2020-yilda Tokioda boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik ahvoli qoniqarli emasligi, qator sport federatsiyalari va hokimliklar yuqori natijalarni taʼminlaydigan sportchilarga sharoit yaratishga yetarlicha eʼtibor bermayotgani tanqid qilindi. - 2020-yilda Tokioda boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik ahvoli qoniqarli emasligi, qator sport federatsiyalari va hokimliklar yuqori natijalarni taʼminlaydigan sportchilarga sharoit yaratishga yetarlicha eʼtibor bermayotgani tanqid qilindi.
- Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga saralab olingan sportchilarning yaqin oylarda oʻtkaziladigan xalqaro musobaqalarda yuqori oʻrin egallab, Olimpiadaga litsenziyani qoʻlga kiritishlari uchun yanada keng shart-sharoit yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
- Albatta, moddiy-texnik baza muhim. Lekin natijani isteʼdodli sportchi taʼminlaydi. Bunday yoshlarni topish uchun esa kuchli seleksiya tizimi zarur.
- Ammo joylarda tashkil etilayotgan musobaqalar soni va saviyasi hozircha talabga javob bermaydi. Misol uchun, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Toshkent, Xorazm, Fargʻona hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi 131 ta shahar va tumanda joriy yilgi musobaqalarni moliyalashtirishga mahalliy byudjetdan mablagʻ ajratilmagan. Yoki respublika miqyosida oʻtkazilgan 230 ta musobaqada ayrim shahar va viloyat jamoalari umuman ishtirok etmagan. Bu milliy terma jamoalar tarkibiga mahoratli sportchilarni saralab olishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |