Jizzali non


Download 32.98 Kb.
bet2/20
Sana24.12.2022
Hajmi32.98 Kb.
#1060126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
O`zbek milliy taomlari

Sutli non

Tayorlash usuli xuddi obi non kabi amalga oshiriladi, faqat retseptida xamirga suv o'rniga sut qo'shib qoriladi. Achigan sutni ishlatsa ham bo'ladi, qattiq zardobida xamir qorish ham yaxshi natija beradi. Masalliq: 1 kg un, 40 gr xamirturush, 2 stakan iliq sut, 1,5 choy qoshiqida tuz kerak bo'ladi.
Patir non

Qadim zamonlardan to hanuzgacha yetib kelgan bu non ramziy ma'nolarni ham anglatib aziz mehmon va to'y dasturxonining ko'rki hisoblangan. Dasturxonda patir bo'lsa mehmondorchilik uchun maxsus tayorgarlik ko'rilganini anglatgan. Uni katta qilib yasab, yopilishi ko'pchilik tomonidan iste'mol etilishiga mo'ljallanganligini bildiradi. Nikoh to'ylari oldidan kuyov tomon - qudalar albatta patir yopib kelganlar. Dastuxonda patir ushatilishi, qiz tomonning to'yga rozilik alomatini bildirgan. Iliq sutda xamirturush va tuzni eritib, dog'lab sovutilgan qo'y yog'i yoki sariyog' qo'shib yaxshilab aralashtirasiz. So'ngra oz - ozdan un solib qattiq xamir qorasiz, uzoq muddat mushtlab pishitganingizdan so'ng o'rab issiqroq joyda oshguncha qoldirasiz. Ko'pincha xamirdan 500 grammli bo'laklar uzib olib, zuvalalar yasaladi. Har bir zuvalani taxta ustiga qo'yib bir yonidan chap qo'l bilan o'zingizga qaratib burab aylantirib, o'ng qo'lda qirg'og'ini pichoq bilan tilib kungura solasiz, tepasini ham kesishma chiziqli qilib tilib chiqasiz. Ana shunday tayorlangan zuvalalarning tepasidan musht bilan ezib, so'ng barmoqlarni chaqqon ishlatib lagan kattaligida non yasaysiz. Nonning chetlari 3 - 4 sm qalinlikda, o'rtasi esa 1 sm keladigan bo'lsin. O'rtasiga juda zich qilib chikich urasiz va yuziga sedana sepasiz. Hamma zuvalalardan patir yasab bo'lgach, yuziga dasturxon yopib 15 - 20 minut tindirib qo'yasiz. Shu muddat ichida tandirga o't qo'yib qizigach, cho'g'ni o'rtaga to'plab, ustiga kul tortasiz, tandir devorlariga va patirning teskari tomoniga xiyol namakob surtib, chaqqonlik bilan yopishtirasiz. Patir tandirda obi nonga qaraganda uzoqroq ushlanadi. Yopilgan nonning sirti bir oz qotganda bug' hosil bo'lishi uchun suv sevalaysiz va cho'g'ning yuzini ochasiz, ba'zan tandirning qopqog'ini bir oz muddat berkitib dimlanadi. Pishganligi sirti qizarganidan aniqlanadi. Tandirdan uzib olgach, issig'ida yuziga bir bo'lak eritilmagan dumba yog'i surtsangiz chiroyli chiqadi. Masalliq: 1 kg oq un, 1 stakan iliq sut, 40 gr xamirturush, 150 gr eritilgan qo'y yog'i yoki sariyog', 2 choy qoshig'ida tuz, yuziga sepish uchun 1 choy qoshigida sedana kerak.

Download 32.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling