Bolalar va oʻsmirlar, Olimpiya zaxiralari va oliy sport mahorati maktablari trenerlarining oylik ish haqi umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga nisbatan deyarli 2 barobar past. Oʻz navbatida, trenerlarning 51 foizi oʻrta maxsus maʼlumotga ega, 2 mingdan ortiq oliy maʼlumotli murabbiylarga ehtiyoj mavjud. - Bolalar va oʻsmirlar, Olimpiya zaxiralari va oliy sport mahorati maktablari trenerlarining oylik ish haqi umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilariga nisbatan deyarli 2 barobar past. Oʻz navbatida, trenerlarning 51 foizi oʻrta maxsus maʼlumotga ega, 2 mingdan ortiq oliy maʼlumotli murabbiylarga ehtiyoj mavjud.
- Oliy taʼlim muassasalaridagi sport inshootlari talabalarning qariyb 50 foizini qamrab olish imkoniyatiga ega boʻlsa-da, amalda 21 foiz talaba-yoshlar sport tadbirlariga qatnashmoqda.
- Umuman olganda, mamlakatimiz boʻyicha 12 mingdan ortiq sport inshooti mavjud boʻlib, ularning bir kunlik quvvati qariyb 1,5 million kishini tashkil etadi. Yaʼni, aholiga nisbatan sport inshootlari bilan taʼminlanish darajasi 4,5 foizdan oshmaydi. Xususan, bu koʻrsatkich Samarqand viloyatida 3,4 foiz, Surxondaryo viloyatida 3,5, Andijon viloyatida 3,7 foizdir.
- Bunday ahvolda sportni qanday qilib ommalashtirish mumkin, deya savol qoʻydi Prezident.
- Yigʻilishda shu kabi muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, buning uchun zarur mablagʻ va resurslar yoʻnaltirish masalalari muhokama qilindi.
- Umumtaʼlim muassasalarida sport obyektlari qurish va taʼmirlash, ularni zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash, ixtisoslashgan maktab-internatlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |