Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish
Ixtisoslashgan va kompleks sportmaktablarining bosqichlari. Murabbiylar kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari
Download 39.78 Kb.
|
Sport markazlari va ularning faoliyati haqida nazariy ma’lumotlarga ega bo’lish
.Ixtisoslashgan va kompleks sportmaktablarining bosqichlari. Murabbiylar kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari
Ixtisoslshgan va kompleks sport maktablarining bosqichlari Avval ta’kidlanganidek sport maktablari turli sport tashkilotlari, jamiyatlari va davlat idoralariga mansubdir. Kaysi sohada bo’lmasin, sport maktablarining turlari, tashkiliy tuzilishlari, faoliyatlari umumiy qoida va tartiblar /Nizomlar/ asosida amalga oshiriladi. SHu sababdan ularni ikki yunalishga ajratish mumkin: 1. Ixtisoslashtirilgan sport maktablari. 2. Kompleks sport maktablari. Ixtisoslashtirilgan sport maktabi ham o’z navbatida, bir necha bosqichlardan iborat. Uning asosiy xususiyati shundaki, unda faoliyat sportning fakat bir turi bo’yicha olib boriladi. Bunda quyidagi bosqichlarga amal qilinadi: 1. Turli yoshdagi /6-14/ bolalar tayyorlov guruhlari. 2. Oliy sport mahorati. 3. Olimpiya o’rinbosarlari. Birinchi bosqichdagi bolalar va o’smirlar sport maktablari /sport turlariga qarab/ asosan jismoniy tayyorgarliq jismoniy sifatlar hamda sportning texnik-taktik mazmunlarini o’rgatish bilan faoliyat ko’rsatadi. Ikkinchi bosqichdagi sport maktablarida sportning texnik-taktik mazmunlarini singdirgan holda turli yirik musobaqalarga tayyorgarlik davri o’tkaziladi. Uchinchi bosqich sport maktablarida turli yoshdagi bolalar shug’ullanadilar. Ular tayyorgarlik mahorat egallashva olimpiya o’yinlari, halkaro sport musobaqalarida qatnashuvchi sportchilarni tanlash davrlarini o’tkazadi. Umuman olganda, ixtisoslashgan sport maktablarining ish faoliyati aniq va ixchamlashgan holda boshqarishni talab etadi. Bunda sport maktablari ma’muriyati, ayniqsa, murabbiylarning vazifasi o’ta mas’uliyatli hisoblanadi. Kompleks sport maktablarining xususiyatlari shundaki, unda sportning bir necha turi /gimnastika, akrobatika, kurash, yengil atletika, futbol va hokazolar/ bo’yicha bolalar jalb etiladi va mashg’ulotlar olib boriladi. Kompleks sport maktablarida ham sport turlariga qarab shug’ullanuvchilarni bir necha guruhlarga /yoshi, jismoniy va sport tayyorgarligiga qarab/ bo’lib, mashg’ulotlar alohida jadval asosida olib boriladi. Bunda muammo bo’ladigan jihatlar, asosan, sport inshootlari, sport buyumlari va kiyimlari bilan ta’minlashdir. SHu sababdan sport maktablari ma’muriyati zamonaviy ish usullari, xayriya jamg’arma uyushmalaridan foydalanish hamda pulli xizmatlar ko’rsatib /ijara, musobaqa, tijorat va hokazo/, moddiy muammolarni hal qiladilar. Kompleks sport maktablari faoliyatida ham yetuk sportchilarni tarbiyalab yetkazish, sharoit va zaruriyatlarga qarab yosh sportchilarni oliy sport mahorati maktablari, sport internat-maktablari va olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlariga tavsiya qilish mumkin bo’ladi. Sobik Ittifok davrida Toshkent, Samarkand, Andijon, CHirchik va Buxoro shaharlarida ixtisoslashtirilgan sport internat-maktablari tashkil qilindi. Ular Respublika uchun jula ko’p sportchilar tayyorlab berishda katta xizmat qilib keldi. O’zbekiston Mustaqil davlat bo’lgach, bu internatlar Olimpiya o’rinbosarlari maktabiga, keyinchalik esa bilim yurtlariga aylantirildi. SHu sababdan mahoratli sportchilar tayyorlash bilan birga jismoniy tarbiya va sport sohasida o’rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Bu, o’z navbatida, yurtimizda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bulmokda. Murabbiylar kengashi Sport maktablari va Olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari Nizomida murabbiylar kengashiga alohida e’tibor berilgan. CHunki yosh sportchilarni texniq taktik va ahloqiy jihatdan tarbiyalashda murabbiylar asosiy faoliyat ko’rsatadilar. Sport maktablarining xususiyatlariga qarab murabbiylar kengashi tuziladi. Uning tarkibi murabbiylarning soniga qarab belgilanadi. Kengash raisi sport maktabi rahbari /direktor/ hisoblanadi. Direktorning o’quv-sport ishlari bo’yicha muovini, murabbiylar yoki xizmatchi xodimlardan kengash kotibi saylanadi. Murabbiylar kengashi kalendar yili /yoki o’quv yili/ bo’yicha ish rejasini tuzadi va tasdiqlaydi. SHunga ko’ra, xar oyda bir marotaba /zarur bo’lganda undan ko’proq/ kengash yig’ilishi o’tkaziladi. Kengash tuzilgan reja asosida kun tartiblarini belgilaydi. Ularda asosan murabbiylarning ish faoliyati, hisobotlar, ota-onalar bilan ishlash, ta’lim-tarbiya jarayonlari, iqtidorli sportchi yoshlarni tanlash, sinovdan o’tkazish va qabul qilish ma-salalari muhokama qilinadi. Ma’lumki, Mustaqillik yilarida rahbar va boshqa xodimlarni attestaqiyadan o’tkazish rasmiy odatga aylandi. Bu ishda sport maktablarining murabbiylari ham bevosita ishtirok etadi. Sport maktablarida murabbiylarni attestatsiyaga tayyorlash va o’tkazishda ularning nazariy bilim va amaliy faoliyatlari, davlat siyosati hamda olib borilayotgan islohotlarga munosabatlari inobatga olinadi. Eng muhimi, Respublika va halqaro sport musobaqalarida sportchilarning qatnashish natijalari, bunda murabbiyning ijodiy faoliyati asosiy o’ringa qo’yiladi. Attestatsiya yakuni asosida murabbiylarga turli toifadagi /oliy toifagacha/ unvonlar beriladi. SHu sababdan ham aksariyat barcha murabbiylar, eng avvalo, iqtidorli yoshlarni tanlash, saralash va ular bilan katta maqsad yo’lida fidoyilik bilan mehnat qilishga xarakat qiladilar. Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari Pedagogik kuzatishlar, ilgor tajribalar va ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning natijalariga ko’ra, bolalar va o’smirlar sport maktablari, maxsus olimpiya o’rinbosarlari sport maktablari, oliy sport mahorati maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari va shunga o’xshash sport maktablariga yoshlarni jalb etish quyidagi tartibda olib boriladi: 1. Maktab jismoniy tarbiya o’qtuvchilarining tavsiyasi. 2. O’quvchi-yoshlarning o’z ixtiyori va tashabbusi. 3. Ota-onalarning tavsiya va iltimoslari. 4. Murabbiylarning bevosita maqsad yo’lida kuzatishlari. Sport maktablarining toifasi, darajasi va ehtiyoji asosida iqtidorli yoshlarni kuzatish, tanlash va sinov-tajribalarga tayyorlash hollari ko’proq murabbiylar tomonidan olib boriladi. Sport turlariga qarab sinov-tanlov jarayoni umumiy jismoniy tayyorgarlik mazkur sport to’rining texnik qoidalari va me’yorlari asosida bolalar maxsus tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi. Sport maktablariga kiruvchi bolalar shaxsiy hujjatlarini talab darajasida tayyorlab, sinov-tanlovdan muvaffaqiyatli o’tgandan keyin, sport maktabi ma’muriyati tomonidan buyruq bilan rasmiylashtiriladi. Sport maktablarida bolalar va ularning ota-onalari ichki tartibqoidalar bilan tanishtiriladi. Sport mashg’ulotlari, musobaqa qoidalari hamda axloq normalariga rioya qilmagan bolalar esa sport maktabidan chetlashtiriladi. Sport turlari bo’yicha murabbiylar yangidan qabul qilingan bolalar bilan mashg’ulot tashkil qilish jarayonida ularning faoliyati, imkoniyat darajasi, qiziqishi, munosabati va ruhiy holatlarini o’rganib oladi. Eng muhimi, ularni ortiqcha yuklama yoki qo’pol muomala bilan bezdirmaslik lozim. Download 39.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling