Jizzali non


Download 32.98 Kb.
bet8/20
Sana24.12.2022
Hajmi32.98 Kb.
#1060126
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
O`zbek milliy taomlari

Kovatok palov (tok oshi)

Palov uchun mo'ljallangan qo'y go'shtini ikki qismga bo'lasiz, laxim qismidan qiyma tayyorlaysiz, qolgan suyakli go'shtni piyoz va sabzi bilan qovurishga ishlatasiz. Dog'langan yog'da piyoz jazlaganingizdan so'ng, suyakli go'shtni solib qizartirib qorvurasiz, so'ng sabzini solasiz, suv quyib sust olovda qaynatasiz. Go'shtning lahim qismidan tayyorlangan qiymaga mayda to'g'ralgan piyoz, tuz va murch qo'shib mijiysiz. Uzum barglarini terasiz; bunda yangi chiqqan surxning yuqorisidan uchinchi va to'rtinchi barglarni terib olasiz. Bu barglar o'rtacha kattalikda, sirti yiltirok, va ta`mi totimli bo'ladi. Barglarni sovuq suvda chayib yuborganingizdan so'ng har birining o'rtasiga taxminan bir choy qoshig'ida qiymadan solib, yumaloq shaklli do'lmalar tugasiz. Do'lmalarning uralgan tomonini ostiga qilib taxtaga tersangiz ochilib ketmaydi. Kovatoklarning hammasini tugib bo'lgach, birini ikkinchisiga jipslashtirib igna o'tkazib ipga shoda qilib tizasiz. Kovatokni pishirishning ikki usuli bor. Birinchi usuli: ipga tizilgan shodani qozonga sabzi yuziga solib, ko'mib turarli suv quyib, mildiratib qaynatib pishirasiz, so'ng guruch solib, odatdagi palovlar singari damlaysiz. Damlash muddati 25 30 minut. Dasturxonga tortishda kovatok shodani asta olib palovi aralashtirib, laganga solasiz, yuziga kovatokni qo'yib ipini tashlaysiz. Ikkinchi usuli: kastryulkaning tubiga bitta likopcha quyib, do'lmalarning avval kattaroqlarini so'ng maydalarini birma-bir terib, tepasiga yana bitta likopcha to'ntarasiz-da, yuzi bilan barobar suv quyasiz. Sust olovda 30 - 35 minut pishirganingizdan so'ng, tayyor palov yuziga terib keltirasiz. Masalliq: 1 kg guruch, 500 gr qo'y go'shti, 500 gr sabzi, 4 - 5 bosh piyoz tuz va ziravorlar ta`bga ko'ra olinadi. Har porsiyasiga 12 - 15 donadan kovatok hisobida 60-70 ta uzum bargi kerak bo'ladi.
Do`lmali palov

Palovga mo'ljallab olingan go'shtni ikki qismga bo'lasiz. Lahimini go'sht qiymalagichdan o'tkazib, mayda to'g'ralgan piyoz, murch, tuz va xom tuxum qo'shib mijiysiz. Tuxum qo'shishdan maqsad, qiyma qalampirning ichidan chiqib ketmaydi. Qalampirning bandini olib tashlab, urug'ini qoqib yuborib, yaxshi yuvasiz-da, har biriga to'ldirasiz. Qozonda yog'ni dog'lab, suyakli go'shtni va piyozni solib qovuring, so'ngra sabzini solib, ustiga do'lmalarni terib, ko'mib turarli qilib suv quyasiz-da, sust olovda 1 soat davomida mildiratib qaynatasiz. Tuzini rostlab ziravorlar sepasiz. So'ngra yuvib tayyorlangan guruchni solib odatdagidek damlayverasiz. Damlash muddati 20 25 minut. Dasturxonga tortishda do'lmalarni titib yubormasdan olib, palovni aralashtirasiz va laganga solib, ustiga har bir xo'randa uchun 2 dona hisobida do'lmalarni terib keltirasiz. Masalliq: 1 kg guruch, 1 kg go'sht, 300 gr qo'y yog'i, 500 gr sabzi, 4 5 bosh piyoz (ham oshga, ham qiymaga), 1 dona tuxum, tuz, murch, zira, zirk ta`bga ko'ra olinadi, 10 12 dona o'rtacha kattalikdagi chuchuk qalampir kerak bo'ladi.

Download 32.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling