Jizzali non


Download 32.98 Kb.
bet11/20
Sana24.12.2022
Hajmi32.98 Kb.
#1060126
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
O`zbek milliy taomlari

Po`stdumba palov

Qozonda o'simlik yog'ini dog'lab, piyoz jazlaysiz va qaynatilgan po'stdumbani 100150 grammli bo'laklarga bo'lib, piyozga qo'shib qovurasiz, sirti qizarganda sabzini solasiz va bir-ikki aralashtirib suv quyasiz. qaynab chiqqach, tuzini rostlab, zira, zirk, tuyilgan qalampir solib, sust olovda 1 soatcha mildiratib qaynatasiz. So'ng guruchni solasiz, suvini tortgach, 2025 minut damlab qo'yasiz. Dasturxonga tortishda po'stdumbani olib, mayda bo'laklarga bo'lib, palov yuziga solasiz-da, nordon anor donalaridan sepasiz. Alohida idishda uzum sirkasi qo'yasiz. Masalliq: 1 kg guruch, 500 gr po'stdumba, 200 gr paxta yog'i, 23 bosh piyoz, 1 kg sabzi, tuz va ziravorlar hamda anor bilan uzum sirkasi ta`bga ko'ra olinadi.
Kartdumba palov

Yaxlit bo'laklarga bo'lingan dumba yog'ini 1 soat davomida qaynatib olib, so'ng sovutasiz. Qozonga paxta yog'i (zig'ir moyi) solib dog'lab, pishirilgan dumba bo'laklarini tashlab, sirti qizarguncha qovurasiz. So'ngra piyozni solib, bir oz aralashtirasiz-da, sabzini qovurmasdan darhol suv quyib (yaxshisi dumba qaynatmasini quyib), sabzi chala pishguncha mildiratib qo'yasiz. Zirvakka tuz, zirk, zira va qalampir ham qo'shing. Tayyor zirvakka yuvilgan guruchni solib, suvi tortilgach, 2025 minut damlab qo'yasiz. Dasturxonga tortishda palovni aralashtirmay, laganga avval guruch qatlamini suzasiz, so'ngra sabzisini ustiga solasiz. Dumbani esa mayda bo'laklarga bo'lib, sabzining yuziga qo'yasiz. Masalliq: 1 kg guruch, 500 gr dumba, 200 gr paxta yog'i, 1 kg sabzi, 2 bosh piyoz,tuz va ziravorlar ta`bga ko'ra olinadi.
Moshli palov

Palov tayyorlashdan 23 kun oldin moshni yuvib,.yassi idishga, masalan, laganga bir-ikki qavat qilib solib, sovuq suv quyib ivitib qo'yasiz. Mosh yaxshi bo'rtishi uchun unga suvdan tashqari havo ham ta`sir etib turishi kerak. Shu sababli yassi idishda ivitiladi. Suv kamayib ketsa, yana quyib turasiz. Ma`lum muddat o'tgach, mosh bo'rtadi, xatto nish ham uradi. Uni kleyonkaga yoyib, bo'rtmagan donalarini terib tashlaysiz. So'ng guruchni yuvib, bo'rtgan moshni unga aralashtirib, sovuq suv quyib olib qo'yasiz. Yog'ni dog'lab, piyoz jazlay-siz, keyin chumchuq tili qilib to'g'ralgan go'shtni solib bir-ikki aralashtirasiz-da, mayda kubik qilib to'g'ralgan sabzini ham qo'shib, chala pishguncha qovurasiz, so'ng suv quyib, 50 minutcha sust olovda mildiratib qaynatasiz, ziravorlar solish mumkin-u, lekin tuzi keyin qo'shiladi. Zirvak pishgach, mosh aralashtirilgan guruchni solasiz, keragicha suv quyib, alangani kuchaytirib qaynatasiz, moshi dona-dona bo'lib pishganda tuzini rostlaysiz, aks holda mosh qotib qoladi. Guruchi ham, moshi ham yetilgach, 30 minutcha damlab qo'yasiz. Dasturxonga tortishda laganga gumbaz qilib suzasiz. Masalliq: 800 gr guruch, 1 stakan mosh, 500 gr qo'y go'shti, 300 gr qo'y yog'i, 500 gr sabzi, 2 bosh piyoz, tuz va ziravorlar ta`bga ko'ra olinadi.

Download 32.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling