Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Mahallada xalq milliy o’yinlari qadriyatlarimiz timsoli


Download 300.05 Kb.
bet11/43
Sana15.02.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1200754
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil

2.Mahallada xalq milliy o’yinlari qadriyatlarimiz timsoli.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 735-sonli qarorida qayd etilgan muhim vazifalarni amalga oshirish maqsadida mahallalarda milliy o‘yinlar vositasida ijtimoiy faollikni oshirish, mahalla bolalari orasida milliy qadriyatlarimiz, milliy o‘yinlar va shaxs ijtimoiylashuviga ushbu o‘yinlarning ta’siri, hududlarda milliy o‘yinlarning tashkil etilishi nazariy va amaliy shart-sharoitlarini aniqlash lozim. Asosiy e’tibor o‘zbek mahallalarida milliy o‘yinlar mazmuni va tashkil etish metodikasi samaradorligini tekshirish, aniqlash imkonini beradigan metodikalarni tatbiq etish.
Mahallangizda milliy xalq o‘yinlari tashkil etiladimi? Milliy xalq o‘yinlari qaysi paytlarda o‘tkazilishi kerak deb hisoblaysiz? Mahallangizda milliy xalq o‘yinlari tashkil etish uchun sharoit mavjudmi? va boshqa shu kabi qator savolnomalar asosida o‘rganish. Mahallalarda milliy o‘yinlar vositasida ijtimoiy faollikni oshirishning nazariy va amaliy masalalari, pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish masalalari M.Abrorov, S.Bulatov, O.Bo‘riyev, I.Jabborov, T.Javliyev, M.Inomova, Y.Ovlyakuliyev, N.Ortiqov, Q.Tohir, O.Usmonov, A.Madrahimov, I.Xayrullayev, M.Quronov, D.Ro‘ziyevalarning ishlarida xalq og‘zaki ijodi namunalari, milliy urf-odat, marosim va an’analarning mohiyati, ularda ilgari surilgan g‘oyalar, milliy madaniyat asoslari hamda ularning shaxs ma’naviyatini shakllantirishdagi o‘rni va roli ochib berilgan. Mahallalarda milliy o‘yinlar bolalarning jismonan va ruhan sog‘lom etib tarbiyalash, mahalla bolalarida xalqimizga xos bag‘rikenglik, jamoaviylik, jipslik tamoyillarini qaror toptirishga ko‘maklashadi.
Mahallalardagi milliy o‘yinlarni tashkil etish milliy qadriyatlar tarkibidagi xalqning eng sevimli ma’naviy tadbirlaridan biridir. Kurash, ko‘pkari (uloq), “Oq terakmi, ko‘k terak”, “G‘ozlar va oqqushlar”, “Kuchlilar va chaqqonlar”, “Arqon tortish”, “Quvlashmachoq” “Durra”, “Otib qochar”, “Uchtalik to‘ptosh”, “Xakkalakam sharti”, “Otambaqala-Qoqbosh”, “Ikki tosh”, “Yong‘oq urish”, “Beshtosh” kabi o‘yinlar vositasida shaxs ijtimoiy faolligi oshiriladi. Yurtimizda xalq milliy o‘yinlarini o‘rganish va ularni qayta tiklash bilan yoshlarning ma’naviy va jismoniy kamolotini tarbiyalashda ulardan maqsadli foydalanish amalga oshirib kelinmoqda.
Yoshlar orasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish ularning ijtimoiy faolligini oshirishda, eng avvalo, yoshlar orasida ma’naviy va jismoniy kamolotni qaror toptirish darkor.
Bu boradagi yetarlicha bilim va tajribaga ega, milliy o‘yinlar va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi yoshlar jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran bo‘lib rivojlanadilar.
Lekin, bugungi yoshlar milliy o‘yinlar o‘ynaydimi? Afsuski, o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida ko‘proq mobil telefonda o‘yinlar o‘ynashni tanlaganlar.
Sxema bor

Yuqoridagi jadvallardan ko‘rinib turibdiki, boshqa viloyatlarga solishtirganda Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona, Xorazm, Jizzax viloyatlarida mobil telefondagi o‘yinlar o‘ynaydigan yoshlar soni ko‘pchilikni tashkil etishi aniqlandi. Bu kabi, mobil telefonda va kompyuter o‘yinlari mahallada yashovchi yoshlarning tarbiyasini izdan chiqarayotgan holatlari ham bo‘ladiki, bu esa tajovuzkorlik kabi salbiy ta’sirlar bilan namoyon bo‘lmoqda. Bu kabi mobil telefon va kompyuter o‘yinlari o‘rniga milliy harakatli o‘yinlar o‘ynashsa, ularning bo‘sh vaqtlari mazmunli va sog‘lig‘iga ham foydali bo‘ladi. Bu borada milliy o‘yinlar oilada, mahallada kichik yoshdan boshlab jismoniy, aqliy va axloqiy tarbiyaning muhim vositasi sifatida qaralib, keng targ‘ibot ishlarini, amalga oshirish lozim.


“Arg‘imchoq”, “Tortishmachoq”, “Oq terakmi ko‘k terak”, “Bekinmachoq” va shunga o‘xshash o‘yinlar yoshlikdan otalikka, onalikka, mehnatga, hayotga tayyorlov vositasidir.
Shunday ekan, yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalashda mahallalarda milliy xalq o‘yinlarini keng tatbiq etish orqali yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga erishiladi. Ularda mehr-oqibat, chidamlilik, zukkolik, chaqqonlik va shu kabi qator fazilatlar o‘yinlar orqali rivojlantirishga erishilishi qadimdan ma’lum. Asrlar osha avlod-ajdodlarimiz milliy o‘yinlarni o‘ynashgan va e’zozlashgan. Mahallada yoshi ulug‘ ota-onalar tajribasini yosh avlodga o‘rgatishning o‘zida ham tarbiyaviy jarayonga benihoya ta’sir etadi. “Ajdodlarimiz o‘z o‘yinlarida ovchilik, urush, dehqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Ba’zi hollarda esa o‘yin mehnat qilish istagi orqali yuzaga keladi. Ayrim hollarda o‘z o‘yinida oldin kattalar mehnatiga taqlid qiladi, keyinchalik ularning mehnatida qatnashadi. Psixologlar o‘yinni bog‘cha yoshi davridagi yetakchi faoliyat deb hisoblaydilar. O‘yin tufayli bolaning yuqori rivojlanish bosqichiga o‘tishini ta’minlovchi sifatlar shakllanishini, ruhiyatda sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lishini e’tirof etadilar”87.
Mahallada, oilada bolalarning turli salbiy muhit ta’sirida qolmasligi uchun bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish uchun xalq milliy o‘yinlarining turli usullarini faol tatbiq etish zarur.
Sxema bor
Xalqimiz orasida, mahallalarda har bir faslga mos milliy o‘yinlar mavjud bo‘lib ular qadimdan o‘ynalib kelingan. O‘zbek milliy o‘yinlari hayotiyligi, har tomondan puxta o‘ylab yaratilganligi uchun ham katta-yu kichik va hatto xotin-qizlar tomonidan sevib o‘ynalgan. Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini qiyinchiliklar oldida dovdiramaslik, o‘z-o‘zini tahlil qilishga, qo‘rqmaslik ruhida tarbiyalab, uni yechishga o‘rgatganlar. Ko‘p yillar davomida yiqqan malakalariga tayanib, o‘z farzandlariga o‘yinlar orqali tarbiya berganlar va shuningdek, aqliy o‘yinlardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatganlar.
Mehnatkash xalqimiz og‘ir mehnatdan keyin kishilar mahallada bir joyga to‘planib turli milliy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lganlar, madaniy hordiq chiqargan, dam olgan. Bu o‘yinlar orqali ular kayfiyatlarini ko‘targan, tetiklashib kuch to‘plab olgan. Fasllarga mos bo‘lgan o‘yinlarni butun-butun qishloqlar o‘ynab, o‘zlarini shod etishga harakat qilganlar. Bu o‘yinlar katta bayramlarga ulanib, o‘yinlarning rivojlanishiga katta yo‘l ochib bergan.
Mahalla milliy o‘yinlarning keng rivojlantirish aholining sog‘lomlashtirish maskani bo‘lib, milliy o‘yinlar qadim-qadimdan milliy qadriyatlarimiz timsoli ularni rivojlantirishda aynan mahalla yoshlarining kundalik hayotida o‘z aksini topgan. To‘g‘ri, bugungi kunda mahallalar o‘rtasida milliy o‘yinlar turli sayllar, tadbirlar doirasida o‘tkazilib, musobaqalar tashkil etilmoqda. Mahalla yig‘inlarida targ‘ibot ishlari olib borilib mahalla yoshlari milliy o‘yinlarni sevib o‘ynamoqda. Bu o‘yinlarning nomini, qoidalarini yaxshi bilmaslik holatlari ham mavjud. Bu uzoq yillik tarixga ega milliy o‘yinlar yoshlarni barkamol etib tarbiyalashda asosiy vazifani o‘tagan. Milliy o‘yinlar yoshga ko‘ra, hududlarga ko‘ra farqlanib har bir hudud sharoitiga moslashgan bo‘lib, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashib kelmoqda. Mahallada bunday milliy o‘yinlarni tashkil etish orqali oila va ijtimoiy muhitda shaxsni tarbiyalash o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati, etnografiyasi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlari o‘rganishning manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Mahallada yoshlikdan milliy o‘yinlarni tashkil etilishi shaxs rivojlanishiga bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ishtirok etayotgan yoshlar o‘z tengdosh va tengdoshlari jamoasi bilan, aynan, mahallada yig‘iladi. Yutuq va muammolarini o‘rtoqlashadi.
Tadqiqotlarimizda kuzatishimiz jarayonida, mahallada milliy o‘yinlarni o‘ynab ulg‘aygan o‘g‘il, qizlar va ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilib ko‘chada milliy o‘yinlarni o‘ynamagan o‘g‘il va qizlarning fe’l-atvorida, dunyoqarashida, ma’naviy-axloqiy qarashlarida sezilarli farq bor. “Mahallalarda milliy xalq o‘yinlariga oid musobaqalar, bellashuvlar o‘tkazilishi, ularda g‘olib bo‘lgan yoshlarni munosib rag‘batlantirish tadbirlari amalga oshirilishi lozim. Masalan, mahallada milliy kurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazilsa va g‘olib o‘quvchilarga “yosh polvonlar” nomi berilsa, bu ularning kelajakda xalq orasida nomdor polvonlar bo‘lib yetishishida muhim omil bo‘ladi”88.
Demak, yoshlar ijtimoiy hayotda ma’naviy va jismoniy sog‘lom bo‘lishga intilish va milliy o‘yinlar o‘rni muhim ekanligini anglashi darkor. Qolaversa, mahallalarda milliy o‘yinlar vositasida ijtimoiy faollikni oshirishning ilmiy o‘rganish faolligini oshirish va ular orasida milliy o‘yinlarni rivojlantirish targ‘ib qilishga e’tiborni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda.
Mahallalarda milliy o‘yinlardan foydalanish orqali yoshlarning hayotga bo‘lgan qiziqishlari ortadi, ijodkorlik, yaratishga nisbatan rag‘bat kuchaytirish maqsadida:
– mahallada milliy o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha dasturni yaratish;
– fuqorolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kurslari uchun multimediya materiallarini tayyorlashni targ‘ib qilish; – fuqorolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish o‘quv kurslari uchun
“Mahallalarda milliy o‘yinlar vositasida ijtimoiy faollikni oshirish” mavzusida uslubiy materiallar tayyorlash;
– turli hududlardagi mahallalarda milliy o‘yinlarni o‘tkazish va qiyosiy tahlil qilish, ijobiy tomonlariga urg‘u bergan holda milliy o‘yinlarni o‘tkazishni ommalashtirish. Hududlar bo‘yicha mahallalarda milliy o‘yinlar va uning shaxs ijtimoiylashuviga ta’sirini rivojlantirish.

Download 300.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling