Bob bo`yicha xulosalar.
Mavzuga oid bo`lgan ilmiy-uslubiy adabiyotlar taxlilidan ma’lum bo`ldiki,
yosh voleybolchilarni tayyorgarligini oshirishga bag’ishlangan adabiyotlar bo`lsada, ularda voleybolchilarning pedagogik xususiyatlariga etarli darajada e`tibor ko`rsatilmagan.
Olib borilgan pedagogik kuzatishlardan ayon bo`ldiki, hozirgi kunda umumiy o`rta ta’lim maktablarida darsdan keyingi voleybol mashg’ulotlariga e’tibor qaratilgan bo`lsada, ularni sifati talab darajasiga etarli javob bermaydi.
41
II-BOB. TADQIQOTNI TASHKIL QILINISHI VA O`TKAZISH
USLUBIYOTI.
2.1.Tadqiqot ishining uslublari
Tadqiqot ishini tashkil qilish va o`tkazishda quyidagi usullardan foydalanildi.
Ilmiy – uslubiy adabiyotlar taxlili
Pedagogik kuzatish
Jismoniy rivojlanish
Jismoniy tayyorgarlik
Pedagogik tajriba
Matematik statistik usullar
2.2.Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o`rganish va amaliy tajribalarni umumlashtirish
Voleybolchilarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini oshirishga bag’ishlangan ilmiy – uslubiy, pedagogik – fiziologik soxadagi adabiyotlar taxlili qilinib umumlashtirildi. Mavzuga oid bo`lgan adabiyotlarni taxlil jarayonida voleybolchilarning texnik, taktik, psixologik, integral va jismoniy tayyorgarligi, rivojlanishi o`rganildi.
Amaliy tajribalarni umumlashtirish maqsadida voleybolchilar bilan shug’ullanuvchi murabbiylar bilan yosh voleybolchilarni jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini oshirish bo`yicha suxbatlar qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |