Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Ko’rsatish olmoshili ergashgan gaplar


Download 388.95 Kb.
bet117/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

5.Ko’rsatish olmoshili ergashgan gaplar. Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshima’nosini izohlash uchun qo’llangan ergash gaplar bosh gapga –yuklamasi yordamida bog’lanadi.Bu yuklama bosh gap kesimi tarkibida bo’ladi va ergash gap bosh gapdan vergul bilan ajratiladi.M-n: Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan.
Ba’zan ko’rsatish olmoshi qo’llanmasligi ham mumkin, lekin uning o’rni bilinib turadi. M-n: Unutmangki, yolg’onchilik hech qachon foyda keltirmaydi (shuni unutmangki,…).
Eslatma: -ki yuklamasi yordamida ergashgan qo’shma gaplarda oldin bosh gap, keyin ergash gap keladi. M-n: Xalqning xulosasi shuki, xudbin odam hech qachon elga qayishmaydi.
Ko’rsatish olmoshili qo’shma gaplarni sodda gaplarga aylantirish mumkin. M-n: Shunisi aniqki, hamma darsga kelgan. – Hamma darsga kelganligi aniq.
5- topshiriq: Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshini toping va ular qaysi gap bo’lagi bo’lib kelayotganligini aniqlang.
1.Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. 2.Shunga ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta, past bo’ladi. 3.Shuni angladimki, inson qobilyati cheksiz ekan. 4.Shunday ne’matlar borki, ularni pul birligida o’lchab bo’lmaydi. 5.Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon andin yaxshidir. 6.Esdan chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so’z uqtirgandan ko’ra yelkada tosh tashish afzal. 7.Baxtim shu bo’ldiki, seni uchratdim. 8.Shunisi quvonarliki, sinfdagi o’quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil.
6.Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplar. Ergash gap tarkibida qo’llanuvchi kim, nima, qancha, qanchalik, qanday kabi so’roq olmoshlariva bosh gap tarkibida unga javob bo’lib keluvchi shu, o’sha, shuncha, shunchalik, shunday kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo’llanganligi, biri ikkinchisini talab qilganligi uchun nisbiy so’zlar hisoblanadi.Bunday gaplarda ergash gaining kesimi shart mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi.M-n: Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa, uning o’zi ham to’g’ri bo’ladi.
Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplarni ham sodda gaplarga aylantirish mumkin. M-n: Kim ko’p o’qisa, u ko’p biladi. – Ko’p o’qigan ko’p biladi.
6-topshiriq: Nisbiy so’zlarni toping va ularning gapdagi vazifasini aniqlang.
1.Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o’shaniki bo’ladi. 2.Sen birodaringni qanchalik yaxshi ko’rsang, Tangri ham seni shuncha yaxshi ko’radi. 3.Kim birovga choh qazisa, o’zi yiqiladi. 4.Qayerda ish to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, o’sha yerda rivojlanish bo’ladi. 5.Kimning aqli ko’p bo’lsa, ayblari yashirin va do’stlari ko’p bo’ladi. 6.Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, o’z maqsadlariga oson erishadi.7.Bu Vatanni jon bilan saqlashga, Cho’lpon, hozir o’l, Kimki qasd etsa anga, kiysin pushaymondin kafan!

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling