Jizzax davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi


Download 308.5 Kb.
bet9/12
Sana22.04.2023
Hajmi308.5 Kb.
#1380667
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
YULDUZ

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi.

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi qator ilmiy fanlar bilan chambarchas bog`liq. Har qanday fan faqatgina o`zining ilmiy izlanishlari bilan chegaralanib qolsa tulaqonli samara bera olmaydi. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bir necha fanlar qushilishi orqali maxsus pedagogik muammolarni xal qiladigan predmetga aylangan.


Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi umumiy pedagogika, psixologiya, inson umrining yoshi davrlarining psixologiyasi va jismoniy madaniyat psixologiyasining ilmiy izlanishlari natijalaridan foydalanadi. Ayniqsa, sport pedagogikasi barcha fanlar bilan o`zviy boglangan. Oldingi yagona, bo`laklarga bo`linmagan jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasidan alohida pedagogika fanlari ajralib chiqdi, bo`lar qatorida sport pedagogikasi fanlari ham, lekin ularning so`nggi rivojida bir-biri bilan o`zaro o`zviy bog`liqligi namoyon bo`ldi. Mustakil fanlar jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi ishlab chiqqan umumiy qoidalarga tayanadi, olingan aniq dalillar yangi umumlashtirishlar uchun materialdir. Bu degani, jismoniy madaniyatning butun pedagogik muhitini o`z ichiga olgan boshlangich, keng ilmiy izlanish va o`qitish predmetidan asta-sekinlik bilan maxsus sport soxasi fanlari ajralib chiqaboshlagan ligidir: gimnastika, yengil atletika, sport uyinlari fanlari va x.k.lar. Ammo jismoniy mashqlarning alohida turlari uchun keraqli bo`lgan, nisbatan umumiy qonuniyatlar, qaysiki, hamma turlar uchun ta`sir ko`rsata olganlari alohida fan bo`lib ajralmadi va ajralib chiqishi ham mumkin bo`lmasdi. Ana usha qonuniyatlarni ishlab chpkish hozirgi zamon jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining asosini tashqil qiladi.
Biologiya fani bilan bog`liqligi- jismoniy madaniyat vositalarini shug`ullanuvchilar organizmiga ta`siri reaksiyasini o`rganish keraqligiga aloqadordir. Jismoniy madaniyat jarayonini samarali boshqarish anatomiya, fiziologiya, bioximiya, sport tibbiyoti fanlarining qonuniyatlarini xisobga olish bilangina amalga oshirilishi mumkin.
Shuni esda saqlash lozimki, jismoniy madaniyat nazariya va metodikasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi bir tomonlama bo`lmay, ikki tomonlamadir. Jismoniy madaniyat haqidagi fanning rivojlanishi aralash fanlarga ta`sir etmay qolishi mumkin emas. Masalan, sportning nazariyasi va praktikasi psixologlar va fiziologlarning bolalar va katta yoshdagilar organizmining potensial imkoniyatlari degan tasavvuriga aytarli tuzatishlar kiritilishiga olib keladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va usulyati qator ilmiy fanlar bilan chambarchas bog’liq. Har qanday fan faqatgina o’zining ilmiy izlanishlar bilan chegaralanib qolsa to’laqonli natija bera olmaydi . Jismoniy tarbiya nazaryasi va usulyati bir necha fanlar qo’shilishi orqali maxsus pedagogika muammolari hal qiladigan predmetga aylanadi .
Jismoniy tarbiya – inson jismoniy kamolotga erishishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir . Jismoniy madaniyat jarayonida aqliy , axloqiy , estetik tarbiya va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi .Jismoniy madaniyat nazariyasi ijtimoiy , tabiiy va pedagogik fanlar bilan bog’liqdir . Jismoniy madaniyat nazariyasi g’oyaviy asosiy shaxs haqidagi falsafiy ta’limot hisoblandi . Jismoniy madaniyat nazariyasining ilmiy –tabiiy asoslari anatomiya , fiziologiya gigiyena , bioximiya , biomexanika va boshqa fanlar bilan majmuasidan tarkib topgan. Tabiiy fanlar sohasida erishgan yangi yutuqlar jismoniy tarbiya nazariyasi tomonidan jismoniy mashqlarni o’rganish usulari , vositalari tanlashni asoslash qo’yigan vazifalarni hal etishning samarali yo’lari ishlab chiqishda foydalanadi. Biomexanika harakat texnikasini tadqiqot qila borib , uni bajarishni baholashga xatolarini yo’qotish yo’llarini belgilash hamda harakat malakalarini shakllantishida eng yaxshi natijalarga erishishga yordam beradi .Biomexanika tomonidan jismoniy mashq bajarish ta’sirida kishi organizminida jumladan , muskullarda bo’ladigan ximiyaviy jarayonlar o’rganish natijasida olgan ma’lumotlar ularni o’tkazish metodikasini takomillashtirish yordam beradi . Tabiiy fanlar asosida erishilgan yangiliklar jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy mashqlarga o’rganishning vosita va usullarni tanlash uchun.
O‘quvchi faoliyatini uzluksiz-ulab tashkillash usuliyati. Mashqni bajarish navbatini tushuntirishlarsiz, uslubiy kursatmalarni harakatni bajarish ritmiga moslab, xatolarni tuzatish uchun guruhni to‘xtatmay, yukori zichlikka erishish maqsadida harakat faoliyatini to‘la bajarish tarzida namoyon bo‘ladi. Bu uslubiyatning afzalligi yuklama me’yorini, uni hajmini, intensivligini guruhdagi barcha o‘quvchi uchun (jismoniy tayyorgarligidan qat’iy nazar) bir xilda bo‘lishligiga erishishdir. Bu bilan sinf, guruh o‘quvchilari umumiy jismoniy tayyorgarligini baholash, ayniqsa, o‘quvchilarning o‘zlari uchun tengdoshlariga nisbatan o‘z harakat imkoniyatlari darajasini taqkoslash, solishtirish imkoniyati yaratiladi. Asosan darsning tayyorlov, yakunlov qismlari hamda yangi materialni o‘zlashtirish boshlangan darsning asosiy kismida ko‘nroq foydalaniladi.
O‘quv guruhi (sinf)ni guruhlarga ajratish usuliyatining mazmuni jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligi, darsda qo‘yilgan vazifalarni turli-tumanligi, uni ha1 qilish uchun lozim bo‘lgan jihozlarni hisobga olish bilan, ko‘p sonli o‘quvchilar guruhini mayda, kichik guruhlarga ajratishdir. U uslubiyatdan asosan darsning asosiy kismida foydalaniladi. O‘kuvchi faoliyatini tashkillash, guruhchalarga ajratish uslubiyati ta’lim jarayonida jismoniy rivojlanganligi, jismoniy tayyorgarligini hisobga olib shug‘ullanish imkoniyatini yaratadi. Bu o‘z navbatida o‘kitish jarayoninikuchiga yarasha, jismoniy imkoniyatini hisobga olishdek afzalliklarni vujudga keltiradi va ta’lim jarayoni uchun sarflanayotgan vaqtni tejaydi. Har bir guruh o‘qituvchi topshirig‘i bilan mustaqil, alohida vazifani hal kilishga yo‘naltiriladi. Bu uslubiyat har bir guruh uchun rahbarlik vazifasini bajara oladigan, oldindan tayyorlangan, mavzuni texnikasidan xabardor, guruhcha faolini tayyorlashni o‘qituvchi zimmasiga yuklaydi.




    1. Download 308.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling