma’lumotlar bo‘yicha hamkasblari bilan ijodiy fikr almashishi;
- o‘qituvchi sohasiga oid ilg‘or xorijiy tajribalarni mustaqil o‘rganishi va amaliyotda qo‘llay bilishi;
- o‘qituvchi uzluksiz ravishda o‘z bilimi, ko‘nikma va malakasini oshirib borishi;
- o‘qituvchi o‘quvchining ishonchiga kira olishi, uning qalbiga yo‘l topa olishi va u bilan muloqot bog‘lay olishi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning, “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oya, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajakdir”18 - degan fikrlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, bugungi ta’lim sohasini innovatsiyasiz tasavvur qilish qiyin albatta. O‘z navbatida, bo‘lajak jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini davr xarakteridan kelib chiqib, ularni innovatsion faoliyatga tayyorlashda yangi pedagogik texnologiyalarni yaratish zaruratining oshib borishi va ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar faoliyatini boshqarish eng avvalo, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining bevosita barkamol shaxs tarbiyasiga yo‘naltirilishi bilan uzviy bog‘lik ekanligini unutmaslik lozim.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining innovatsion faoliyatining asosiy belgilari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
1) ijodiy faoliyat falsafasini jismoniy tarbiya konsepsiyalari bilan uyg‘unlashtirish;
2) pedagogik tadqiqot metodlarini egallash;
3) mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyati;
4) tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish;
5) o‘zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo‘llay olish;
6) hamkasblar bilan xamkorlik;
7) fikr almashish va metodik yordam ko‘rsata olishlik;
8) ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish;
9) yangiliklarni jismoniy tarbiya darslariga tatbik etish, ularni o‘z sharoitiga moslashtira olish 19.
Demak, bo‘lg‘usi jismoniy tarbiya o‘qituvchisining ilmiy pedagogik faoliyatida innovatsion faoliyat quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- ijodiy yondashuv;
- ijodiy faollik;
- yangilikni yetkazishda texnologik va metodologik tayyorgarlik;
- yangicha fikrlash;
- muomala madaniyatida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanish;
- yangicha pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish;
- kasbiy mahoratida.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, innovatsion faoliyatni bo‘lg‘usi jismoniy tarbiya o‘qituvchisining barcha muvaffaqiyatlarini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri sifatida uning kasbiy va pedagogik mahoratini oshirib boruvchi va ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir etuvchi jarayon, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugungi global o‘zgarishlar jarayonida uzluksiz ta’lim tizimida innovatsion yondashuvga ehtiyoj tobora oshib bormoqda. Xususan, jismoniy tarbiyani o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida innovatsion yondashish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Innovatsion yondashuvni uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ta’lim-tarbiya jarayonini yangicha g‘oyalar, texnologiyalar, zamonaviy interfaol usullar bilan tashkil etish va o‘qituvchining izlanishlari davomida shakllanib, takomillashib boradigan jarayon sifatida qarash mumkin. Bo‘lg‘usi jismoniy tarbiya o‘qituvchisining ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion yondashuvni tatbik etishi, uning pedagogik faoliyatining mazmunmohiyatini yangicha ko‘rinishga olib chiqadi.

Download 2.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling