Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
Download 300.05 Kb.
|
ЖМ Миллий қадрият мажмуа 3-kurs, 2023-yil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Salom va alik
- Xalq qo‟shiqlari
Mehmondorchilik - ya‘ni, mehmon kutish va kuzatish odati dunyoda aksariyat xalqlarga xos xususiyatdir. O‘zbek xalqining bu odati juda qadim zamonlarda ixtiyor qilingan. Shuning uchun, madaniyatimizning ko‘hna manbalarida mehmondorchilik insonning, oilaning, qabila va xalqning, odamiylik, sahovat, madaniy va ma‘naviy aloqasi - muloqot mezoni sifatida juda katta qadr bilan tilga olingan. O‘zbeklar ―Mehmonxonang tor bo‘lsa ham, mehru - diling keng bo‘lsin‖ deyishadi. Otabobolarimiz mehmondorchilikda qanday qoidalarga rioya qilish haqidagi maxsus risolalar yozganlar. Salom va alik - salomlashish qadimiy odat. Dunyoda barcha madaniy xalqlar o‘zaro insoniy munosabat, muomala va muloqotni o‘zaro insoniy munosabat, muomala va muloqotni salomdan boshlaganlar. Har bir xalqning salomlashish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘z urf-odatlari bor. Biz o‘zbeklar barcha islom dunyosi xalqlari singari ―Assalomu-alaykum‖ deya qo‘l olishib ko‘rishamiz. Salomlashish odobi yosh va marosim bilan ham bog‘liqdir. Zamonlar o‘tishi bilan salomlashish odati turli shakllarda o‘zgarib borgan. Qayerda, kim-kim bilan qanday salomlashmoq kerak?
Salom odobning boshi, odobning debochasi qolaversa, odamning kimligini uning salomi ham belgilaydi. O‘zbek xalqi boy an‘ana va udumlarga ega, u to‘y tantanalari, marosimlari, mehmon kutish, dasturxon tuzatish, milliy taomlar pishirilishi bilan butun dunyoga mashhur. Asrlar davomida xalqning har qanday rasm-rusmlari, urf-odatlari avloddanavlodga o‘tib keladi. Mustaqillikka erishgach, bu odatlar, udumlar, qadriyatlar yanada taraqqiy etdi. Xalq pedagogikasi manbalaridan yana biri, to‘y marosimlari hisoblanadi. Biz o‘zbeklarda to‘y marosimlarining turlari juda ko‘p. Bularga: - beshik to‘yi, - sunnat to‘y, - muchal to‘y, - nikoh to‘yi, - oltin to‘y, - kumush to‘yi, - hovli to‘yi kabi turlari shular jumlasidandir. Har bir to‘yning o‘z qonun-qoidasi, o‘z o‘rni, o‘z vaqti bor. To‘ylarda xalqimizning necha ming yillik tarixi davomida qo‘llanilib kelayotgan urf-odat, udumlarimizni ko‘rishimiz mumkin. Milliy qadriyatlar, milliy kuy-qo‘shiqlar, milliy liboslar, milliy taomlarning pishirilishi bular hammasi an‘analarimizni, urfodatlarimizni qanchalik hurmat qilishimimizni ko‘rsatadi. Yoshlarni estetik tarbiyalash avvalo, ularning urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizni tiklashda faol ishtirok etishimizni taqozo etadi. Xalq pedagogikasi estetikaning ―Go`zallik hayot demakdir,‖ - degan qoidasidan kelib chiqib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotdagi, mehnatdagi, turmushdagi, kishilar munosabatidagi go‘zallikda ishtirok etishini uning hayotini, san`atni idrok eta bilish qobiliyatini shakllantirishni o‘ziga bosh vazifa deb hisoblaydi. Xalq qo‟shiqlari – qo‘shiqlarda xalqning orzu-umidlari va ezgu niyatlari aks etadi. Tarbiyada uning ahamiyati beqiyos. Qo‘shiqlar etik, estetik va pedagogik g‘oyalarni musiqiy va shoirona bezagi bilan qadrlidir. Go‘zallik va ezgulik yaxlit ishtirok etadi. Xalq qo‘shiqlariga ezgulikni, inson baxt-saodatini tarannum etuvchi milliy qadriyatlar singib ketgan. Qo‘shiqlarning bosh maqsadi, go‘zallikka nisbatan muhabbat uyg‘otish, estetik didni va qarashni charxlashdan iborat. Qo‘shiqning ta‘limiy qimmati shundan iboratki, bolalarni chiroyli qo‘shiq aytishga o‘rgatishgan, u esa o‘z navbatida go‘zallikka va nafosatga o‘rgatadi. Bolaga ilk yoshida aytilgan allaning ahamiyati ham juda katta. Garchi beshikda yotgan bola uchun aytilayotgan qo‘shiq mazmuni tushunarli bo‘lmasada, unda ifoda etilgan erkalov ohanglari ularning maroq bilan mayin kuylashi bolaga jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ko‘pgina alla, qo‘shiqlari, eng avvalo, ona muhabbatining beqiyos qudratini namoyon qiladi. Biroq, bir vaqtning o‘zida ular bolaga qarash jarayonida ijro etganlarining barchasida bolalarda mehr-muhabbat tuyg‘usini uyg‘otadi. Ya‘ni, u yoki bu tarzda o‘z-o‘zini tarbiyalashni kuchaytiradi. Beshikda yotgan chaqaloq hali qo‘shiq so‘zlarini tushunmaydi, ammo kuyga yo‘g‘rilgan mehr, qalb va ruhni uyg‘otadi, go‘yoki keyingi tarbiyaviy jarayonlar uchun zamin hozirlaydi. Alla qo‘shiqlari asrlar davomida yuzaga kelgan. Unda fikr, harakat va kayfiyatning eng foydali jihatlari mujassamlashgan. Alla qo‘shig`i xalq tarbiyasining eng buyuk yutug‘i, u bolaning hali murg‘ak, doimiy e‘tibor talab qiladigan paytida amaliyot bilan tutashib ketgan. Alladan keyingi o‘rinda turadigan va tarbiyaga ta‘sir etadigan omillardan yana biri bu - ertaklardir. Ertaklar asrlar davomida sayqal topgan, xalq sinovidan o‘tgan tarbiya vositasidir. Bolalar va ertaklar bir - biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular bir-biri uchun yaratilgan va shu boisdan, har bir bola o‘z xalqi ertaklari bilan tanishmog‘i lozim. Ertaklarni esda saqlab qolishda, ularning fikriy teranligi, ma`rifiy va ma‘naviy mazmunining mushtarakligi katta ahamiyat kasb etadi. Ota-bobolar ertaklarida nafaqat urf-odatlar, balki axloq me‘yorlari, ularning jamiyat hayotidagi ishtiroki ham ifodalangan. Ertaklar vositasida bolalarni mehnatsevarlik, kasb-hunar egasi bo‘lishga, rostgo‘y, zukko, jasur, hozirjavob bo‘lishga da`vat etiladi. Download 300.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling