Jizzali non


Download 32.98 Kb.
bet10/20
Sana24.12.2022
Hajmi32.98 Kb.
#1060126
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
O`zbek milliy taomlari

Pomidor quymoqli palov

Yog'ni dog'lab, piyoz jazlaysiz, so'ng go'shtni solib qizarguncha qovurasiz, keyin sabzini qo'shib, bir-ikki aralashtirasiz-da, suv quyib, 50 60 minut davomida mildiratib qaynatasiz. Pomidorlarning Olma, Sovg'a, Volgagrad deb ataluvchi navlaridan apelsin kattaligidagi bir xil, ezilmagan, biroq qip-qizil pishganlarini tanlab olib yuvib yuborgach, band tomonini kesib tashlab, ehtiyotlik bilan o'rtasidagi eti va urug'larini olasiz. Hosil bo'lgan pomidor kosachalarga tuz sepib, laganga to'ntarib qo'ysangiz, seli yaxshi oqib ketadi. So'ngra har bir pomidorning ichiga bir donadan tuxum chaqib, picha tuz va murch sepib qo'yasiz. Tayyor bo'lgan zirvakka yuvilgan guruchni solib, odatdagidek palov damlaysiz. Damlash: oldidan guruch yuzasini kapgir bilan tekislab, qoshiq yordamida chuqurchalar hosil qilasiz. Har bir chuqurchaga bir donadan ichiga tuxum chaqilgan pomidorni joylaysiz, so'ngra damtovoq o'rniga tog'oracha yopasiz, chunki pomidorlarning shakli buzilmasligi kerak. Olovini pastlatib, 25 30 minut dam yedirasiz. Shu muddatda pomidor ichidagi tuxum qotib pishadi. Tayyor bo'lgach, pomidor quymoqu1arni asta olib qo'yasiz-da, palovni aralashtirib laganga suzasiz. Yuziga har bir xo'randaga bir dona pomidor quymoq hisobida qo'yib, dasturxonga keltirasiz. Masalliq: 1 kg guruch, 500 gr qo'y go'shti, 300 gr qo'y yog'i, 2 3 bosh piyoz, 500 gr sabzi, 6 dona tuxum, 6 dona bir xil kattalikdagi pomidor, tuz, zira va murch ta`bga ko'ra olinadi.
Qazili palov

Qazini sovuq suvli idishga solib, 2 soat davomida qaynatib pi-shirasiz. Qaynab chiqishi bilan nina sanching, aks holda yorilib ketadi. Qazi pishgach, qozondan olib sovutib qo'yasiz. Alohida qozonda go'shtsiz palov tayyorlaysiz. Buning uchun o'simlik yog'ini yaxshi dog'lab, piyoz jazlaysiz. Qazini boshqa idishda qaynatib utirmay, shu qozonning o'zida pishirsangiz ham bo'ladi. Ya`ni, piyoz jazlangach, qazini to'garak qilib bog'langan holda solib, ustidan sabzini to'kib, darhol suv quyasiz-da, 2 soat mildiratib qaynatasiz. Nina urishni unutmang. Agar suvi bug'lanib ketsa, qaynoq suv qo'shib, to qazisi pishguncha qaynataverasiz. So'ng guruch solasiz-da, suvini tortgach, 25 30 minut damlab qo'yasiz. Dam yeb bo'lgach, qazini olib, parrak-parrak qilib kesasiz. Palovni aralashtirib, laganga suzasiz va yuziga qazi parraklarini terib dasturxonga tortasiz. Masalliq: 1 kg guruch, 500 gr sazi, 250 gr paxta yog'i, 500 gr sabzi, 2 3 bosh piyoz, tuz esa ta`bga ko'ra olinadi.

Download 32.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling