Jismoniy tarbiya va uning vositalari Estetik tarbiya tushunchasi Estetik tarbiya maqsad va vazifalari


Download 30.5 Kb.
bet3/4
Sana29.04.2023
Hajmi30.5 Kb.
#1400571
1   2   3   4
Bog'liq
Jismoniy va estetik tarbiya

Estetik tarbiyaning vazifalari:
1) o’quvchilarni san’atdagi, atrofimizdagi go'zallikni his qila olishga o'rgatish;
2) voqelikka estetik munosabatni qaror toptirish;
3) estetik didni, go'zallikni baholash qobiliyatini tarbiyalash.
Estetik madaniyatni shakllantirish - bu faqatgina badiiy dunyoqarashni o'stirish, o'qilgan kitoblar, ko'rilgan kinofilmlar, tinglangan musiqiy asarlar sonini ko'paytirishgina emas. Aksincha, bu insonning hissiyotiga ta’sir ko'rsatish, shaxs ma’naviyatini boyitish, xulq-atvorini boshqarish va tuzatishdir. Agar befarqlik, loqaydlik namoyon bo'lsa, inson o'zining antiestetikligini namoyon etadi.
Agar o‘quvchi go‘zallikni his qilishning ijobiy odatlari, she’riyat, ijodiy mehnatnini o'zlashtirgan bo‘lsa, u holda uning estetik madaniyatini yuqori darajada ekanligi haqida bemalol gapirish mumkin. Shunday odamlar borki, romanlar, she’rlar o'qishadi, ko‘rgazma va konsertlarda ishtirok etadi, biroq ijtimoiy axloq me’yorlarini buzishadi. Bunday odamlar estetik madaniyatdan uzoq, chunki estetik qarashlar va estetik lazzatlanish ularning ichki dunyosiga kirib bormagan. Buning uchun shaxs estetik madaniyatini shakllantirishning muhim tarkibiy qismlari - estetik qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik ong, estetik mulohaza, estetik did, estetik idealni tarkib toptirish, ularning psixologik-pedagogik jihatlarini asoslash lozim.
Estetik madaniyatning tarkibiy qismlari:
Shaxsni voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi subyektiv omillar estetik ehtiyoj deb ataladi.
Shaxsning estetik faoliyatiga, voqelik va san’at asarlarini estetik jihatdan o'zlashtirishga kirishishi estetik qiziqish deb ataladi.
Ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida - nazariyalar, qarashlar, badiiy ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadigan xususiyat estetik ong deb ataladi.
Shaxsning aniq bir estetik hodisaga rmmosabatini ifoda etuvchi aqliy harakati estetik mulohaza deb ataladi.

Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling