Jizzali non
Download 32.98 Kb.
|
O`zbek milliy taomlari
Ivitma palov
Palovni tayyorlash guruch ivitishdan boshlanadi, buning uchun tozalangan guruchni 3 4 marta yuvib, iliq suvga tuz solib (1 kg guruchga 1 osh qoshig'ida tuz) ivitiladi. Ivitish muddati kamida 2 soat. Bizning tajribamizga ko'ra, guruch tuzli suvda 24 soatcha ezilmay (uqalanmay) turaveradi. Go'sht, yog', sabzi va piyozni yuqoridagi tavsiyalardagidek to'g'raysiz. Ushbu palovning parhyezligini orttirish uchun o'simlik yog'i (paxta, zig'ir, kungaboqar, makkajuxori, zaytun yog'larida, tayyorlasangiz yaxshi bo'ladi. Bunda paxta va zig'ir yog'larini o'rtacha olov bilan uzoq muddat 1 soat, to oq tutun chiqquncha dog'laysiz, kungaboqar, makkajuxori va zaytun yog'larini esa uzoq dog'lamasdan, qizishi bilanoq to'g'ralgan go'shtni solasiz. Uncha qizartirib yubormay, seli chiqa boshlaganda halqa-halqa qilib to'g'ralgan piyozni solasizda, bir-ikki aralashtirgach, to'g'rab-tayyorlab qo'yilgan sabzini bir qatlam qilib soling-da, darhol suv quyib, 1 soat davomida mildiratib qaynatasiz, Shu vaqt ichida zirvakka tuz, zira solasiz, qalampir va zirk solinmaydi. Zirvak ho'b pishgach, ivitilgan guruchni qatlam qilib solasiz, olovni balandlatib, guruch yuzi bilan barobar qaynoq suv quyasiz, tuzini rostlaysiz, mobodo suvi tez tortilib, guruchi hali tirik bo'lsa, issiq, suvdan yana sevalaysiz. Shunday qilib ivitilgan guruch qozonga tushgach, yana qancha suv tortsa shuncha quyib turasiz. Shunisi ham borki, guruchli qatlamni kapgir bilan chuqarib, ola qolganlarini qozonning qaynayotgan joylariga surib, yuzini silab qo'ysangiz suvi yaxshi tortiladi va palov sochiluvchan bo'lib pishadi. Suvi tortilgan guruchni qozon o'rtasiga gumbaz qilib to'plab, 20 25 minut davomida damlab qo'yasiz, olovini tortib olib,.gaz bo'lsa oxirigacha pastlatiladi. Qozonda palovni yaxshilab aralashtirib, laganga solasiz va xohlagan salatlardan biri bilan dasturxonga keltirasiz. Masalliq: 1 kg guruch, 1 kg go'sht (qo'y yoki mol go'shti), 250 gr yog' (o'simlik moylaridan biri yoki qo'y yog'i). 1 kg sabzi, o'rtacha kattalikdagi 2 bosh piyoz, 1 choy qoshig'ida zira, tuz esa ta`bga ko'ra olinadi. Download 32.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling