Jizzali non
Download 32.98 Kb.
|
O`zbek milliy taomlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Loviyali palov
- Qovurilgan go`sht
No`xatli palov
Palov tayyorlashdan bir kun avval no'xatni yuvib, sovuq suvga ivitib qo'yasiz va salqinroq joyda saqlaysiz. Agar suvida pufakchalar paydo bo'lsa, no'xat pishmay kirt-kirt bo'lib qoladi. Shu sababli yoz kunlari suvini ikki-uch bor yangilab qo'yasiz. Ushbu palov uchun go'shtni 10-15 grammli, piyozni odatdagidek halqa-halqa qilib, sabzini esa no'xatcha usulida to'g'raysiz. Guruchni yuvib, iliq suvga 23 soat ivitib qo'yasiz. Qozonda yog'ni dog'lab, go'shtni solasiz, sirti qizargach, piyozni tashlaysiz va har ikkalasini qizarguncha qovurasiz. So'ngra sabzini solib, darhol suv quyasiz-da, ivigan no'xatni ham qo'shib 1 soat davomida mildiratib qaynatasiz. No'xat yumshagach, (barmoq bilan ezib ko'ring) zirvakka tuz va ziravorlar solasiz. Tayyor bo'lgan zirvakka ivitilgan guruchni solib, keragicha suv quyasiz. Suvi tortilgach, 25 minut dam yedirasiz. So'ng yaxshilab aralashtirib, laganga suzasiz-da, xohlagan salat bilan birga dasturxonga tortasiz. Masalliq: 800 gr guruch, 1 stakan no'xat, 500 gr go'sht, 500 gr sabzi 23 bosh piyoz, 250 gr qo'y yog'i, tuz va ziravorlar ta`bga ko'ra olinadi. Loviyali palov Palov xuddi yuqoridagi retsept da aytilgandek tayyorlanadi, go'shtni, piyozni va sabzini hamn o'sha usulda to'g'raysiz. Guruchni yuvib, issiq suvga ivitib qo'yasiz, Zirvakni hozirlab, palovni damlash oldidan qaynatilgan loviyani qo'shib yuborasiz. Buning uchun loviyani yuvib, sovuq suvli idishga solib bir qaynatib olib, qorayib ketgan suvini to'kib tashlaysiz va yana suv quyib, yumshaguncha pishirasiz. So'ngra suvini to'kib tashlab, palovni damlash oldidan guruch yuziga solib, damtovoqni yopasiz, damlash muddati 20-25 minut. Palov dam yegach, yaxshilab aralashtirasiz-da, laganga suzib, yuziga murch sepib, dasturxonga tortasiz. Alohida idishda uzum sirkasi beriladi. Masalliq: 800 gr guruch, 1,5 stakan loviya, 500 gr go'sht, 500 gr sabzi, 300 gr qo'y yog'i, 23 bosh piyoz, tuz, zira, murch va sirka ta`bga ko'ra olinadi. Qovurilgan go`sht Qo'y yoki mol go'shtidan olib, bosh barmoqning birinchi bo'g'ini kattaligida lo'nda-lo'nda qilib to'g'raysiz, yuziga mayin tuz seping. Qozon yoki tovada qo'y yog'ini eritib jizzasini olgandan so'ng oq tutun chiqquncha dog'lab piyoz solib, jazlaysiz va go'shtni tashlab sirti qizarguncha aralashtirib qovurasiz qoyurilgan go'shtga jizzani qo'shib bir-ikki aralashtirgach likopchlarga solib ,yuziga qirqilgan ko'k piyoz sepib dasturxonga keltirasiz. Yon boshiga yangi pomidor, bodring , rediska, turp yoki bosh piyozdan garnir qilib berasiz . Xohishga qarab shu sabzavotlardan tayyorlangan salat berilsa ham bo'ladi. Masalliq: 1 kg qo'y yoki mol go'shti, 200 gr dumba yog'i, 2-3 bosh piyoz, totimiga yarasha tuz, garnir uchun ko'rsatilgan sabzavotlarning bir xilidan yoki har biridan assorti qilib yoinki salat qilib berish ixtiyoriy ado etiladi. Download 32.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling