Jizzax davlat pedagogika instituti
Metallarning korroziyalanishi
Download 1.16 Mb.
|
8629 Elektrokimyo qo`lllanma
Metallarning korroziyalanishi. Metallning tevarak-atrofidagi muhit bilan ximiyaviy yoki elektroximiyaviy ta’siri natijasida yemirilishi korroziya deyiladi. Metallga quruq gazlar, masalan, kislorod, sulfat angidrid, HCl, H2S va boshqa gazlar ta’sir etganda u ximiyaviy korroziyalanadi. Ko’pincha metallarning yemirilishiga elektroximiyaviy korroziya sabab bo’ladi, bunday korroziya metallarning nam havo yoki elektrolit eritmasi bilan o’zaro ta’siri natijasida sodir bo’ladi va bunda shu joyning o’zida elektr toki paydo bo’ladi.
Texnikada ishlatiladigan metallarga hamma vaqt boshqa metallar aralashgan bo’ladi. Shuning uchun metallar elektrolit eritmasiga tekkanda uzluksiz ishlaydigan galvanik element hosil bo’ladi, bunda aktivroq metal yemiriladi. Metall havoda ayniqsa ko’p korroziyalanadi. Masalan, nam havodagi temir bilan mis bir-biriga tegib turganda galvanik element vujudga keladi, bunda temir anod, mis esa katod vazifasini o'taydi. Bunday galvanik element ishlaganda temir oksidlanadi, yemiriladi, chunki u o’zining elektronlarini to’xtovsiz ravishda misga berib, o’zi Fe2+ ionlarga aylanadi. Fe0 –2e = Fe2+ Metallarnin tashqi muhit bilan kimyoviy va elektrokimyoviy o’zaro ta’sirlashuvi natijasida o’z – o’zidan yemirilish va termodinamik barqaror birikmalargga aylanishi (oksidlar, gidrooksidlar, tuzlar) jarayoniga korroziya deyiladi. Jarayonni mexanizmiga qarab metallarni kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyaga ajratiladi. Kimyoviy korroziya xolatida metal va metallmas orasida boradigan oddiy geterogen kimyoviy reaksiya boradi, maxsus metallarni yuqori temperaturada kislorod bilan oksidlanish, havoda alyuminiy yuzasini oksidlanishi, metallarni olringugurt va xlor bilan o’zaro ta’sirlashuvi. Elektrokimyoviy korroziyada korroziyalanish jarayoni elektrolit eritmalarida boradi va oksidlanish – qaytarilish elektrokimyoviy yo’l bilan amalga oshiriladi. Elektrokimyoviy korroziya tezligi kimyoviy korroziya tezligidan farqli o’laroq korroziyalanuvchi metallarning potensiyaliga bog’liq. Ko’pchilik metallarning elektrod potensiali vodorod elektrod potensialidan manfiyroqdir.
Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling