Jizzali non
Download 32.98 Kb.
|
O`zbek milliy taomlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir guruchu bir go`shtli palov
Samarqandcha palov
Qo'y yog'ini mayda to'g'rab, qizitilgan qozonga solib eritgach, jizzani olib, yog'ni uzoq muddat yaxshi dog'laysiz. Bunga lo'nda-lo'nda qilib to'g'ralgan go'shtni solib, sirti qizarguncha qovurganingizdan so'ng to'g'ralgan piyozni tashlang-da, bir-ikki kavlang. Piyoz o'ta qizarib ketmay turib, somoncha shaklida to'g'ralgan sabzini qatlam qilib solasiz va sira qovurmasdan va kavlamasdan darhol suv quying. Zirvak qaynaganida tuzini rostlab, zirk, zira, butun yoki tuyilgan qalampir solinadi. O'rtacha olovda mildiratib qaynatib quyib, guruchni tozalab yuvasiz. Zirvak yaxshi yetilib pishganda sabzisi muloyimlashib, go'shti yumshaydi. Ana shunda yuvib tayyorlangan guruchni qatlam qilib solib, suvni normada quyib, o'choqdan cho'g'ni tortib olasiz va alangani kuchaytirasiz. Guruchi suvini yaxshi tortib, bo'rtganda, damlab qo'yasiz, muddati 25 minut. Damlangandan so'ng 10 15 minut o'tganda palovni xomdam qilasiz. Buning ma`nosi: damtovoqni ochib, guruch qatlamini kapgir bilan cho'karib ag'darasiz, shunda ortiqcha bug'i ko'tarilib osh lanj bo'lmaydi va ayrim tirik qolgan guruchlari pastga kumilib, yetilishi uchun imkon tug'iladi, damgirni yana jips yopib suyasiz va damlash oxiriga yetganda laganga suzasiz. Suzish qoidasi bunday: laganga avvalo guruch qatlamini gumbaz qilib, tepasiga, sabzisi bilan go'shtini solasiz. Yoki laganning bir tomoniga guruchni, ikkinchi tomoniga sabzi, go'shtini solib dasturxonga qo'yasiz . Masalliq: 1 kg go'sht, 1 kg guruch., 250 gr qo'y yog'i, 1 kg sabzi, 2-3 bosh piyoz, 1 choy qoshig'ida zira, shuncha zirk, qalampir va tuz ta`bga ko'ra solinadi. Bir guruchu bir go`shtli palov Ushbu palov yog'siz so'qim yoki qora kesak qo'y go'shtidan tayyorlanadi. Go'shtni bamisoli mantiga to'g'ragandek chumchuq tili qilib maydalaniladi va tuz sepiladi. Qozonda yog'ni dog'lab, g'shtni solib qizartirib qovurib chovlida suzib olib quyasiz. Yoqqa suyaklarni tashlab qovurib, so'ng piyozni solasiz va har ikkala masalliqning sirti qizarganda kubik (1x1x1 sm) shaklida to'g'ralgan sabzini tashlab, yarim tayyor bo'lguncha qovuring. So'ngra qozondagi masalliqning i bilan barobar suv quyib, tuz va ziravorlar sepib, sust olovda 50 60 minut davomida mildiratib qaynatib qo'yasiz. Guruchni tozalab, yaxshilab yuvib, zirvak ustidan qatlam qilib solasiz, suv quyasiz va kuchli alanga berib tekis qaynashiga erisha-siz Tuzini yana bir tatib, kerak bo'lsa, rostlaysiz. Guruch suvini terib yaxshi bo'rtganda yuziga haligi qovurib olib qo'yilgan go'sht solib, 25 30 minut damlab quyasiz. Oshni qozonning uzida yaxshilab aralashtirib, laganga gumbaz qilib solib, biron bir salat yoki kertilgan turp bilan birga dasturxonga keltirasiz, alohida shishada uzum sirkasi ham qo'ying. Masalliq: 1 kg guruch, 1 kg go'sht, 200 gr yog' (frityur uchun yana alohida 1 kg yog' olinadi), 500 gr sabzi, 3 4 bosh piyoz, tuz va har xil ziravorlar ta`bga ko'ra olinadi. Download 32.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling