Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish


Download 39.78 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi39.78 Kb.
#1392841
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Sport markazlari va ularning faoliyati haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo’lish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM


JISMONIY MADANIYAT YO’NALISHI

1 - bosqich 22.24-A guruh talabasi


OBIDOV RO’ZIMUHAMMADNING

JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI BOSHQARISH
Fanidan

Mustaqil ishi



Sport markazlari va ularning faoliyati haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo’lish
Reja:

  1. Sport markazlari va ularning faoliyatlari

  2. Ixtisoslashgan va majmuiy /kompleks/ sport maktablari. Murabbiylar kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari.

  3. Olimpiya o’rinbosarlari kollejlari.

  4. Sport maktablarida tadbirlarini uyushtirish. Murabbiylar, tarbiyachilar, xodimlar va sport­chilarni rag’batlantirish.

  5. Iqtidorli sportchilarni tarbiyalashda bolalar va o’smirlar sport maktablarining ahamiyati. Sport maktablarining turlari va ularning Nizomi xaqida tushunchalar.


Sport markazlari va ularning faoliyatlari
Sport markazlari tushunchasi asosan zamonaviy sport inshootlarini bildiradi. Bu mashg’ulotlarni o’tkazishdagi to’g’ri tushuncha hisoblanadi. SHuningdek sport jamiyatlari, sport maktablari va ularda faoliyat ko’rsatuvchi rahbarlar, murabbiylar, hakamlar hamda boshqa rasmiy kishilarning sport turlari bo’yicha terma jamolar tuzish, ular bilan o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazish masalalarini muvofiqlashtirish faoliyati ham shu tushuncha ichiga /sport markazi/ kiradi.
Tuzilgan terma jamoalar safida eng kuchli sportchilar yig’iladi, o’quv-yig’in mashg’ulotlari va rasmiy hamda norasmiy musobaqalarda ularning texnik-taktik tayyorgarliklari sinab ko’riladi. SHu jihatdan ham bunday tad­birlarda faqat murabbiylargina emas, balki ilmiy xo­dimlar, mutasaddi rahbarlar, mas’ul xodimlar, shifokorlar, homiylar ham mashg’ulotlar hamda musobaqalarda ishtirok etish, o’zlarining taxminiy mulohazalarini bildirishlari mumkin.
Bunday hollarda sport turlariga qarab shahar va viloyat markazlarida mavjud bo’lgan eng yaxshi sport inshootlari tanlanadi. Ularga zarur bo’lgan asbob-uskunalar, tex­nik vositalar, shart-sharoitlar yaratiladi. Sport markazlaridagi o’quv-yig’in mashg’ulotlari va musobaqalar hamda sport inshoot xizmatlari bilan bog’liq tashkiliy ishlar, moddiy-texnik hamda moliyaviy ta’minot ishlari tashkil qiluvchi tashkilot, jamiyat, klub tomonidan amalga oshiriladi. So’nggi yillarda bunday mas’ul va yirik sport tadbirlarini tashkil qilish hamda ularni maqsaddagidek o’tkazish jamg’arma uyushmalari, homiylar tomo­nidan qo’llab-quvvatlanmokda.
Sport markazlari faoliyati, asosan, sport inshootlari ma’muriyati, mas’ul jamiyatlar va sport klublari to­monidan boshqariladi. Umumiy rahbarlik sport uyushmalari, sport qo’mitalari tomonidan olib boriladi.



Download 39.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling