va ruxsatnomalar berish, shuningdek, jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirish hisobidan tushadigan mablag'larning 15 foizi; - va ruxsatnomalar berish, shuningdek, jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish va sport inshootlarini pasportlashtirish hisobidan tushadigan mablag'larning 15 foizi;
- O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallarida o'qitishning to'lov-kontrakt summalari hisobidan tushadigan mablag'larning 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;
- Maxsus hisob raqamdagi vaqtincha bo'sh mablag'larni joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
- xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko'maklashish mablag'lari;
- qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag'lar.
- 7. Belgilansinki, Maxsus hisob raqam mablag'laridan:
- Vazirlikning markaziy apparati xodimlariga har oylik ustamalar, mukofotlar va boshqa rag'batlantiruvchi to'lovlar to'lash;
- yuqori malakali xorijiy ekspertlar va xorijdagi vatandoshlarni Vazirlikda ishlash uchun jalb qilish;
- Vazirlik, uning hududiy bo'linmalari va idoraviy bo'ysunuvidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini saqlash, foydalanish, ularni qurish va tamirlash, zarur anjomlar, shu jumladan, mebel, aloqa vositalari, kompyuterlar va boshqa vositalar bilan taminlash, zamonaviy axborot-kommunikaciya texnologiyalarini joriy etish bo'yicha xarajatlarni moliyalashtirish;
- Vazirlik xodimlarini xorijiy davlatlarning ilmiy-tadqiqot, talim va boshqa muassasalarida o'qitish, malakasini oshirish;
- Vazirlik xodimlarining mamlakat hududidagi va xorijiy mamlakatlardagi xizmat safarlari bilan bog'liq xarajatlarini to'lash;
- Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |