Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Download 300.05 Kb.
bet30/43
Sana15.02.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1200754
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43
Bog'liq
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil

Sport sho‘balari - sportning maxsus turi bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilar uchun tashkil etiladi. Bunday sho‘balarni tashkil etish uchun eng avvalo sharoit hisobga olinishi lozim. Umumiy rahbarlik esa jismoniy tarbiya o‘qituvchisiga yuklatiladi. Bunday mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan murabbiylar, ustozlar, ushbu hududda yashovchi, yoki shu maktabda o‘qib taxsil olgan yuqori malakali, sovrindor sportchilar, BO‘SMning yo‘riqchi-murabbiylari taklif qilinishi maqsadga muvofiqdir. Ba’zi hollarda sport turlariga ustoz murabbiylar ham taklif etiladi. Mashg‘ulotlari xaftada 2-3 marta o‘tkaziladigan sho‘balarga qatnashadigan o‘quvchi-yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘nggina mashg‘ulotlarga jalb qilinadilar.
Sport bayramlari - Bunday tadbirlar umumiy o‘rta ta’lim maktablarining an’anaviy odatlariga muvofiq holda, yil boshida rejalashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasiga asosan tashkil etilib, yil fasllari, davlat va umumxalq bayramlari arafalarida tashkil etiladi. Musobaqalarda g‘olib chiqgan o‘uvchilar albatta taqdirlanishi va ishtirokchilar ham ma’lum ma’noda rag‘batlantirilishi lozim.
Maktabdan tashqari mashg‘ulotlar
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari salomatligi, sog‘ligi, yoshi, jismoniy tayyorgarligiga qarab ajratib olinib: bolalar va o‘smirlar sport maktbalari, suv havzalari, turli sport inshootlari, madaniyat saroylari qoshidagi sport to‘garaklari, istirohat bog‘lari, madaniyat uylari, jismoniy madaniyat mashg‘ulotlari, uy joy shirkatlari, mahalla fuqarolari yig‘inlarida muntazam ravishda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari tashkil qilinadi. O‘zgarib turadigan tarkib bilan o‘yinlar, oilaviy musobaqalar, ommaviy krosslar (yuguruvchilar kuni), turli xildagi musobaqalar o‘tkaziladi.
Maktab sport bazasidan tashqari mahallasi yoki fermer xo‘jaligidagi mavjud stol tennisi, voleybol, qo‘l to‘pi, harakatli o‘yinlar, yengil atletika, gimnastika, shaxmat-shashka va boshqa ommaviy halq o‘yinlarining mashg‘ulotlari maydonchalaridan va ulardagi bolalarni sport jihozlaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yadi.
Mutassadi shaxslar jismoniy madaniyat va sport tadbirlari uchun kerakli sport jihozlarini maktab ustaxonalaridan foydalanib tayyorlashlari mumkin, bu ishga shuningdek yuqori sinf o‘quvchilari va ota-onalarni jalb etish mumkin.
Jismoniy tarbiya va port mashg‘ulotlari, shuningdek ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun maktabga yaqin joylashgan sport inshootlarida mashg‘ulotlarni yo‘lga qo‘yishimkoniyati mavjud bo‘lib, ayni vaqtda bu tadbirlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jismoniy sifatlarini rivolantirish imkoniyatini hosil qiladi. Bu o‘rnida shaxsiy sport klublari va ularning sport inventarlaridan va moddiy texnik bazasi hamda mutaxassislaridan foydalanishni muhimdir.



Download 300.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling