Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda xizmat qiluvchi o‘yinlar
Download 300.05 Kb.
|
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tezlikka doir o‘yinlar
- Egiluvchanlikka oid o‘yinlar
Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda xizmat qiluvchi o‘yinlar ham har xil turkumlarga bo‘linadi. Ularga quyidagilarni namuna qilib ko‘rsatsa bo‘ladi, ya’ni:
Kuchga doir o‘yinlar: “Oq suyak”, “Chillik”, “Yelkada ko‘pkari”, “Eshak mindi”, “Arqon tortishish”, “Bilak kuchini sinash”, “Qo‘llarda tortinish” va boshqalar. Tezlikka doir o‘yinlar: “Qopqon”, “Kim oldin”, “Insiz quyon”, “To‘rt oyoqlab yugurish” (emaklab yugurish), “Hakkalagan qushchalar”, “Uchinchisi ortiqcha”, turli estafetalar va boshqalar. Chidamlilikka doir o‘yinlar: “Oq terakmi-ko‘k terak”, “Davradan chiqar”, “Olomon poyga”, “Dorboz”, “Oqsoq qarg‘a”, “Oshiq” (gardkam), “Qilichbozlar”, “Besh tosh”, “To‘qqiz tosh”, “Orqang kuydi”, “Bo‘ta soldi”, “Tortishmachoq”, “Ko‘z bog‘lash”, “Bekinmachoq”, “Kim keldi”, “Dorboz”, “Zuv-zuv” va hokazo. Egiluvchanlikka oid o‘yinlar: “Sandiqcham”, “Umbaloq oshish”, “Arg‘amchi uchish”, “Kurash”, “Tizza ostida ro‘molcha”, “Tayoqni davraga irg‘itish”, “To‘siqdan sakrab o‘tish”, “Besh tosh ”, “Qirq tosh” va boshqalar. Epchillika oid o‘yinlar: Almash qadamlar»,«Tiriltirishma», «Urdi‐qochdi», «Olacha tovuq», «Kim chaqqon», “Ro‘molcham”, “Bo‘ri zovurda”, “Hushyor soqchi”, “Kartoshka ekish”, “Bekinmachoq” va boshqalar. O‘yinlar orqali o‘quvchilarga jismoniy sifatlar rivojlantiriladi hamda milliy qadriyatlarga xos bo‘lgan tuyg‘ular singdirib boriladi. Masalan: “Arqon tortish” o‘yini, “Xo‘rozlar jangi”, “Oq terakmi, ko‘k terak”, “Quloq cho‘zma”, “Chavandozlar”, «Kun va tun» kabi o‘yinlarda bolalar teng ikkiga bo‘linib jamoa bo‘lib o‘ynaydi. Ularning kuchlari, deyarli teng bo‘lishi lozim. Jamoaviy o‘yinlarda albatta bir jamoagina g‘alaba qozonadi, mag‘lub bo‘lgan guruxlar esa albatta kelgusi o‘yinda g‘olib bo‘lishini ishonch bilan, sabrlilik bilan kutishadi. Bu o‘yinlarda bolalar kuchini sinab ko‘rib, o‘z imkoniyatlarini namoyon qiladilar. Asosiysi ularda ahillik, jamoaviylik, andishalik, mardlik, matonatlilik, sabrlilik, o‘ziga-o‘zi va jamoasiga ishonch kabi insoniy xis-tuyg‘ular singdirilib boriladi. Yuqorida nomlari keltirilgan murakkab va oddiy xalq milliy o‘yinlari barcha yoshdagilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalash bilan birgalikda insoniy fazilatlarni ham shakllantirish va ularni yanada takomillashtirishda bevosita xizmat qiladi. Bolalarga xos bo‘lgan epchillik, ixchamlik, abjirlik, uddaburonlik, qayishqoqlik kabi xususiyatlarni rivojlantirishda faqat jismoniy tarbiya darslaridagi harakatli o‘yinlar bilan chegaralanib qolmaslik lozim. Ularning bo‘sh vaqtlarida hovli, ko‘cha, maydonlarda erkin ravishda shug‘ullanishlari va bunda sport o‘yinlari, gimnastika, yengil atletika, kurash kabi sport turlarining qismlari (elementlari) bilan shug‘ullanishlarini ham ta’minlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Tarbiya oldindan ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, bolaning ulg‘ayishida muhim ahamiyatga egadir. Jamiyatdagi tajribani o‘zlashtirishda hal qiluvchi holat bolaning o‘ziga, uning faolligi, tashqi muhit bilan o‘zaro munosabat doirasiga bog‘liq. Shuning uchun o‘yin - bu ijodiy faollikni improvizatsion ya’ni tayyorgarliksiz holatida erkin namoyon qilishdir. O‘zbek xalq o‘yinlari mazmunan g‘oyatda boy, shaklan xilma-xil bo‘lib, muayyan ijtimoiy tavsifga ega. Xalq o‘yinlari: – o‘quvchilarni jismonan, ruhan sog‘lom etib tarbiyalaydi; – o‘quvchilar jamoalarida xalqimizga xos bag‘rikenglik, jamoaviylik, jipslik tamoyillarini qaror toptiradi; – ta’lim oluvchilarda harakatchanlik, yuqori kayfiyat, mashg‘ulotlarni izchil o‘zlashtirishga nisbatan ishtiyoq uyg‘otadi; – o‘quvchilarning xalqimiz tarixi, madaniyati va ko‘hna qadriyatlariga oid bilim malakalarini yanada oshiradi, bu orqali ularning qalblarida faxr, iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi va h.k.z. O‘zbek xalq o‘yinlarining pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tahlil qilish, maxsus tadqiq etish va yosh avlod tarbiyasi amaliyotiga joriy etish, milliy qadriyatlarimiz, milliy merosimiz, madaniyatimiz hamda ma’naviy boyliklarimizni qadrlashda asosiy vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida emotsional holatni boshqarish va diqqatni faollashtirish uchun harakatli o‘yinlardan foydalanish juda yaxshi samara beradi. Charchash, diqqat turg‘unligi yoki bardoshlilikning buzilishining oldini olish maqsadida bir xil xarakterdagi mashqlardan yoki yuksak me’yorlardan kelib chiqib, mashg‘ulotlar tarkibiga harakatli o‘yinlar kiritish shug‘ullanuvchilar ish qobiliyatini me’yorlashtiradi. Texnik harakatni egallash jarayoni sifati, jismoniy xususiyatni tarbiyalash, bevosita bolalar kayfiyatiga, uni qiziqishiga bog‘liq. O‘yinchilarda salbiy hislar yuzaga kelishi mashg‘ulotning foydali ish koeffitsientini birmuncha pasaytiradi. Harakat tarkibi, ritmi va xarakteri bo‘yicha turlicha mashqni mushak faoliyatidan farqli, murakkab bo‘lmagan o‘yinning kiritilishi shug‘ullanuvchilarda ijobiy kayfiyat hosil qilishga xizmat qiladi. Bir faoliyat turidan ikkinchisiga o‘tishda, musobaqalashish pretmenti, o‘yinda harakatni erkin tanlash, faol dam olishdan keyin mashg‘ulotni jadal davom ettirish uchun “ikkinchi nafas” ochilishiga imkoniyat beradi. Mashg‘ulot jarayonida o‘yindan ongli tarzda foydalanish mashg‘ulot sikli davomida unga bo‘lgan qiziqishni saqlab qoladi. E’tiborni faollashtirish va kechinmalarni oshirish uchun qo‘llaniladigan o‘yinlar, odatda jismoniy zo‘riqish, nizolar yoki janjalsiz kechadi. Muhimi, mashg‘ulotga o‘yinni kiritish vaqtini to‘g‘ri aniqlashdan iborat. Ayrim hollarda yaxshi kayfiyatni saqlab qolish uchun o‘yinni mashg‘ulotning yakuniy qismiga yoki chigilyozdi mashqlariga qo‘shish mumkin. Biroq mashg‘ulot o‘rtasida rejalashtirilmagan o‘yin o‘tkazsa ham bo‘ladi.Shu maqsadda, quyidagi “Taqiqlangan harakat”, “Tik tur”, “Ikkita stul va arg‘amchi”, “Kun va tun”, “Qorovullar va qidiruvchilar”, “Uchinchisi ortiqcha”, “Qarmoqchi”, “Qal’a himoyasi”, “Bo‘sh o‘rin”, “To‘p qo‘shniga”, “Quvlashmachoq”, “Oq terakmi, ko‘k terak” o‘yinlar tavsiya qilish mumkin. Albatta, o‘yin materiallari to‘plamini chegaralab bo‘lmaydi, chunki ular shug‘ullanuvchilar diqqat e’tiborini bir joyga to‘plab, mashg‘ulotni tashkillashtirishga yordam beradi. Yuqorida nomi keltirilgan o‘yinlar muayyan vazifani ko‘proq hal etishga yo‘naltiriladi (his-tuyg‘usi, hayotiy faoliyatini, diqqat-e’tiborni faollashtiradi va h.k.). Har bir o‘yin ko‘p yoki oz shug‘ullanuvchilarga kompleks ta’sir ko‘rsatishini ham yodda tutish lozim. Ta’lim muassasalarida eng yaxshi va olijanob an’analar hamda urf - odatlar ruhida tarbiyalangan o‘quvchi - yoshlar o‘z - o‘zini anglashga, o‘zligini namoyon qilishga harakat qiladi. Bunday bolalarga shafqatsiz taqdirning zarbalariga ma’yuslik bilan bo‘yin egib turish yotdir. Ularda orqaga chekinishga xohish bo‘lmaydi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi sari ikkilanmasdan harakat qiladi hamda ular qiyinchiliklarga qapshi mardonavor kurasha oladilar. Qiyinchiliklarni va muammolarni yengib o‘tib, g‘alaba qozonishni ular o‘zlariga sharaf deb biladilar. Ana shunday o‘quvchi - yoshlarni yaxshilikka muhabbat, yomonlikka nafrat ruhida tarbiyalash samarali kechadi va ulardan o‘z oilasi ham, jamoasi ham. jamiyat va davlat ham foyda ko‘radi, chunki ular kelajakda ma’naviy barkamol shaxslar bo‘lib shakllanadi. Kuzatishlarimizdan shu narsa ayonki, atrofdagi voqelik yorqin, kishilarning xatti-xarakati, o‘zaro munosabatlari va faoliyati jihatdan tushunarli bo‘lsagina o‘yinni yuzaga keltiradi. Atrof-muhitdagi barcha murakkablikni avvalo bola o‘yinda bartaraf etadi. Bolalar o‘yinining mohiyati muayyan rolni bajarishdan iboratdir. O‘zbek xalq o‘yinlaridan foydalanish muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun o‘yin bolaning o‘z faoliyati ekanini, undagi tashabbuskorlikni va mustaqillikni saqlash hamda rag‘batlantirish zarurligini xisobga olish lozim. O‘zbek xalq o‘yinlarini o‘rganish tarbiya jarayonini uzluksiz yangilaydi, o‘kuvchilarda hayotiy vaziyatlarni yaxshi anglash qobiliyatini rivojlantiradi. Biz o‘zbek xalq o‘yinlariga jamiyatning butun ma’naviy madaniyati bilan tarkibli birgalikda bolalarni tarbiyalashning eng muhim vositalaridan biri sifatida qaraymiz. O‘zbek xalq o‘yinlarining tarbiyaviy axamiyati haqida gap borar ekan, shuni alohida ta’kidlash lozimki, ular eng avvalo bolalarda o‘z qishlog‘iga, shahriga, tabiatga, mamlakatimizda yashovchi barcha xalqlarga muhabbat ruxida tarbiyalaydi. Eng muhimi o‘zbek xalqining milliy madaniyati, o‘tmishdagi va hozirgi turmushiga, milliy an’analari hamda san’atiga muhabbat uyg‘otadi. Shuningdek, o‘yinlar o‘quvchilarni halollikkka, saxovatlilikka o‘rgatadi, kattalarning tajribasini bolalar va yoshlarga yetkazishning vositasi sifatida xizmat qiladi. O‘g‘il va qizlarda mehnatga ongli munosabatni shakllantiradi. Ularning kuchli, chaqqon, serharakat, ziyrak, topqir, o‘zaro hamkor bo‘lishlariga yordam beradi. Jismoniy tarbiya va sport mashqlari, xalq uyinlari inson tanasidagi barcha a’zolarni harakatlantiradi, inson tanasidagi anatomik, fiziologik, biomexanik, biokimyoviy xamda psixologik jarayonlarni takomillashtirishda bevosita xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya va sport mashqlari, xalq o‘yinlari inson salomatligini tiklash, yaxshilash bilan bir qatorda tezlik, chaqqonlik, kuchlilik, epchillik kabi jismoniy sifatlarni, irodalilik, intizomlilik, sabr-toqat, chidamlilik kabi axloqiy fazilatlarni ham tarbiyalaydi. Milliy o‘yinlar milliy qadriyatlarimizning tarkibiy qismi hisoblanib, ular orqali shaxsga xos bo‘lgan quyidagi ma’naviy-axloqiy fazilatlar shakllanadi. «Bayram» — turkcha so‘zdan olingan bolib, to‘y, marosim, xursandchilik degan ma’nolami bildiradi. Bayram so‘zining turli talqinlari bor. Bizningcha, falsafiy ensiklopediyada berilgan Bayram — insonlar xursandchiligining yig‘indisi»,—degan talqin eng tog‘risi deb hisoblanadi. Bayram ijtimoiy mahalliy hayotning eng muhim qismlaridan bo'lib, shodiyona, xursandchilikni vujudga keltiradigan voqealarni nishonlaydi. Ommaviy bayramlaming ommabopligi shundaki, birinchi navbatda, u amaliy namoyish etilganda, ijtimoiy- psixologik ildiziga ega ekanligi namoyon bo‘lib, sahnalashtirish jarayonida tasodifiy hoi va elementlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Ommaviy bayramlar ba’zi bir tashkilotchi yoki tashkilotning xohishiga qarab o‘tkazilmasdan, balki keng xalq ommasining bayramga bo‘lgan ma'naviy ehtiyoji tug‘ilganda o ‘tkazilsa, haqiqiy bayram tomoshasi yuzaga keladi. Mustaqillik g'oyalarini keng xalq ommasiga singdirish, ulardagi yuksak fuqarolik tushunchalarini tarbiyalashda om maviy bayramlaming tutgan o‘mi bcqiyosdir. Hech qaysi teatr, hatto eng kattasi ham ommaviy bayramlar insonga ta’sir qilgandek ko‘plab xalq ommasiga ta’sir qila olmaydi. Shuning uchun ham ommaviy bayramlar rejissyorining jam iyat oldidagi mas’uliyati juda ham katta. Ushbu damda insonlaming xoh shaharda bolsin, xoh qishloqda bo'lsin, bayramda qatnashishga, bir-birlari bilan muloqotda bolishga intilishlari katta ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, istiqlol nashidasini surayotgan mamlakatimizda, jamiyatimizdagi ma’naviy-siyosiy muhit barkamollashib shaxsning bo‘sh vaqtini unumli hordiq chiqarishini tog‘ri tashkil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Shuni aytib o‘tish joizki, ommaviy bayramlar tarixi, ayniqsa, O‘zbekiston bayramlari tarixining kelib chiqish genezisi, uning turlari to ‘liq o‘rganilmagan. Tarix shunday fanki, qanchalik chuqur o‘rgansak, shunchalik kam bilishimizga ishonchimiz komil boMadi. Ayniqsa, ommaviy bayramlar tarixi juda ham kam o‘rganilgan. Bu sohada birinchilardan bo‘lib faisafa fanlar doktori, professor U.X.Qoraboyev ilmiy izlanishlarida O‘zbekiston bayramlari fani rivojiga o‘zining katta hissasini qo'shdi. Uning « O‘zbekiston bayramlari», «O‘zbekiston bayramlari tarixi» kitoblarida bu mavzuga chuqur, ilmiy yondashilib, bayramlarning kelib chiqish tarixi to‘liq yoritishga harakat qilingan. Yaqin davrlargacha bayramlar tarixi umumiy san’at tarixi sifatida (adabiyot va teatr) o‘rganilib kelingan edi. Lekin ommaviy bayram va tomoshalar har bir tarixiy davrda tarbiya va m a’rifatning asosiy o‘giti sifatida yuqori o‘rinlardan birini egallab kelgan. Ommaviy bayramlar tarixi zarvaraqlariga qisqacha nazar solsak, o‘zining g‘oyaviy jihatdan kompozitsion butun bolgan qadimgi Yunoniston va Rim davridagi bayramlardan boshlasak bo‘ladi. Albatta, qadimgi Yunoniston va Rim bayramlarigacha ham insoniyat paydo bolganidan keyingi davrda bayramlar vujudga kelib, shakllangan. Lekin bu bayramlar o‘zining ma’naviy, intellektual darajasi, ifodaviy shakllari jihatidan primitiv xususiyatga ega bo‘lib, kompozitsion yaxlitlikka ega bo‘lmagan. Bayramlar hayotning eng yaxshi tomonlarini aks ettiradigan «ko‘zgu»dir. Bayram insonlaming estetik kechinmalariga ta’sir qilib, shaxsning ma’naviy dunyosini boyitadigan vositadir. Bayram va tomoshalarning asosini milliy qadriyatlarga bolgan hurmat, ehtirom egallab, insonlarga badiiylik, san’at orqali estetik zavq bag‘ishlashdek vazifalar ustuvor turadi. Bayram tashkilotchilari, ayniqsa, ssenariychi, rejissyor ishlatilayotgan materiallarning dolzarbligi, hujjatlar, faktlarning aniqligi va ularning badiiy uslublari yordamida sintezlash kabi vazifalar ulardan juda ham katta javobgarlikni talab qiladi. Bunday tadbirlar insonlaming ijtimoiy-psixologik talablariga javob berib, mayda guruhlardan ommaviylikka oktib, shaxslarníng ommaviy harakatídagi faolliklarini oshírib, bayramona dam olishdek sharoitni yaratishga turtki boMadi. Stadionlarda, maydonlarda, bog‘larda, ko‘chalarda o‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlar nafaqat ommaviy xattiharakatni yiizaga keltiradi, balki karnavallar, sayillar, festivallarda estetik zavq bag‘ishlab, tomoshalarning tomoshaviyligini oshirib. bayramona kayfiyatni vujudga keltiradi. Chunonchi, bayramlarda insoniar yangi, go‘zal kiyimlar kiyishadi, lazzatli taom lar tayyorlashadi, hamma ko‘tarinki kayfiyatda bo‘ladi. Bayram kuni yomonlar-yaxshi, xasislarsaxiy, xunuklar-go'zal boMadi. Bayramlarning afzalliklari haqida qancha gapirsak oz, u keng xalq ommasini o‘ziga jalb qilib, madaniy. m a’naviy ozuqa berib, hayotimizning barcha jabhalarini keng namoyish qiladi. O‘zbekiston bayramlarida an’anaviy xalq pedagogikasi kaita ahamiyatga ega bo‘lib, hozirgi kungacha bu an'analar bizga yetib kelgan. Ayniqsa, insonlardagi bir-birini e’zozlash, kattalarni hurmat qilish. ezgulikka intilish, go‘zallikni asrash, milliy qadriyatlami qadrlash, ilm-fanga intilish, vatanni sevish kabi chuqur falsafiy g‘oyalar ilgari surilib, tarbiyaning poydevori bolib xizmat qilgan. Zamonaviy bayramlarimizda ham ana shu xalq pedagogikasining asosiy o‘gitlari saqlanib qolgan Download 300.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling