9. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Jamg'arma va uning hududiy bo'linmalari tugatilishi natijasida bo'shaydigan bino va inshootlar, inventar va uskunalar hamda avtotransport vositalarini Vazirlik va uning hududiy bo'linmalariga o'tkazilishini taminlasin. - 9. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda Jamg'arma va uning hududiy bo'linmalari tugatilishi natijasida bo'shaydigan bino va inshootlar, inventar va uskunalar hamda avtotransport vositalarini Vazirlik va uning hududiy bo'linmalariga o'tkazilishini taminlasin.
- Tasdiqlangan limitdan ortiqcha avtotransport vositalari belgilangan tartibda sotilsin va ularni sotishdan tushgan mablag'lar Davlat byudjeti daromadlariga o'tkazilsin.
- 10. O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda tugatilayotgan Jamg'arma va uning hududiy bo'linmalari xodimlarini ish bilan taminlash choralarini ko'rsin.
- 11. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurish, rekonstrukciya qilish va kapital tamirlash hamda sport inventarlari bilan jihozlash loyihalarini amalga oshirishda buyurtmachi funkciyasini bajaruvchi davlat unitar korxonasi shaklidagi Sport obektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha injiniring kompaniyasi tashkil etilsin.
- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Sport obektlari infratuzilmasini rivojlantirish bo'yicha injiniring kompaniyasi faoliyatini tashkil etish bo'yicha qaror qabul qilsin.
- 12. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Qurilish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda loyiha tashkilotlarini jalb qilgan holda jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurishda ilg'or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, innovacion texnologiyalarga asoslangan, arzon, energiya tejamkor va tez barpo etiladigan konstrukciya va materiallardan foydalanishni nazarda tutuvchi namunaviy loyihalarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taminlasin.
- 13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o'zgartirishlar kiritilsin.
- 14. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.
- 15. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda takliflar kiritsin.
- 16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov va O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari A.A.Abduhakimov zimmasiga yuklansin.
- O'zbekiston Respublikasi
- Prezidenti SH.MIRZIYOEV
Do'stlaringiz bilan baham: |