Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Download 388.95 Kb.
bet112/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Qo’shma gaplar
Sodda va qo’shma gaplar. Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo’lgan gap sodda gap, ikki yoki undan ortiq sodda gapning o’zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan va ohang tugalligiga ega bo’lgan butunlik qo’shma gap sanaladi.
Izoh:Gap uchun muhim belgi kesimlikdir. Kesimlik miqdori gaplarni sodda va qo’shma gaplarga ajratishga asos bo’ladi.
Sodda gap: Haqiqiy do’stlarning sadoqati boshga ish tushganda bilinadi.
Qo’shma gap: Shuni bilki, odamlar do’stlik tufayli baxtiyordir. Har kishikim quyosh chiqquncha uyquda bo’lsa, rizqi kam bo’lur. (“Qobusnoma”dan)
Qo’shma gap qismlari va ularni bog’lovchi vositalar.Qo’shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo’shma gap qismlari sanaladi. Bu qismlarni bog’lash uchun xizmat qiladigan vositalar esa bog’lovchilar hisoblanadi. Qo’shma gap qismlari quyidagi bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanadi:
1.Bog’lovchilar: a)teng bog’lovchilar(va, hamda, ammo, lekin, biroq, yo…,yo; dam…dam, yoki);
b)erhashtiruvchi bog’lovchilar (chunki, ya’ni, agar, garchi, basharti, garchi, negaki).
2.Bog’lovchi vazifasidagi vositalar:
1)bo’lsa, esa, deb;
2)-u, -yu, -da, -ki yuklamalari;
3)nisbiy so’zlar: kim – o’sha, kimning – uning, qayerda – o’sha yerda;
4) ko’makchili qurilmalar: shu tufayli, shu sababli, shuning uchun;
5)shart mayli qo’shimchasi –sa.
3. Ohang
1-topshiriq: Qo’shma gap qismlarini bog’lovchi vositalarning tagiga chizing.
1.Do’stlikdan o’tadigan hech narsa yo’q, shuning uchun do’st orttirish imkoniyatini sira qo’ldan boy berma. 2.Bilim har qanday muammo va qiyinchiliklarni yengib o’tishga zamin yaratadi, chunki u bebaho xazinadir. 3.Shuni bilki,odamlar do’stlik tufayli baxtiyordir.4.Yaxshi fikr tiniq uslubni talab qiladi, uslub esa fikr libosidir. 5.Tabiat kimga aql-idrok, bilim bersa, u ezgu ishlar qilishga qo’l uradi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling