Jizzali non


Download 32.98 Kb.
bet7/20
Sana24.12.2022
Hajmi32.98 Kb.
#1060126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
O`zbek milliy taomlari

Sarimsoqli palov

Sarimsoqli palovning zirvagi Fargonacha palovda aytilganidek tayyorlanadi, farqi sarimsoq piyoz solinadi. Sarimsoq piyozni ikki xil usulda qushish mumkin. Birinchi usulda sarimsoqni butunligicha, soch qismini pichoq bilan kesib tashlab, bir qavat po'stini archib, sovuq suvda chayqab yuborasiz va kesilgan tomonini pastga qilib zirvakka solasiz, chesnok yarim tayyor bo'lguncha qaynatasiz. So'ngra ustidan guruchni qatlam qilib solib, palov pishirishni oxiriga yetkazasiz. Sarimsoq qo'shishning ikkinchi usuli bunday: zirvakni odatdagidek pishiraverasiz. Parraklarga bo'linib, puchog'i archilgan sarimsoqni sovuq suvda chayqab, yuvilgan guruchga aralashtirib zirvakka solasiz va suv quyib pishirishni oxiriga yetkazasiz. Barcha jarayonlar qovurma palov tavsiyasida ko'rsatilgandek amalga oshiriladi. Damlash muddati 25 30 minut. Palovni qozonda yaxshilab aralashtirib, laganga gumbaz qilib solasiz, butun pishgan sarimsoqlarni palov ustiga terib keltirasiz. Masalliq 1 kg guruch, 500 gr go'sht, 200 gr sarimsoq 300 gr qo'y yog'i, 500 gr sabzi, 2 3 bosh piyoz, tuz, zira, zirk va qalampir ta`bga ko'ra solinadi.
Behili palov

Yo Fargonacha palov yoki Samarqandcha palovda aytilgandek zirvak tayyorlanadi. Behining tukini artib, to'rt pallaga bo'lasiz-da, urug'i va zaha bo'lgan joylarini olib tashlaysiz, zirvakka solib pishirasiz. Agar zirvakni qovurma palov usulida tayyorlasangiz, unda behi bo'laklarini go'sht va sabzi bilan birga qovurasiz, so'ng suv quyasiz. Mabodo ivitma palov usulida bo'sa u holda behi pallalari to chala pishguncha sabzi bilan birga mildiratib qaynatiladi, so'ng guruch solinadi. Qolgan jarayonlar o'sha tanlangan reseptlar-da aytilgandek. Damlash muddati 25 minut. Taom tayyor bo'lganda behi bo'laklarini ajratib olib, palovni yaxshi aralashtirasiz, laganga solib, yuziga behilarni terib dastur-xonga keltirasiz. Dasturxon ustida mayda bo'laklarga bo'lib iste`-mol etiladi. Masalliq: 1 kg guruch, 500 gr go'sht, 2 dona behi, 500 gr sabzi, 300 gr qo'y yog'i, 2 3 bosh piyoz, zira, zirk, qalampir va tuz ta`bga ko'ra olinadi.
Shodibek palovi

Guruchni 4 5 marta yuvib, ivitib qo'yasiz, behini o'rtacha kubik (2 sm3) qilib to'g'rab, buni ham iliq suvga botirib qo'yasiz yoki guruchga qo'shib ivitasiz, aks holda qorayib qoladi. Go'shtni kabobga to'g'ragandek, piyozni halqa-halqa sabzini esa kichik kubik (1 sm3) shaklida to'g'raganingizdan so'ng qozonda yog'ni dog'laysiz. Bunga piyozni, so'ng go'shtni solib, qizarganda, sabzini bosib, suv quyib mildiratib qo'yasiz. Zirvak yetilganda, behi aralashtirilgan guruchni solib damlaysiz. Agar behi alohida ivitilgan bo'lsa guruchdan oldin solib, suvini guruch ustidan quyasiz. Suvi yaxshi tortilsin uchun alangani kuchaytirib, guruch qatlamini kapgir bilan cho'karib silab qo'yasiz. Damlash muddati 25 30 minut. Palovni qozonda yaxshi aralashtirgach, laganga suzib dasturxonga tortasiz. Masalliq: 1 kg guruch, 500 gr go'sht, 2 3 dona behi, 300 gr qo'y yog'i, 34 bosh piyoz, 500 gr sabzi, ta`bga ko'ra tuz va ziravorlar olinadi.

Download 32.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling