Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Download 300.05 Kb.
bet28/43
Sana15.02.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1200754
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Bog'liq
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil

Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar.
Sinfdan tashqari jismoniy mashg‘ulotlarni tashkil etishga qaratilgan tadbirlar va bu ishlarning maqsadi hamda vazifalari O‘zbekiston Respublikasining Xalq ta’limi vazirligi tomonidan qabul qilingan va tasdiqlangan uslubiy ko‘rsatma-yo‘riqnomalar, me’yoriy-normativ hujjatlar hamda tegishli qarorlar bilan muvofiqlashtirilgan.
Boshlang‘ich sinflar uchun tashkil etiladigan jismoniy tarbiyaning umumiy tarkibiy qismini tashkillovchi, o‘quv ishlarini to‘ldiruvchi va unga bo‘ysundirilgan mashg‘ulot shakllari o‘quvchilar jismoniy tarbiya jarayonini zurur hayotiy bilimlar, tegishli harakat malakalari, va ko‘nikmalari bilan qurollantiradi.
Bu faoliyatning ahamiyatli tomoni shundaki, mashg‘ulotlar va tadbirlar o‘quvchilarning xohish-istagi, qiziqishlariga tayanib va ko‘ngilli ravishda, ularning xohishlari asosida tuziladi va boshqaruv ularning ixtiyoriga beriladi. O‘z navbatida bu jarayon o‘quvchi-yoshlarda shaxsiy tashabbus ko‘rsatish, qobiliyatlari va iste’dodini namoyon qilish, fikr-mulohazalarini jamoaga yetkazib bilish, guruh yoki jamoaning fikri bilan hisoblashish, kerak bo‘lgan taqdirda unga bo‘ysunish hamda jamoaning jamoatchilik asosidagi o‘zi xohlagan yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatish, guruhi yoki jamoasi, maktabi, tumani, shahri, viloyati, kerak bo‘lsa Vatan sharafi uchun kurashish, himoya qilish kabi hissiyotlarni yuzaga keltiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun sinfdan tashqari tashkil etiladigan ishlar quyidagilardan iborat.
1.Sport, ko‘ngil ochish tadbirlari.
2.Sport to‘garaklari.
3.Bayramlar
4.Musobaqalar.
5.Quvnoq startlar.
6. Uchrashuvlar.
7.Salomatlik kuni.
11.Maktab sport to‘garaklari.
Umumiy ta’lim maktablari o‘quvchilarining sport mahoratini oshirish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyasini amalga oshirish maqsadida sport to‘garaklari tashkil etiladi. Sport to‘garaklari o‘quvchilarning maktabdan tashqari sport muassasalarida shug‘ullanishni imkoniyati bo‘lmagan, sportning u yoki bu turida shug‘ullanishga nisbatan qobiliyatli o‘quvchilar uchun tashkil qilindi. To‘garakni tuzishda shu to‘garak uchun maktabdagi sharoit, uni tashkil qilish va olib borish uchun mutaxassis o‘qituvchi - murabbiylarning mavjudligi hisobga olinadi.
Umumiy rahbarlik albatta maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchilari zimmasiga yuklatiladi. Zaruriyat tug‘ilganda, o‘quvchilar bilan shug‘ullanishda jamoatchi murabbiylar, ota-onalar maktabning sport to‘garaklari mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun jalb qilinishi mumkin.
Maktab jismoniy tarbiya o‘qituvchilari o‘zlarining sport tayyorgarligi imkoniyatlaridan kelib chiqib, to‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazadilar. Ayrim holatlarda maktabda ota-onalar bilan kelishilgan holda pulli sport to‘garaklarini tashkil yetishga ruxsat etiladi. Maktabdagi sport to‘garaklarining umumiy soni maktab pedagogika jamoasi kengashi va uning raisi maktab direktori tomonidan hal qilinadi. Shuningdek boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga “Alpomish” va “Barchinoy” test me’yorlari haqida ma’lumotlar berilib boriladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari “Alpomish” va “Barchinoy” test me’yorlarini belgilangan mezon asosida topshiradi. Aholining jismoniy tayyorgarligini aniqlash maqsadiga qaratilgan testlar egiluvchanlik, tezkorlik, kuch, chidamlilik va chaqqonlikni aks ettiruvchi sinov turlarini o‘z ichiga oladi.

Download 300.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling