Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish


Shu bois yigʻilishda hududlardagi har bir sport muassasasini xatlovdan oʻtkazib, sport zaxirasini shakllantirish, seleksiya va isteʼdodli sportchilarni tanlab olish tizimini yoʻlga qoʻyish zarurligi t


Download 0.49 Mb.
bet11/18
Sana02.01.2022
Hajmi0.49 Mb.
#197703
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish

Shu bois yigʻilishda hududlardagi har bir sport muassasasini xatlovdan oʻtkazib, sport zaxirasini shakllantirish, seleksiya va isteʼdodli sportchilarni tanlab olish tizimini yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi.

  • Shu bois yigʻilishda hududlardagi har bir sport muassasasini xatlovdan oʻtkazib, sport zaxirasini shakllantirish, seleksiya va isteʼdodli sportchilarni tanlab olish tizimini yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi.
  • Maʼlumki, sportchilarning tez tiklanib olishlari uchun farmakologik koʻmak zarur. Lekin yurtimizda sport farmakologiyasi boʻyicha rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish, yangi dori vositalarini yaratish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmagan. Bu sohada malakali mutaxassislar ham yoʻq. Koʻpchilik atletlar doping boʻlmagan qanday moddalardan foydalanish mumkinligini bilmaydi.
  • Sport federatsiyalarining birortasida ham terma jamoa aʼzolarining musobaqaga tayyorgarligi va tiklanish jarayonini monitoring qilish boʻyicha kompleks laboratoriya mavjud emas. Shulardan kelib chiqib, tegishli vazirliklarga sport farmakologiyasini rivojlantirish, sport federatsiyalarida ilmiy-kompleks laboratoriyalar tashkil etish boʻyicha qaror loyihasi ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
  • Xorijiy davlatlar tajribasi asosida Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha yagona markaz barpo etish taklifi ilgari surildi.
  • Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda Respublika sport tibbiyoti markazi faoliyatini takomillashtirish, bu boradagi oʻquv dasturlari va metodologiyani yangilash, sportchilarning tayyorgarlik jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish boʻyicha topshiriqlar berildi.
  • Videoselektor yigʻilishida aholini, ayniqsa, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
  • Bunda, avvalo, umumtaʼlim maktablaridagi sharoit, muhit katta oʻrin tutadi. Lekin maktablarda oʻquvchilar jamoaviy sport oʻyinlariga toʻliq jalb etilmayapti. 2 mingdan ziyod maktabda sport zali yoʻq, 3 mingdan ortigʻi esa taʼmirtalab.
  • Sportga ixtisoslashgan maktab-internatlarda ham kamchiliklar bor. Masalan, Tayloq, Jizzax, Buxoro, Uchqoʻrgʻon, Denov tumanlari, Namangan, Qarshi va Andijon shaharlaridagi shunday maktablarda sport zali, yotoqxona, oʻquv binolari yetishmaydi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling