Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
Download 300.05 Kb.
|
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekskursiya
- Umummaktab tadbirlari.
Sayrlar – imkoniyat doirasida harakatli o‘yinlarni bolalarning o‘zlari tanlaganlari ma’qul, shunda sshbs o‘yinlarni o‘tkazish mazmuni, o‘tish joyi aniq belgilanadi. Mashg‘ulot uchun belgilangan topshiriqlarni bajarish bilan bolalarning sayrga chiqishlari har xil qishloq xo‘jalik ishlarini (futbol maydonini tozalash, daraxtlar o‘tkazish, sport maydonchalarini jixozlash va boshqalar) bajarish bilan birga amalga oshiriladi. Sport sayrlari o‘z navbatida yugurish, uloqtirish sakrash va boshqa oddiy musobaqalarni o‘z ichiga oladi.
Ekskursiya – sayr tomoshani va ma’lum ob’ektini bilib olishdan iborat bo‘ladi. Ekskursiyalar sinfdan tashqari ish shakli sifatida jismoniy tarbiyaning sinfdan va maktabdan tashqari o‘quv shakli mazmunini ifodalaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini, ba’zi sport turlarini, jismoniy tarbiyaga oid bayramlarni, sport musobaqalarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishlarini o‘zida qamrab oladi. Umummaktab tadbirlari. Sport musobaqalari. Maktab musobaqalarining o‘tkazilishi - maktab kengashi tomonidan tasdiqlangan va ishlab chiqilgan ommaviy sport tadbirlarining tavqimiy ish rejasiga muvofiq va maktab rahbarlarining nazoratida asosida amalga oshiriladi. Avvalo, "Umid nihollari" musobaqasida qatnashish va "Alpomish", "Barchinoy" testlarini o‘tkazish. Maktabning ichki musobaqalari sinflararo, sinf guruhlararo o‘tkaziladi. Bundan tashqari musobaqalar shaxsiy birinchilik uchun ham o‘tkaziladi («Yuguruvchi kuni», «Sakrovchi kuni» va boshqalar). Maktab birinchiligi uchun sinflararo musobaqalar, spartakiada shaklida ham o‘tkaziladi. Musobaqalar o‘quvchilarinng yoshiga qarab turli sinflarda: «O‘qituvchilar va murabbiylar kuni», «Mustaqillik» va «Navro‘z» bayramlariga bag‘ishlab o‘tkazilishi mumkin. Shunday musobaqalarni tegishli va ommaviy sport turlari bo‘yicha tuman yoki viloyatdagi maktablar o‘rtasida amalga oshirish maqsadga muvofiq. Hududiy musobaqalarga qatnashish maqsadida maktablardan tuzilgan terma jamoalar yuqori tayyorgarlik asosida o‘zlarining ta’lim muassasalari, tumanlari va viloyatlari sharafini himoya qiladilar. Jismoniy tarbiyani amalga oshirishga qaratilgan sport to‘garaklarining asosiy maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini rivojlantirish, hamda turli tarbiya turlarini o‘zaro uyg‘unlikda amalga oshirishdan iboratdir. Bu guruhlarga asosan maktabning boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari jalb qilinadi. Shuningdek, maxsus tayyorgarlikka ega va tibbiy guruhlarga ajratilgan o‘quvchilar taklif qilinadi. Mashg‘ulotlar xaftasiga ikki marta 45-60 daqiqadan o‘tkaziladi. Umumiy rahbarlik jismoniy tarbiya o‘qituvchisi nazorati ostida amalga oshiradi. Download 300.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling