Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vosirtalar


Download 388.95 Kb.
bet115/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Ergash gapni bosh gapga bog’lovchi vosirtalar. Ular quyidagilar:

  1. ergashtiruvchi bog’lovchilar (chunki, toki, agar, mabodo, ya’ni);

  2. ko’makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli);

  3. yuklama (-ki);

  4. nisbiy so’zlar (nimani – o’shani, kim - u, qanday – shunday );

  5. deb so’zi.

2-topshiriq: Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarning tagiga chizing.
1.Hoyotimda kim uchundir foydali inson bo’lsam, bu mening eng katta yutig’imdir. 2.Ammo shu tobda hordiq chiqarishga fursat yo’q edi, shu bois tag’in jiddiy ishga kirishib ketdilar. 3.Shu mo’jaz uyimda yonsin deb chiroq, Ne aziz zotlarga yondashdim gohi. 4.Shuni bilingki, aql bilan odob – jism bilan jon. 5.Har kim o’z og’zining qorovuli bo’lsa, uning nafasi hech qachon bo’g’ilmaydi.
1.Ergashtiruvchi bog’lovchili ergashgan qo’shma gap.
Sabab, maqsad, qiyoslash-chog’ishtirish bog’lovchilsri ergash gap boshida qo’llaniladi va ergash gap bosh gapdan so’ng keladi.M-n: Ukamning hamma joyi shalobbo edi, go’yo jalada qolganga o’xshardi.(Ushbu gapda Ukamning hamma joyi shalobbo edi – bosh gap, go’yo jalada qolganga o’xshardi – ergash gap).
Shart bog’lovchilari gap boshida keladi va ergash gap kesimi shart maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. M-n:Agar siz kelsangiz, men bormayman. (Ushbu gapda Agar siz kelsangiz – ergash gap, men bormayman – bosh gap).
3-topshiriq: Ergashtiruvchi bog’lovchilar yordamida bog’langan ergashgan qo’shma gaplarning tagiga chizing.
Kishida odob bo’lsa, ilm ham bo’lishi lozim.Odob shunday tojki, u aqlli, farosatli odamlarboshini bezaydi. Odobli odam tabibga o’xshaydi, chunki u bilan suhbatlashish ko’ngildagi g’amni quvadi. Ilm bir daraxt, odob esa uning mevasidir. Odob ulug’lik va yuksaklik qasrining narvonidir, shuning uchun u orqali barcha maqsad va manzillarga yetish mumkin. Qaysi yerda iln-u ma’rifat kuchli bo’lsa, o’sha yer baxt maskanidir.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling