Jizzali non
Download 32.98 Kb.
|
O`zbek milliy taomlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Varaqi somsa
Guruch lag`mon
Guruchni tozalab, 5 6 martaba yuvib, qaynab turgan suvga solib pishirasiz. Guruch bo'rtgach, ortiqcha suvini olib tashlab damlab qo'yasiz. Boshqa qozonda qaylasini tayyorlaysiz. Buning uchun doglangan yog'da tug'ralgan piyoz bilan sarimsoqni jazlaysiz, uncha qizarib ketmasdan turib, mayda chumchuq tili qilib tug'ralgan yoki qiymalangan go'sht solib, aralashtirib turasiz, seli chiqa boshlaganda tug'ralgan pomidor va chuchuk garimdori qo'shasiz, pomidor ezilganda somoncha qilib to'g'ralgan sabzi, turp (rediska), karam hamda qirqilgan seldir va ukropni qavatlab solib, masalliqning yuzidan bir oz ortib turarli darajada suv quyib, olovini pastlatib bir soatcha mildiratib qaynatasiz. Tuz va qalampirni ta`bga ko'ra solasiz. Ushbu qaylaga yana jandu loviyasining dumbulini olib qo'zoqlarining puchog'i bilan tug'rab solsangiz taom yanada totli chiqadi. Kosalarga pishirilgan guruchdan yarim-yarim solasiz, ustidan issiq qaylani quyib dasturxonga tortasiz. Alohida idishlarda uzum sirkasi va lozijon keltirasiz. Masalliq: 600 gr guruch (1 litr tuzli suvda pishiriladi), 300 gr go'sht (lahim qismi), 150 gr yog', 2 bosh piyoz, 1 bosh sarimsoq, 1 dona sabzi, 1 dona o'rtacha kattalikdagi turp (yoki 1\2 bog rediska), 2 3 dona pomidor, 2 dona chuchuk qalampir, 200 gr karam, yarim bog seldir, yarim bor ukrop, 1 bog jandu loviyasi kerak bo'ladi. Tuz. sirka, qalampir va lozijon talabga ko'ra olinadi. Varaqi somsa O'zbek pazandaligida varaqi tipidagi somsalar tayorlash texnologiyasiga ko'ra ikki xil bo'ladi: yo'g'da qovuriladi yoki tandirga yopib pishiriladi. Har ikkala xili ham to'y, bayram va aziz mehmon dasturxoniga tayyorlanadigan ma'zar hisoblanadi. To'y ma'zariga va aziz mehmon dastuxoniga atalgan rasmana varaqi somsa bunday tayorlanadi. Iliq suvga tuz va eritilgan qo'y yogi yoki sariyog' solib qattiqqina xamir qorganingizdan so'ng 10 - 12 minut o'rab qo'yib, tindirib, yana mushtlaysiz. Shundan so'ng o'qlov yordamida juda nafis (1 - 2 mm) qilib yoyasiz. Yoymaning yuzasiga yog' surkab, eni 7 - 8 sm keladigan tasmalar kesasiz. Tasmalarni 3 - 4 tasini bir - birini ustiga qo'yib yana eni 7 - 8 sm keladigan qilib kessangiz, 3 - 4 qavatli kvadrat jildlar hosil bo'ladi. Jild o'rtasini juva bilan nafisroq qilib yoyasiz, chekkalari esa qat - qatligicha qolaveradi. Shu usulda tayorlangan jildlarga bir choy qoshig'ida qiyma solib uni ikki buklaysiz, chetlariga qo'l tekkizmay qiyma solingan joyi atrofini barmoqlar bilan ezib yopishtirasiz. Ana shu somsalarni dog' bo'lib turgan frityur yog'ga solib, qizarguncha qovurasiz, chekkalari xuddi kitobning varaqlariga o'xshab chiroyli chiqadi. Qiymasi bunday tayorlanadi: kam yog'roq qo'y (mol) go'shtini qiymalagichdan o'tkazib, juda mayin qilib to'g'ralgan piyoz, murch va tuz qo'shib yaxshilab aralshtirasiz. Dog'langan yogdan tovaga solib qiymani jazlab olasiz. Go'sht bilan piyoz seli terilguncha kovlab turasiz. So'ngra qiymani laganga solib yoyib sovitasiz va jildlarga solib yuqorida aytilganidek qilib tugasiz. Somsalarni qovurib olganingizdan keyin likopchalarga, laganga solib, yuziga qand upasidan sepib dasturxonga tortasiz. Masalliq: xamiri uchun 500 gr oq un, 50 gr eritilgan qo'y yog'i (sariyog'), 0,75 stakan suv ,bir choy qoshig'ida tuz; qiymasi uchun 400 gr yog'siz go'sht, 3-4 bosh piyoz, ta'bga ko'ra murch va tuz solasiz. Frityur uchun 1 kg o'simlik moyi dog'lanadi. Download 32.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling