Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Jismoniy tarbiya va sport ishlarini milliy qadriyatlar asosida tashkil etish


Download 300.05 Kb.
bet27/43
Sana15.02.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1200754
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil

Jismoniy tarbiya va sport ishlarini milliy qadriyatlar asosida tashkil etish.
Adabiyotlar tahlili hamda shaxsiy kuzatishlarimiz asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan jismoniy tarbiya va sport tadbirlari, maktabdagi jismoniy tarbiya darslari, dars va sinfdan tashqari jismoniy tarbiya tadbirlari, hamda maqtabdan tashqari jismoniy tarbiya ishlari jarayonida olib borilishi aniqlandi.
O‘quvchilar jismoniy tarbiyasini amalga oshirish yo‘nalishlarining o‘zi ham shakl va mazmuniga ko‘ra yoki ko‘plab turlarga bo‘linib ketadi. Shu nuqtai nazardan tadbirlar jarayonida o‘quvchilarga bir qator milliy qadriyatlarni singdirishni yanada takomillashtirishning ilmiy-uslubiy jihatdan asoslab berish maqsad qilib olindi.
1. Harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari – dars jarayoni boshlanishidan oldin o‘tkaziladigan gimnastika, darsning turli etaplarida amalga oshiriladigan jismoniy tarbiya daqiqalari, uzaytirilgan tanaffuslardagi dinamik pauzalar, ko‘ngilochar harakatli o‘yinlar.
2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan olib boriladigan sinfdan tashqari jismoniy mashg‘ulot shakllari – turli sport turlariga yщnaltirilgan sport to‘garaklari, fakultativ kurslar, o‘quvchilarning xoxishlari va qiziqishlarini hisobga olgan tashkil etilgan to‘garaklar
3. Umumiy maktab tadbirlariturli bayramlarda, sport turlari bo‘yicha musobaqalarda, viktorinalar va spartakiadalarda t ashkil etiladi.
4. Maktabdan tashqari mashg‘ulotlar - BO‘SMdagi sport to‘garaklari, oilada amalga oshiriladigan jismoniy tarbiya shakllari, turli hududlar, mahallalarda tashkil etiladigan tadbirlardagi mashg‘ulotlarda ishtirok etish tarzida amalga oshiriladi.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar
Darsgacha gimnastika mashqlarining maqsadi - o‘quvchilarni aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida o‘quv faoliyatiga tayyorlash hamda organizmdagi noxush holatlarning oldini olish, uzoq muddat harakatsizlik holatida bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik. Kompleks mashqlar unchalik qiyin bo‘lmagan 5-6 ta mashqlardan iborat bo‘lib, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan berilgan topshiriq asosida ochiq havoda belgilangan tartib-qoida asosida o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya daqiqalarining maqsadi – bolalarning xordiq chiqarishi, o‘quvchilarning faol ish qobiliyatlarini oshirishdan iborat. Bu daqiqalar doimiy ravishda turli fanlarni o‘qitish jarayonida sinfda o‘tkaziladi. Jismoniy tarbiya daqiqalarining majmuasi 3-5 mashqdan iborat bo‘lib, 2-4 daqiqa davomida fan o‘qituvchisi rahbarligida olib boriladi.
Tanaffuslar vaqtida o‘tkaziladigan o‘yinlarning maqsadi - o‘quvchilar sog‘ligini mustahkamlash va faol dam olishini ta’minlash, chiniqish, jismoniy va aqliy ish qobiliyatlarini oshirish, taklif etilgan mashqlarni bajarishni muntazam ravishda ma’lum odatga aylantirishdan iboratdir.
Ushbu o‘yinlar toza havoda, katta tanaffus vaqtida tashkil etiladi. Har-xil harakatli o‘yinlar qatoriga unchalik murakkab bo‘lmagan o‘yinlar ham kiritiladi. O‘yinlar jismoniy tarbiya o‘qituvchisi yoki sport yo‘riqchisi boshchiligida yoki navbatchi o‘qituvchilar nazoratida tashkil etiladi.
Sport turlariga oid qo‘shimcha tashkil etilgan guruhda sport soati - Uning maqsadi - o‘quvchilar sog‘ligini mustahkamlash, jismoniy va aqliy zo‘riqishlarning oldini olishga yo‘naltiriladi. Mashg‘ulotlar qiyinchilik tug‘dirmaydigan, o‘quvchilarda shaxsiy motivatsiya hosil qilishga yo‘naltirilgan oddiy usullardan foydalangan holda tashkil tiladi va bir vaqtning o‘zida uyga berilgan topshiriqlar ham bajariladi. Ushbu mashg‘ulotlarni tashkil etishda sport mutaxassislari, jismoniy tarbiya faollari hamda ota-onalar jalb qilinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Download 300.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling