Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


-rasm. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy sifatlarni rivojlantirish mexanizmi


Download 300.05 Kb.
bet31/43
Sana15.02.2023
Hajmi300.05 Kb.
#1200754
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil

1-rasm. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy sifatlarni rivojlantirish mexanizmi
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qadriyatli yondashuv asosida jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonida ta’lim muassasalari, oila va jamoatchilikning o‘zaro uyg‘unlikdagi tizimli faoliyati eng muhim didaktik shart-sharoitlarning mazmunini tashkil etadi.
Adabiyotlar:

  1. Axmedov F.Q. Jismoniy ta’limda milliy an’analardan foydalanishning o‘rni. Monografiya “Fan” nashriyoti. Toshkent-2010 yil. 95 b.

  2. Axmedov F.Q, Abdulaxatov A.R. O‘zbek kurashi milliy va umuminsoniy qadriyatlar durdonasi.-T.: “Adabiyot uchqunlari”, 2017, 128 bet

  3. Usmanxodjayev T.S, Sh.X.Isroilov, A.A.Pulatov, Sh.A.Pulatov. Milliy va harakatli o‘yinlar. //Darslik.T.: “Iqtisod-moliya”, 2015.

  4. Usmonxodjayev T.S., Milliy sport turlari va xalq o’yinlar. //Darslik. T.:Iqtisod moliya, 2015.


7-Maruza. Maktabgacha ta’lim muassalarida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini milliy qadriyatlar asosida tashkil etish usullari.
Reja:
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni jismoniy tarbiyalashda milliy an’nalarning o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Milliy an’nalar vositasida bolalar jismoniy tarbiyasini amalga oshirish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni jismoniy tarbiyalashda milliy an’nalarning o‘ziga xos xususiyatlari.
Har bir xalqning ijtimoiy madaniy hayotida azaliy milliy an’analar urf-odat¸ marosim bayramlari alohida o‘rin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o‘ziga xos hodisasi sifatida namoyon bo‘ladi. “An’ana”, “odat”, “marosim ” bevosita “bayram” tushunchasi bilan bo‘g‘liq.
An’ana-tarixiy taraqqqiyot jarayonida tabiy va va ijtimoiy extiyojlar asosida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar ma’naviy xayotga ta’sir ko‘rsatadigan ma’daniy xodisadir. An’ana o‘ziga xos ijtimioiy xodisa sifatida kishilar ongiga singan (umuma yoki ma’lum gurux tomonidan), qabul kilingan tartib va qoidalar majmuasi xisoblanadi.
O‘tkazgan tadqiqotimiz natijasida”xalq an’analari” tushunchasining ijtimoiy ma’naviy moxiyatini kuydagicha izoxlash mumkin: xalq an’analari uzoq tarakkiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy ma’naviy extiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy ijodiy faolliyati asosida, atrof-muxit, tabiat, mexnat jarayoninga bog‘liq xolda avlodan-avlodga o‘tib, taraffiy etgan va asrlarga ajdodlar fikri, orzu-yillari, tajribalari,yutuqlariva boshqa kadriyatlarni mujjasamlashtirilgan bebaxo ijtimoiy-madaniy merosga aylangan.
Odat (urf-odat)-kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atforlari qoidalari, ko‘nikmasidir. Masalan, kichiklarning kattalarga salom berishi, uy xovlini tartibga keltirib quyish, mexmonlarga aloxida xurmat ko‘rsatishi, bayram arafasida keksa kariyalar, kasal,ojiz, qiynalgan kishilar xolatidan xabar olish, qo‘ni-qo‘shnilaning biror ishiga yordam berish, xasharga borish kabilar o‘zbek xalqiga xos yaxshi odatlar xisoblanadi.
“Odat” degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo‘lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining fe’l atvorida mustaxkamlab kolgan va keyinchalik o‘z-o‘zidan beixtiyor bajariladigan xarakat ma’nosini bildiradi.
An’ana ijtimoiy xayot, mexnat, madaniyatning barcha soxalariga xos xodisa sifatida juda keng doiraning karab oladi. Odat esa muayayn bir kishining turmush tarzi, xatti-xarakati xulq-atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Marosim-inson xayotidagi muxim vokealarni nishonlashga karatilgan, rasmiy va ruxiy ko‘tarinkilik vaziyatida o‘tadigan, umum qabul qilingan tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi.
Inson xayotida bo‘lib o‘tayotgan muxim vokeni nishonlash jarayonida an’ana xam, odat, xam, marsim xam mujassamlashdi. “An’ana”, “odat”,”marosim” biri-biri bilan bevosita bog‘liq xodisa xisoblanadi. Shuboiz An’nalarning tarkibiy qismi odat, odatning tarkibiy qismi esa marosim xam bo‘lishi mumkin. “An’ana”,”marosim”,”bayram” atamalari o‘zgarmas tushunchalari emas. Zamona taraqqiyoti va turmushidagi o‘zgarishlar ta’sirida tushunchalar kengayib boradi.
Xozirgi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida milliy qadriyatlarimizning mazmuni yo‘nalishi boy va serqirrali jarayondir. ” An’ana “ ”odat ” marosim bevosta bayram tushunchasi bilan bog‘liq. Xalqimiz asrlar mobaynida avaylab, saqlab sayqal toptirib kelgan urf-odatlar udumlari va an’nalari bilan bir bilan aytganda ma’naviy- ma’rifiy madaniy dunyosi bilan ajralib kelgan. O‘zimizning Urf- odatlarimiz viloyatlarimizda milliy xususiyati . turmush tarzi dunyoqarashini aks etiradi. Shu ma’noda urf odatlar bilan axloq –odob o‘rtasil bog‘liqliklar namoyon bo‘ladi. Milliy an’nalarni tarkib toptirishda bayramlar va u bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlarni ado etish odatlari aloxida tarbiyaviy mazmuniga ega.
Har birmiz kishi dunyoga kelgandan tortib umrimizning oxirigacha o‘zimzning turli -tuman urf-odatlari zamirida yashar ekanmiz. Uning tarbiyaviy yo‘naltiruvchanlik xususiyatini doimo e’tiborda tutib . shaxsni ma’naviy axloqiy kamol toptirishda unumli tarzda tarbiya jaryoniga tatbiq etishi lozim. Bu jarayonda urf-odatlarimizga oqilona yondashish jamiyat ma’naviy extiyojiga .shaxs kamoloti talablariga ijobiy javob beruvchi odatlarimizni terib olish maqsadga muvofiq keladi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida tarbiya aniq maqsadli hamda ijtimoiy –tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga . ularning dunyoqarashini shakillantirishga qaratilgan tizimli jarayon etib belgilangan. Hayotimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy siyosiy¸o‘zgarishlar iqtisodiy isloxotlar va qadimiy muammosi bo‘lgan axloqiy barkamollikni yana davrimizning eng dolzarb masallalari qatoriga olib chiqdi.Darhaqiqqat¸ kishilarning ma’naviy dunyosini boyitmasdan¸ ularni axloqiy fazilatlarin¸ milliy va umuminsoniy xususiyatlarni tarkib toptirmasdan turib ijtimoiy iqtisodiy madaniy jabxalardagi vazifalarni, Vatanimiz erishgan mustaxkamlash va rivojlantirish mumkin emas.
Ma’lumki axloq kishining xuq-atvorida e’tiqod-imonida yurish-turishida kundalik turmushida¸fikr mulohazasida muloqatida namoyon bo‘ladi. Axloq shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning asosi hisoblanadi. Shaxs ma’naviyatini yuksaltirishda esa milliy va diniy urf- odatlarimizning hissasi beqiyosdir.
Milliy va diniy urf-odatlarimizning har birini o‘tkazayotganimizda uning maqsad va vazifalarini¸tarbiyaviy tomonlarini yoshlarimiz ongiga singdirishimiz¸ularni imonli¸e’tiqodli o‘z qadrini e’zozlaydigan insonlar bo‘lib yetishishiga diqqatimizni qaratishimiz lozim.Bugun O‘zbekiston xalqi ulug‘ ajdodlarning an’nalari ur-odatlarini davom ettirib¸ taqdirini o‘z qo‘liga olib¸ qaddini rostlab¸ el-yurtimizda osoyishtalik¸ baqarorlikni¸millatlarda axillik va fuqarolar totuvligini avaylab –asrab¸yangi sharoitda o‘z kelajagini ko‘rmoqda¸milliy tarbiya tiklanmoqda deyishi xam urf-odatlarimizni va uning tarbiyaviy jixatlari nihoyatda katta ekanligini ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharofati tufayli o‘zligimizni¸buyuk zotlarning vorisi ekanligimizning¸teran tariximizni anglay boshladik. Boy madaniy merosimizni xalq mulkiga aylanmoqda. Milliy qadriyatlarimiz ko‘nglimiz¸ongu shuurimizni yoritmoqda. Shu jixatdan olganda yoshlarni jismoniy va ma’naviy kamolotga yetkazish uchun “ Temur tezuklari”dan namunalar olish va ularni o‘rganish dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Xar bir davrga mos ravishda vazifalar qo‘yilib kelinmoqda. Bunday muammolarni o‘rganish va ommaviylashtirish maqsadida qo‘ydagi qo‘shimcha vazifalarga e’tibor bermishga to‘g‘ri keladi. Ma’naviy va ma’rifiy qiyofalarni xozirgi davr talablariasosida tahlil qilish. Milliy tarbiya va qadriyatlarni va amaliy faoliyatlar asosida vujudga kelgan ilmiy pedagogik manbalar hamda ulug‘ allomalarning xadis¸ilmiy yoshlarga o‘rgatish. O‘quvchi yoshlarning ma’naviy qiyofalarini¸ma’rifiy o‘yinlari tushunchalarini va jismoniy kamolotini yaxlit takomillashtirish asoslarini tajribalarda sinash.Xar bir yoshni dadil¸epchil¸chaqqon va udoburon bo‘lishga chorlash davlat oto-ona oiladagi barcha kata-kichiklarga mexribonlik¸o‘zgalarga hurmat-izzat bilan qarash tuyg‘ularini tarbiyalashda¸ayniqsa uydagi yumushlarni¸mol-mulkini tegishli ravishda belgilab qo‘yish¸taqsimlash jarayonida “Temur tezuklari” dagi o‘gitlardan foydalanish¸ularni yoshlarga tushuntirish maqsadga muvofiqdir.

Download 300.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling