Jiszax davlat pedagogika Universiteti magistranti Ibragimov Umid Sobirjonovichning ‎Magistr‎ akademik darajasini ‎olish uchun yozilgan “Cholg‘u ijrochiligi darslarida


Download 183.38 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi183.38 Kb.
#1599698
Bog'liq
Taqriz


Jiszax davlat pedagogika Universiteti magistranti Ibragimov Umid Sobirjonovichning ‎Magistr‎ akademik darajasini ‎olish uchun yozilgan “Cholg‘u ijrochiligi darslarida o‘quvchilarni ijro texnikasini rivojlantirishninig zamonaviy metodlari ” mavzusidagi 70111301- “Musiqiy ta’lim va san’at yo’nalishi” magistrlik dissertatsiyasiga


Taqriz

“Milliy cholg‘ularining o‘ziga xos xususiyatlari” musiqiy ta’lim muassasalarining barcha tizimlari yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar kasbiy tayyorgarligining muhim bo‘laklaridan biri hisoblanadi. Asosan yuqori malakali mutaxassislar, yuksak darajali kadrlarini tayyorlashdan iborat. “Milliy cholg‘ularining o‘ziga xos xususiyatlari” konsert ijrochisi sifatida mustaqil kasbiy ish faoliyat ko‘rsatadigan, yuqori musiqa ijrochilik mahoratiga ega kadrlarni tayyorlash uchun muhim o‘rin tutadi. Talabaning asosiy rahbari hisoblangan mutaxassis o‘qituvchi uni faqat professionalgina emas, balki jamiyatning badiiy didini, ilg‘or musiqa san’atini ommalashtira oladigan faol madaniyat arbobini ham tayyorlaydi.


Ibragimov Umid Sobirjonov tomonidan yozilgan mazkur dissertatsiya ishi asosan musiqiy ta’lim-tarbiya usullari, ijrochilik uslublari, rivojlanish tarixi kabi masalalarni yoritishga qaratilgan bо‘lib, talabalarning kasbiy rivojlanishi, sahna madaniyati, ma’naviy tomondan barkamol qilib tarbiyalash vazifasini bajarishga xizmat qiladi.Dissertatsiya ishining har bir mavzusiga o’quvchilarning o’z bilimini mustahkamlashi uchun test savollari berilgan hamda ushbu fan sohasiga oid terminlar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilgan.
Mazkur ishda Musiqa ijrochilarini tayyorlashda repertuar tanlash masalalari mavzusi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari o’quvchilari va Oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun mo‘ljallangan. Bilvosita ijrochilik nazariyasi, cholg‘ularning kelib chiqish tarixi, mashhur ijrochilari va repertuar tanlash masalasi, ijro uslublarini mustahkamlash, texnik ijro uslublaridan foydalanish, musiqa asarlari ustida ishlash to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyada o’quvchi va talabalarning o‘z bilimini mustahkamlashi uchun mavzuga doir test savollari va terminlar keltirilgan. Shuningdek, Cholg‘u ijrochiligi darslarida o‘quvchilarni ijro texnikasini rivojlantirishninig zamonaviy metodlariga yangicha qarashdagi omillar kiritilganligi bilan ahamiyatlidir.
Ibragimov Umid Sobirjonovichning ‎Magistr‎ akademik darajasini ‎olish uchun yozilgan “Cholg‘u ijrochiligi darslarida o‘quvchilarni ijro texnikasini rivojlantirishninig zamonaviy metodlari ” mavzusidagi 70111301- “Musiqiy ta’lim va san’at yo’nalishi” bo’yicha Magistr‎ akademik darajasini olishga muvofiq deb hisoblayman va dissertatsiyani himoya qilishga tavsiya etaman.
Download 183.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling