Jizzax davlat pedaggikainstituti


III. Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar


Download 413.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/15
Sana18.06.2023
Hajmi413.41 Kb.
#1593973
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
umurtqasiz hayvonlar zoologiyasi

III. Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar.
Laboratoriya 
mashg’ulotlari 
professional 
tayyorgarlikning 
muhim bosqichi 
hisoblanadi 
va 
har 
bir 
talaba 
tomonidan 
alohida 
bajariladi. Laboratoriya 
mashg’ulotlari talabalar tomonidan nazariy bilimlami mustahkamlash uchun har bir 
mavzu bo’yicha alohida o ’zlashtiriladi. Laboratoriya mashg’ulotlari mavzularining 
mazmunidan kelib chiqib total, kesma, vaqtli preparatlar, jadval, plakat, sxema, 
mulyaj, muzey eksponatlari, qotirilgan va fiksatsiya qilingan hayvonlar, sur’atlar, 
videofilmlar va boshqa o’quv ko’rgazmali 
qurollar yordamida o’zlashtirilib, 
tasvirlari rasm daftarlariga tushiriladi.
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg’ulotlari uchun quyidagi 
mavzular tavsiya etiladi:
1. 
Hayvonlami 
o’rganishda 
foydalaniladigan 
optik 
asboblar-mikroskoplar, 
binokulyarlar va lupalaming tuzilishi hamda ulardan foydalanish.
2. Bir hujayralilar (Protozoa) kenja dunyosi. Evglenozoalar (Euglenozoa) tipi, 
Evglenasimonlar 
(Euglenoidea) 
sinfi 
vakillar: Euglena viridis yoki Euglena 
gracilisning tuzilishi va ko’payishi.
3. Xlorofitlar (Chlorophyta) tipi, Volvokssimonlar (Volvocida) sinfi, kolonial 
xivchinlilar vakili Volvox sp. (volvoks) ning tuzilishi v a k o ’payishi.
4. 
Kinetoplastidlar 
(Kinetoplastida) 
sinfi 
vakillari: tripanosoma, 
lyambliya, 
leyshmaniya, trixomonaslaming tuzilishi va ko’payishi.
5. Apikomplekslar (Apicomplexa) yoki Spora hosil qiluvchilar (Sporozoa) tipi, 
Gregarinalar 
(Gregarinina) 
sinfi 
vakili 
suvarak gregarinasining tuzilishi va 
rivojlanishi.
6. Qon sporalilari (Hematozoea) sinfi vakili Plasmodium sp.(bezgak plazmodiumi) 
ning tuzilishi va rivojlanish sikli.
7. Infuzoriyalar (Infusoria) yoki Kipriklilar (Ciliophora) tipi, Kiprikli infuzoriyalar 
(Ciliata) sinfi vakili Infuzoriya-tufelka (Paramecium caudatum) ning tuzilishi va 
ko’payishi.
8. Amyobasimon sodda hayvonlar (Ameboid-Protozoa). Sarkodalilar (Sarcodina) kenja 
tipi, Ildizoyoqlilar (Rhizopoda) sinfi vakillari: Oddiy amyoba (Amoeba proteus), 
Arsella (Arcella vulgaris), Difflyugiya (Difflugia pyriformis) va Foraminiferalar 
(Elphidium crispum) ning tuzilishi, jinssiz va jinsiy ko’payishi.
9. 
G ’ovaktanlilar 
(Spongia, 
yoki 
Porifera) 
tipi, 
Oddiy g ’ovaktanlilar 
(Demospongia) sinfi vakili Chuchuk suv bodyagasi (Spongilla lacustris) ning 
tuzilishi va ko’payishi.
10. Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipi, Gidrozoalar (Hydrozoa) sinfi vakillari Chuchuk 
suv gidrasi, koloniya bo’lib yashovchi gidropoliplar-Obeliya polipi koloniyasining 
tuzilishi, jinsiy va jinssiz ko’payishi.
11. Ssifoid meduzalar (Scyphozoa) sinfi vakili Aureliya meduzasining tuzilishi, 
harakatlanishi, oziqlanishi va ko’payishi.
12. Korall poliplar (Hexacorallia) sinfi, Olti nurlilar (Hexacorallia) kenja sinfi
Aktiniyalar (Actiniaria) turkumi vakili Oddiy yoki ot aktiniyasi (Actinia equine) ning


tuzilishi va ko’payishi.
13. 
Yassi 
chuvalchanglar 
(Platyhelminthes) 
tipi, 
Kiprikli chuvalchanglar 
(Turbellaria) sinfi vakili Oq planariya (Dendrocoelum lacteum) ning tashqi va ichki 
tuzilishi hamda ko’payishi.
14. So’rg’ichlilar (Trematoda) sinfi vakili Oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) 
ning tashqi va ichki tuzilishi hamda so’rg’ichlilar jinsiy sistemasining tuzilishi va 
rivojlanish sikli. So’rg’ichlilar sinfi ayrim vakillarini tuzilishi va rivojlanishi.
15. Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfi vakillari qoramol (Taeniarhynchus 
saginatus) va cho’chqa (Taenia solium) tasmasimon chuvalchanglarining tuzilishi 
va 
rivojlanishi. 
Tasmasimon chuvalchanglami ayrim vakillarini tuzilishi va 
rivojlanishi.
16. 
Mollyuskalar (Mollusca) tipi, 
qorinoyoqlilar (Gastropoda) sinfi vakillari 
Chuchuk suv shillig’i yoki yalang’och shilliqning tashqi va ichki tuzilishi, 
harakatlanishi.
17. Ikki pallali mollyuskalar (Bivalvia) sinfi vakili baqachanoqning tashqi va ichki 
tuzilishining asosiy xususiyatlari.
18. 
Boshoyoqli 
mollyuskalar (Cephalopoda) 
sinfi 
vakili Karakatitsa (Sepia 
officinalis) ning tuzilishi va yashash muhiti. Oziqlanishi va ko’payishi.
19. Halqali chuvalchanglar (Annelida) tipi, K o’p tukli halqalilar (Polychaeta) sinfi 
vakili 
Nereisning 
bosh 
qismi, 
dumi 
va parapodiysining tuzilishi. Qum 
chuvalchangining tuzilishi.
20. Kam tuklilar (Oligochaeta) sinfi vakili yomg’ir chuvalchangining tashqi va 
ichki tuzilishi, teri-muskul xaltasi, harakatlanishi va refleksi.
21. Zuluklar (Hirudinea) sinfi vakili tibbiyot zulugining tashqi va ichki tuzilishi.
22. B o’g ’imoyoqlilar (Arthropoda) tipi, Xelitseralilar (Chelicerata)
kenja tipi, O ’rgimchaksimonlar (Arachnida) sinfi vakili butli o’rgimchakning tashqi 
va ichki tuzilishi.
23. O ’rgimchaksimonlarning xilma-xilligi. Qoraqurt, sariq chayon, falanga va mol 
kanalarining tashqi tuzilishi.
24. Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) kenja tipi, Yuksak qisqichbaqasimonlar sinfi, 
O ’noyoqlitar (Decapoda) turkumi vakili daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi, 
tana bylimlari, oyoqlari va tana qoplag’ichi.
25. Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi: hazm qilish, ayirish, qon aylanish, nerv 
va jinsiy sistemalari.
26. 
Qisqichbaqasimonlaming 
xilma-xilligi. 
Dafniya, 
siklop, yonlab suzaming 
tuzilishi va harakatlanishi.
27. Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi, K o’poyoqlilar (Myriapoda) katta sinfi
Laboyoqlilar (Chilopoda) sinfi, qattiq qalqonlilar (Lithobiomorpha) turkumi vakili 
oddiy qalqondor (Lithobius forficatus) ning tuzilishi va ko’payishi.
28. Traxeyalilar (Tracheata) kenja tipi, Oltioyoqlilar (Hexapoda) yoki hasharotlar 
(Insecta) katta sinfi, Ochiq jag ’li hasharotlar (Insekta-Ectognatha) sinfi, Suvaraklar 
turkumi 
vakili 
qora suvarak, To’g ’riqanotlilar turkumi 
vakili 
chigirtka va 
qo’ng’izlar turkumi vakili may qo’ng’izining tashqi tuzilishi.
29. Hasharotlar og’iz organlarining xilma-xilligi: kemiruvchi, kemiruvchi-so’ruvchi, 
so’ruvchi, sanchib-so’ruvchi va yalovchi tipidagi og’iz organlari tuzilishi.

Download 413.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling