Jismoniy tarbiya va uning vositalari Estetik tarbiya tushunchasi Estetik tarbiya maqsad va vazifalari


Download 30.5 Kb.
bet1/4
Sana29.04.2023
Hajmi30.5 Kb.
#1400571
  1   2   3   4
Bog'liq
Jismoniy va estetik tarbiya


Mavzu: Jismoniy va estetik tarbiya
Reja:

  • Jismoniy tarbiya va uning vositalari

  • Estetik tarbiya tushunchasi

  • Estetik tarbiya maqsad va vazifalari

  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Jismoniy tarbiya - ta'limning bir turi bo'lib, uning mazmunining o'ziga xosligi harakat mashqlarini o'rgatish, jismoniy sifatlarni shakllantirish, maxsus jismoniy tarbiya bilimlarini o'zlashtirish va jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishga ongli ehtiyojni shakllantirishni aks ettiradi.
Jismoniy tarbiya vositalari. Jismoniy tarbiyani amalga oshirish vositalari xilma-xil bo‘lib, ularni umumlashgan tarzda uch guruhga ajratish mumkin: tabiiy omillar, gigienik shart-sharoitlar va jasmoniy mashqlar.
Tabiiy omillar tabiat in’omlari (suv, havo, quyosh)ning sogliqni mustahkamlash, bolaning morfologik va jismoniy to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashish imkoniyatlarini o‘zida aks ettiradi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur holat «bola organizmini chiniqtirish» atamasi bilan tavsiflanadi. Bola organizmini chiniqtirish deganda, organizmni mustahkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga qarshilik ko‘rsatish, hayotiy sharoitlaming o‘zgarishiga tez moslashish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi tushuniladi.
Gigienik shart-sharoitlar. Bolalarning jismoniy to‘g‘ri rivojlanishi uchun gigiyenik shart-sharoitlar - uyqu, ovqatlanish va kiyinish, kun tartibi kabilarni hisobga olish zarur.
Bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vazifa nerv tizimi gigiyenasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega. Uyqu miya yarim sharlarining normal ishlashi uchun zarur bo‘lgan kuch-quvvatni tiklaydi. Chuqur va yaxshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv tizimining, organizm charchashining oldini oluvchi asosiy vositadir. Agar bola yomon uxlasa, uyquga to‘ymasa nerv tizimining buzilganidan dalolat beradi. Nerv tizimi qo‘zg‘aluvchan bolalarning aksariyati yomon uxlashadi. Bunday bolalarning uyqu tormozlanishi chuqur normal uyquni ta’minlay olmaydi.
Kiyinish ham gigienik omil sifatida bolaning jismoniy rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Kiyim har doim bolani o‘rab turgan havo temperaturasiga mos kelishi kerak. U yengil materialdan tayyorlanib, havoni, issiqlikni yaxshi o'tkazadigan bo'lishi, oson yuviladigan, yaxshi ho‘llanadigan, namni shimadigan, elastik va badanni bezovta qilmaydigan bo'lishi lozim.
Bolalaming ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va kechki ovqat) osoyishta vaziyalda o'tishi kerak. Bola stol atrofiga yaxshi ishtaha bilan o'tirsa, uning organizmida ovqatning yaxshi hazm bo'lishiga yordam beruvchi shart-sharoit hosil qiladi. Yaxshi ishtaha bolalarda mustaqillik, madaniy-gigienik, stol atrofida o'zini to'g'ri tutib o'tirish malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhimi - bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaxshi ishtaha bo'lishini ta’minlash muhim ahamiyatga egadir.

Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling