Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Xalq an'analari yoshlar ma'naviyatini shakllantiruvchi vosita sifatida


Download 300.05 Kb.
bet19/43
Sana15.02.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1200754
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43
Bog'liq
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil

2. Xalq an'analari yoshlar ma'naviyatini shakllantiruvchi vosita sifatida.
Xalq pedagogikasida yoshlar ma‘naviyatini shakllantirish uchun turli xil usul va vositalar mavjud. Milliy urf-odatlar, an‘analar, hasharlar, to‘y-marakalar, sayillar, tug‘ilgan kun, turli bolalar o‘yinlari, ijodkorlik namunalari, sport musobaqalari yoshlar tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etishda asosiy omillar sanalsa, milliy o‘yinlar, qo‘shiqlar, raqslar va ularda ilgari surilgan g‘oyalar ham muhim ahamiyatga ega. Bu qadriyatlar talabalar ma‘naviyatini shakllantirishda muhim manba hisoblanadi.
Har bir xalqning ijtimoiy madaniy hayotida azaliy an‘ana, urf-odat, marosim, bayramlar alohida o‘rin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o‘ziga hos hodisasi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbek xalqi ham dunyodagi eng qadimiy madaniy xalqlardan biri sifatida mana shunday xazinaga ega. Bu bilan biz haqli ravishda faxrlansak bo`ladi. O‘zbek xalqida dunyo tan berib kelayotgan ajoyib insoniy fazilatlar, nodir urf-odatlar mavjud.
O‘zbek xalqi urf-odatlari, an‘analari, hasharlari, to‘y-marakalari va marosimlari doirasiga kirib, turmushda ularning o‘zaro munosabatlarini anglab keladi. Binobarin, urf-odatlar, an‘analar, hasharlar, to‘y-ma`rakalar va marosimlar namoyon bo‘lish shakli sifatida ko‘zga tashlanadi.
Masalan: - to‘y, mehmon kutish, dafn qilish bilan bog‘liq marosimlar va urfodatlar o‘zaro umumiy jihatlari bilan ajralib turadi. Bunday marosimlar O‘rta Osiyodagi boshqa xalqlarda ham mavjud, lekin ular amalga oshirilishi jihatidan farqlanadi.
Fikrimizni yanada aniqroq bo‘lishi uchun urf-odatlar, an‘analar, marosim, to‘ymarakalar kabi tushunchalarga izoh berib ularning o‘zaro farqini ko‘rib chiqamiz.
An‟ana- tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga kelgan, avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar ma‘naviy hayotiga ta‘sir ko‘rsatadigan madaniy hodisadir.
Urf-odat – kishilarning turmushiga singib ketgan, ma‘lum muddatda takrorlanib turuvchi hatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari ko‘nikmasidir.
Marosim – inson hayotida muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko‘tarinkilik vaziyatida o‘tadigan, umum qabul qilingan, tartib qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi.
Bayram – biror bir hodisa, voqea, soni ko‘pchilik bo‘lib, ko‘tarinki ruhda, xursandchilik bilan nishonlash.
Bayram har bir xalqning o‘ziga hos qadriyatlarini aks ettiradigan ko‘zgu sanaladi. Biz o‘zbeklarda ham boshqa xalqlar singari go‘zal va takrorlanmas bayramlarimiz ko‘p. Ular necha-necha asrlar davomida nishonlanib kelinmoqda. Ko‘p ming yillik tarixga ega shunday bayramlardan biri ―Navro‘z‖ bayrami alohida ahamiyatga ega. Navro‘z ―nav‖-yangi, ―ro‘z‖- kun, ya‘ni – ―Yangi kun‖ degan ma‘noni anglatadi.

Download 300.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling