tugatilayotgan Jamg'armaning mablag'lari hisobidan moliyalashtirilib kelingan jismoniy tarbiya va sport obektlariga sport jihozlari, uskunalari va inventarlarini markazlashgan tartibda xarid qilish hamda etkazib berish, respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o'tkazish xarajatlari har yili sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida nazarda tutiladi va O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi; - tugatilayotgan Jamg'armaning mablag'lari hisobidan moliyalashtirilib kelingan jismoniy tarbiya va sport obektlariga sport jihozlari, uskunalari va inventarlarini markazlashgan tartibda xarid qilish hamda etkazib berish, respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o'tkazish xarajatlari har yili sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasida nazarda tutiladi va O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladi;
- Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman (shahar) sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasini shakllantirish va moliyalashtirish uchun har yili belgilangan tartibda Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, shuningdek, tuman (shahar) byudjetlari mablag'lari nazarda tutiladi;
- Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining Vazirlik bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2019 yilga mo'ljallangan jismoniy tarbiya va sport obektlarini qurish, rekonstrukciya qilish va kapital tamirlash manzilli dasturi markazlashtirilgan investiciyalar hisobidan moliyalashtiriladi;
- tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlarini, ulardagi bosh buxgalter lavozimlarini qisqartirgan holda, saqlash bilan bog'liq xarajatlar tuman (shahar) byudjetlari mablag'larihisobidan moliyalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |