Jizzax – 2018 Til haqida umumiy ma’lumot


Havola bo’lakli qo’shma gaplar


Download 388.95 Kb.
bet122/128
Sana09.06.2023
Hajmi388.95 Kb.
#1467927
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   128
Bog'liq
Mohira2702..

Havola bo’lakli qo’shma gaplar
Qo’shma gap tarkibidagi faqat ergash gapgina bosh gapga ma’lum bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanib qolmaydi.Ko’pincha bosh gap tarkibida ham ergash gapni taqozo etadigan, uning mavjud bo’lishiga ishora (havola) qiladigan ko’rsatish olmoshlari ishtirok etadi.Aniqroq tushuntiradigan bo’lsak, ya’ni qo’shma gap ko’rsatish olmoshili yoki nisbiy so’zli bo’lsa, u gapimiz havola bo’lakli qo’shma gap hisoblanadi. M-n:Toleyim shuki, Vatanda bir guliston tanladim. Kim ko’p kitob o’qisa, o’sha ko’p biladi.
Havola bo’lakli qoshma gaplarni doimo sodda gapga aylantirish mumkin, chunki gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshining umumiy mavhum ma’nosini aniqlashtirish, izohlash vazifasini bajaradi.Yuqoridagi misollarni sodda gapga aylantiramiz: Toleyim shuki, Vatanda bir guliston tanladim.Toleyim Vatanda bir guliston tanlaganimda.
Kim ko’p kitob o’qisa, o’sha ko’p biladi. Ko’p kitob o’qigan ko’p biladi.
Eslatma: Havola bo’lakli qo’shma gaplar ko’proq kitobiy uslubga xos. Agar sodda gapga aylantirilsa, uslubiy betaraf bo’ladi.


Ko’chirma gapli qo’shma gaplar
Monologik nutqda so’zlovchining o’zgalar nutqidan aynan foydalanishi ko’chirma gapli qo’shma gapni yuzaga keltiradi.Ko’chirma gapli qo’shma gaplar doimo ikki qismdan: muallif gapi va ko’chirma gapdan tashkil topadi.
Muallif gapi (M) va ko’chirma gap (K) bir-biriga nisbatan turlicha joylashishi mumkin, bunda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi:

  1. M: “K”; M:”K?”; M:”K!”;

  2. M:”K”,-m; M:”K?”-m; M:”K!”-m;

  3. “K”,-m; “K?”-m; “K!”-m

  4. “K,-m,-K”;

Masalan: “So’z san’atining qudrati shundaki, - dedi Asqad Muxtor, - U hayotda aynan bo’lmagan narsalarga, hodisalarga jon kiritib yuboradi.
1-topshiriq: Gapar tarkibidan tushib qolgan tinish belgilarini qo’yib chiqing.
1.Payg’ambardan bir kishi so’rabdi Ey Rasululloh men kimni hurmat qilay O’z onangni deb javob beribdi Payg’ambar. 2.Rahmat ona qizim dedi muharrir mehri tovlanib. 3.Kampir oyoq ostida o’sgan o’tdan yulib, kiyik tomon yura boshladi Ma jonivor ma. 4.Xalil bobo nevarasiga girgitton bo’lib Hoy bolam senga nima bo’ldi Nima qildi toychog’im der edi. 5.Hunari va odobi bo’lmagan kishidan deydi Mahmud Qoshg’ariy baxt va davlat ketadi. 6. Odob o’rgatsalar quloq sol deydi Yusufiy Birov odob o’rgatsa, o’rganmagan kishi hayvon kabidir.
Ko’pincha , so’zlovchining nutq jarayonida o’z fikrini dalillash uchun buyuk shaxslarning gaplarini aynan keltiradi. Yoki ma’lum shaxs xarakterini ochish uchun shu shaxs bayon qilgan gaplardan foydalaniladi. Bunday gaplar o’zganing gapi sanaladi.O’zganing gapidan ikki xil yo’l bilan foydalaniladi:
1)o’zganing gapi hech o’zgarishsiz nutqqa tayyor holda olib kiriladi va bunday gaplar ko’chirma gap sanaladi. Masalan, “Yaxshi fe’l bilan kishilar ko’nglini olib,o’zingni yomon qiliqlardan saqlab yasha”, deydi Ahmad Yugnakiy;
2)o’zga gapning mazmuni saqlangan, ammo shakli o’gartirilgan holda, nutqqa olib kiriladi va bunday gaplar o’zlashtirma gap sanaladi. Masalan:-Ahmad Yugnakiy yaxshi fe’l bilan kishilar ko’nglini olib, o’zini yomon qiliqlardan saqlab yashash haqida gapirgan.
O’zganing gapi ko’chirma gap orqali ham, o’zlashtirma gap orqali ham berilishi mumkin. Bunday vaqtda ko’chirma va o’zlashtirnma gap ma’nodosh bo’ladi.
Ko’chirma gap quyidagi shakily o’zgarishlar yo’li bilan o’zlashtirma gapga aylantiradi:
1.Darak gap shaklidagi ko’chirma gap kesimi tushum kelishigidgi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to’ldiruvchiga, egasi qaratqich aniqlovchiga aylantiradi. Muallif gapining kesimi vazifasidagi “dedi” so’zi “aytdi” so’zi bilan almashtiriladi. Muallif gapining egasi o’zlashtirma gap egasi bo’lib gap boshida keladi. Masalan: “Yoshlarimizning istiqboli porloq”, - deydi o’qituvchimiz. O’qtuvchimiz yoshlarimiz istiqbolining porloqligini aytdi.
2.So’roq, buyruq shaklidagi ko’chirma gaplar darak shakliga aylantiriladi. Masalan:“Salima qanday o’qiyapti?” - deb so’radi onasi. Onasi Salimaning qanday o’qiyotganligini so’radi.
3.Ko’chirma gap tarkibidagi undov, kirishlar tushirib qoldiriladi. Undalma chiqish kelishigidagi to’ldiruvchiga aylantiriladi.M-n: Do’stim dedi: “Xo’sh, u holda qanday chora ko’riladi?” – Do’stim u holda qanday chora ko’rilishini so’radi. “Shoshmang, Ahmadjon”, – dedi yigit. Yigit Ahmadjondan shoshmasligini so’radi.
Ko’p hollarda o’zgalarning gapi muallif tomonidan aynan ko’chirilmay, mazmuni saqlagan holda o’z nutqiga singdirib beriladi. Bunday vaqtda ko’chirma gapli qo’shma gap sodda gapga aylantiriladi.
Ko’chirma gapli qo’shma gapni sodda gapga aylantirish uchun ko’chirma gap va muallif gaplari tarkibida ega va kesim vazifasida kelgan bo’laklarning shakl va vazifasida ayrim o’zgarishlar qilinadi.
Xususan, ko’chirma gapning egasi qaratqich – aniqlovchiga, kesimi esa to’ldiruvchiga aylantiriladi. Ko’chirma gap kesimini to’ldiruvchiga aylantirish uchun unga - lik yoki ekanlik shakllari qo’shiladi. Egasi II shaxs kishilik olmoshida ifodalangan bo’lsa, u I shaxs kishilik olmoshiga aylantiriladi. Muallif gapining kesimi vazifasida kelgan dedi - so’zi aytdi so’zi bilan almashtiriladi.
Masalan: Ko’chirma gap: “Szilar bir oilaning farzandisizlar” - dedi rais. O’zlashtirma gap: Rais bizning bir oilaning farzandlari ekanligimizni aytdi.

Download 388.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling