Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Respublikda oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ishlari


Download 36.5 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi36.5 Kb.
#1020923
1   2   3   4
Bog'liq
elmuratov.d

Respublikda oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ishlari.

Xabaringiz bor yaqinda O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan etibor, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi. Anjumanda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha ilmiy metodik taminlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi rahbari Ilhomjon Tursunaliev, Iqtisodiy tahlil, moliya va investiciyalar boshqarmasi boshlig'i Zafarbek Usanov hamda vazirlikning tegishli mutasaddi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda dastavval O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O'zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori muhokama qilindi.
– Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev rahbarligida joriy yilning 4 sentyabr kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida oldimizga sohadagi mavjud muammolarning echimi bo'yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalar ijrosini taminlash bo'yicha kuni kecha Bosh vazirimiz ikkita muhim hujjatga, yani Vazirlar Mahkamasi qarorlariga imzo chekdilar. O'ylaymizki, mazkur qarorlar sohada xizmat qilayotgan mutaxassis-trenerlar, rahbar xodimlar, olimpiada sovrindorlari, qo'yingki sport bilan shug'ullanuvchi barcha insonlarning hayoti va faoliyatida juda katta engillik yaratish, ularning yanada yaxshi mehnat qilishlari uchun sharoit yaratishga xizmat qiladi.[1]
Ochig'ini aytadigan bo'lsak, mazkur qaror – ichimizda saqlab yurgan dardimiz edi. Qarordagi dastlabki o'zgarish, barchangizga malum, 8 yil davomida mutaxassis-trenerlar har 3 yilda trenerlik licenziyalarini yangilashlari lozim bo'lgan. Ushbu ruxsatnomalarni yangilash ikki bosqichdan iborat bo'lgan. Birinchisi, test bosqichi bo'lib, unda qanday savollar tuzilgan va uni kim tuzgan, o'zi bunga trener javob berishi shartmi yo yo'qmi, o'zi bu savollar trenerning asosiy vazifalariga qanchalar mos keladi, degan ko'plab etirozlarga sabab bo'layotgandi. Prezidentimiz mazkur masalani ham uzil-kesil hal qilish bo'yicha topshiriq bergan edilar. Shunga asosan, 2022 yil 1 dekabrdan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan trenerlar Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning filiallari bazasida har 5 yilda attestaciyadan o'tkaziladi. Bunda eng asosiy mezon sifatida trenerning yil davomida erishgan natijalari hisobga olinadi. Mazkur jarayonda oldimizga qo'ygan birinchi maqsadimiz – tizimda shaffoflikni taminlash, korrupciyaning oldini olish va bevosita trener qilishi kerak bo'lgan ishi nuqtai nazaridan bundan buyog'iga ruxsatnomasini oladi. Bu ham shu vaqtga qadar oldimizda turgan juda katta muammo edi. Hatto vaziyat shu darajaga etib bordiki, chempionlar, terma jamoa azolarini tayyorlagan trenerlar ham testlarga javob berolmasdan sohani tark etishga majbur bo'lgan. Natijada shu paytga qadar mingga yaqin malakali mutaxassislarni yo'qotdik.
Bundan tashqari, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 4 yillik talim standartini bosib o'tgan talabamiz ham shu tizim orqali ruxsatnoma olishi kerak edi. Bunga ham barham berildi va endi unga ham diplom bilan birgalikda trenerlik qilishi uchun 5 yillik ruxsatnoma beriladigan bo'ldi. Bu esa tizimda faoliyat yuritishlari uchun talabalarimizning oldida turgan to'siqlarni olib tashladi. O'ylaymanki, bu ishlar yaqin kelajakda o'zining yuksak samarasini beradi. Fursatdan foydalanib, avval mazkur tizimda ishlab, yuqoridagi qiyinchiliklar oqibatida sohadan uzoqlashishga majbur bo'lgan trenerlarni ham endi o'zlari sevgan ish bilan qayta shug'ullanishlariga chaqirib qolgan bo'lardim.
SHu bilan birga, qilingan o'zgarishlardan yana biri Prezidentimizning topshiriqlariga asosan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy gvardiya tasarrufidagi sportga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining direktor va direktor o'rinbosarlari va trenerlar, instruktor-metodistlarining oylik maoshlari 1,35 baravarga oshirildi. O'ylaymanki, bu o'zgarishlar ham chaqirig'im uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Natijada bu sportning ommaviyligi va selekciya ishlari uchun ko'mak beradi, – dedi Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiev matbuot anjumanida.
SHuningdek, anjumanda Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha ilmiy metodik taminlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi rahbari Ilhomjon Tursunaliev ham so'zga chiqib, Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorini bugun jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko'rsatayotgan insonlar mamnuniyat bilan qarshi olgani, ushbu hujjat vositasida sohada mavjud ko'plab muammolar ijobiy echim topganini alohida takidladi.
Darhaqiqat, o'tgan 8 yil davomida o'zbek sporti ancha murakkab davrlarni boshdan kechirdi. Tasavvur qiling, qandaydir test tufayli shu davr mobaynida nafaqat O'zbekiston, balki qita va jahon chempionlarini tarbiyalagan tajribali trenerlar ham tabir joiz bo'lsa “ko'chaga chiqarib qo'yildi”. Trener bo'lmagach, tabiiyki yosh va iqtidorli sportchilar ham etishib chiqmaydi. Bu esa selekciya jarayonining pasayishi, o'z navbatida milliy terma jamoalarda avlodlar almashinuvining juda sust amalga oshirilishi va natijalarimizning keskin darajada pasayib ketishiga sabab bo'ladi. Shu manoda “O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O'zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori soha rivojida yangi davrni boshlab beradi, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning asosiy maqsad va vazifalari yosh avlodni sogʻlom voyaga yetkazish, xalq oʻyinlari va sport turlarini jahon miqyosida keng targʻib etish va rivojlantirish, aholining keng qatlamlarini jismoniy tarbiya harakatiga faol jalb etishdan iborat.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish, jismoniy tarbiya va sport jamoat birlashmalarini tuzish, jismoniy tarbiya va sport birlashmalarini tashkil etishda ishtirok etish huquqiga ega. jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarish. Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar jismoniy tarbiya va sport sohasida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga va erkin hsoblanadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi madaniyat va sport sohasidagi davlat organi boʻlib, unga jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalarini amalga oshirish yuklatilgan
Oʻzbekiston Respublikasining „Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida“gi qonunida jismoniy tarbiya va sport davlat ahamiyatiga molik ish sifatida qaralib, uning maqsadi aholining keng qatlamlari manfaatlariga xizmat qilish, sportni rivojlantrish, aholini sportga targʻib qilish va qulaylikni taʼminlashdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasining „Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida“gi qonunida jismoniy tarbiya va sport davlat ahamiyatiga molik ish sifatida qaralib, uning maqsadi aholining keng qatlamlari manfaatlariga xizmat qilish, sportni rivojlantrish, aholini sportga targʻib qilish va qulaylikni taʼminlashdan iborat. Davlat har yili byudjet mablagʻlari hisobidan Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun mablagʻ ajratadi. Usan barcha hududlarda aholi orasisda sportni yanada targʻib qilish, sport inshoatlarini xatlovdan oʻtkazish hamda sport toʻgaraklarini isloh qilish, „Sogʻlom avlod uchun“" loyihasini amalga oshirish, qishloq hududlarida yosh avlodni sportga yanada jalb qilish kabi muhim chora tadbirlar ishlab chiqilgan. Oʻzbekistonda sport turlari Davlat reestrining asosiy maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasida statistik hisobotlarni takomillashtirish, shuningdek, sport va sport fanlarini tizimlashtirishdan iborat. Faqatgina Davlat reestriga kiritilgan sport turlari boʻyicha oʻrta va oliy kasb-hunar taʼlimi mutaxassislarini tayyorlashga, sport maktablarida boʻlimlar ochishga, mutaxassislarga qoʻyiladigan tegishli malaka talablarini tasdiqlashga va ularni tayinlashga, tasniflash standartlarini, sport turlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan talablar va shartlarni tasdiqlashga ruxsat etiladi. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) respublikada olimpiya gʻoyalarini targʻib etish borasida katta ishlarni amalga oshirmoqda.[2]


    1. Download 36.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling