Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
Download 300.05 Kb.
|
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqiqa marosimi
Navro‟z bayrami o‘tkaziladigan vaqt quyoshning hamal burjiga kirish vaqti bilan belgilanadi. Navro‘z bayrami arafasida hamma joyda hovlilar, uylar, ko‘chalar tozalanib, bezatiladi. Kishilar bir-birinikiga mehmonga borib, keksalar ziyorat qilinadi, ota-onalar, ustozlar va tabarruk kishilardan xabar olinadi, o‘zaro arazlashgan, gina-qudrat qilganlar yarashtiriladi. Navro‘z bayrami o‘tkaziladigan joyga o‘yin – kulgular uyushtiriladi. Navro‘z bayrami turli vilaoyatlarda turlicha bo‘ladi.
Bayramlar orasida islomiy bayramlarning o‘rni nihoyatda katta. Ma‘lumki islom dinida asosan ikkita – «Qurbon hayiti» va kichik bayram – «Ro‘za hayiti» bayramlari mavjud. Bu bayramlarda namoz o‘qish, marhumlarni yod etib, duo-fotiha qilishdan iboratdir. Qurbon hayitida haj amallarini ado etish va qurbonlik qilish, ro‘za hayitida esa ramazon oyi nihoyasida ―og‘iz ochish marosimi‖, fitr-sadaqa berish kabi amallar bajarilgan. Iydi ramazon arafasida kishilar bir-birlariga muloyimlik bilan munosabatda bo‘lishlari lozim. Erta tongdanoq hamma sidqi dildan shunday kunlarga yetkazgani uchun Ollohga shukronalar aytadilar, o‘z yaqinlari, qarindosh-urug‘lari, bemor va qariyalarni ziyorat qiladilar. O‘zbeklarda bayramlar nihoyatda ko‘p. Bayramlardan tashqari ommaviy marosimlar ham katta tantana bilan o‘tkaziladi. Aqiqa marosimi- aqiqa sunnatning odat qilish asosida yana bir necha sunnatlar farzandlarning kelajagi uchun yaxshi ahamiyatga egadir. Rasululloh (a.s.v.) so‘zlaridagi ―yettinchi kunda qo‘y so‘yish‖ Chaqaloqning bosh-ko‘zidan sadaqa qilish ma‘nosini bildirgan. Uning sochini oldirib, soch og‘irligicha mablag‘ni kambag‘allarga ulashib berish ham shu ma‘noni ifodalaydi. Tug‘ulgan chaqaloqning o‘ng qulog‘iga azon va chap qulog‘ga takbir aytilishi, uni kelajakda iymonli, hayoli ta‘sir o‘tazishiga katta ta‘sir o‘tkazadi. Aqiqa 1-kun, 14-kun va 21-kunlarda qilinsa, ayni sunnatga muvofiq bo‘ladi. Aqiqa qilishning ma‘nosi shukrona qilishdir. Olloh bergan ne‘matlar orasida farzand ko‘rish faqat Ollohning iroda-hohishi bilan beriladigan ulug‘ ne‘mat bo‘lgani uchun unga shukur aytmog‘imiz lozim. Ism qo‟yish odati - qadimgi ota-bobolarimiz boshqa udumlar qatori ism qo‘yish odatini ham tark etmaganlar. Dunyodagi barcha jonli-jonsiz narsalarning, hatto oliy voqea-hodisalarning o‘z nomi, ismi, atamasi bor. Ism qo‘yish, odatda, qishloq, mahalla, guzarning keksa, o‘qimishli, donishmand kishilarning imtiyozida bo‘lgan. Ba‘zan, muayyan oilaning eng keksa kishisi, buvisi zimmasida bo‘lgan. Ayrim hollarda chaqaloq qulog‘iga azon aytgan so‘fi, mulla ixtiyorida bo‘lgan. Bolaga ism qo‘yish g‘oyatda jiddiy, mas‘uliyatli udum sanalib, bo‘lajak fuqaroning kelajak taqdiri - amali, hayot yo‘liga ta‘sir qiladi, deb tushunilgan. Shuning uchun ham ulug‘, kasb-kori, sulola mavqeiga mos ism qo‘yish kerak bo‘lgan. Hashar- Sharq xalqlari orasida keng tarqalgan udumlarimizdan biri bo‘lib, qadimdan o‘zbek xalqi hayotida muhim o‘rin tutib kelgan. Hashar - bu ko‘pchilikning bir yoqadan bosh chiqarib, bir maqsadda harakat qilishidir. Hashar bahorda ko‘chalarni tozalash, ko‘chat ekish, ariq tozalash, yo‘llar qurish, mozorlarni obodonlashtirish, ko‘priklar qurish, jamoat joylarini tartibga keltirish, shifohonalarni qurish borasida ham ko‘pchilikka foyda keltirgan. Hasharning bosh xususiyati shundan iboratki, u beminnat, bepul, beta‘ma bajariladi. Hashar ishi ko‘pchilik tomonidan tekinga ado etiladi. Download 300.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling