Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi
Sport-aholi salomatligi yo’lida muhim vosita
Download 36.5 Kb.
|
elmuratov.d
Sport-aholi salomatligi yo’lida muhim vosita.
Oxirgi yillarda mamlakatimiz rivojlangan xorijiy davlatlarning sportni rivojlantirishga qaratilgan taktikalari har tomonlama o'rganilib, o'zimizga xos va o'zimizga mos ravishda ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etila boshlandi. Respublikamiz tarixida ana shunday strategik ahamiyatga ega bo'lgan tarixiy hujjat Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 24 yanvar kuni «O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora–tadbirlari to'g'risida»gi Farmoni elon qilindi. Takidlash lozimki, yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlashga ko'maklashadigan aniq dasturlarning etishmasligi, Oliy talim muassasalarida yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni taminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish masalalarida kamchiliklarning ham borligi hech kimga sir emasdi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan mazkur Farmon, avvalo, yuqorida takidlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilishga qaratilganligi bilan, shuningdek, yurtimizda yuksak madaniyatga ega bo'lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog'lom insonni shakllantirish maqsadida aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo'nalishlarni belgilashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Eng asosiysi, mazkur strategik hujjatga muvofiq, jismoniy tarbiya va sport tizimini 2025 yilgacha isloh qilishning asosiy yo'nalishlari belgilab berildi va bu bo'yicha Koncepciya hamda Yo'l xaritasi ishlab chiqildi. Quvonarli jihati shundaki, jamiyatimizda aholini sog'lom turmush tarzi tamoyillariga o'rgatishga yo'naltirilgan bir qator choralar belgilanganki, unga muvofiq jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanayotgan aholining umumiy sonini yillar kesimida 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug'ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish ko'zda tutilgan. SHuningdek, davlat sport talimi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan, oliy malumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha etkazishga alohida etibor qaratilgan. Hujjatda bayon qilinishicha, yurtimiz yoshlari orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, selekciyasining samarali va shaffof to'rt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish mexanizmi aniq va ravshan yoritib berilgan. Bizlar uchun yana bir quvonarli tomoni, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport maktablari o'quvchi-sportchilari o'rtasida “Bolalar sport o'yinlari”ni o'tkazish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash va yoshlar terma jamoalariga zaxira yaratish hamda oliy talim muassasalari talabalari o'rtasida “Talabalar sport o'yinlari”ni tashkil etish natijasida talabalarni sport bilan muntazam shug'ullanishga erishish tizimining mexanizmi yaratib berildi. Aholining keng qatlamlari, jumladan, umumtalim maktabi o'quvchilari, professional va oliy talim muassasalari o'quvchi va talabalari o'rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida “Umumtalim maktab sporti” festivali, “Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa” ko'rik-tanlovini bosqichma-bosqich (tuman, shahar, hudud, respublika) o'tkazish tizimini ishlab chiqib, tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumtalim maktabi, professional va oliy talim muassasasi nominaciyasini joriy etilishi esa oliy talim bilan umumiy o'rta maxsus talim muassasalarining uzviyligini taminlovchi yangicha mexanizm sifatida alohida takidlash lozim. Biz yoshlar uchun yana bir ahamiyatli jihati shundaki, endilikda sportchi yoshlarni saralash va katta sportga iqtidorli sportchilarni tanlab olish, sport zaxirasini shakllantirish tizimi yo'lga qo'yiladi, yoshlar orasida sportni ommalashtirishda yuqori natijalarga erishish maqsadida hududlarning o'ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, umumtalim maktablari oliy talim muassasalari kamida bittadan rivojlanayotgan milliy sport turlariga ixtisoslashtirilishi yurtimizda ilk bora kuzatilayotgan hodisadir. Ayni yo'nalishda sport tayyorgarligidan o'tayotgan o'quvchi-sportchining sportdagi natijalari yaxshilanganda va u boshqa yuqori darajadagi sport talimi muassasasiga o'tkazilganda, uni tayyorlagan trenerga bir oylik ish haqi miqdorida bir martalik mukofot puli to'lash tizimining joriy etilishi ustoz-murabbiylarimiz uchun yaratilgan keng imkoniyatlardan biridir.[4] Oldinlari kuzatilmagan yana bir o'ziga xoslik shundaki, yurtimiz yoshlari uchun yana bir imkoniyat yaratildi, yani, olimpiya va paralimpiya sport turlari bo'yicha Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo o'yinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g'olib va sovrindor (1-3 o'rin) bo'lgan sportchi-yoshlarni oliy talim muassasalariga (tibbiyot yo'nalishidan tashqari) uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat asosida qo'shimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilish tizimi yaratildi. Shuningdek, oliy talim tizimida faoliyat yuritayotgan hurmatli ustozlarimiz uchun yanada keng imkoniyat va sharoitlarning yaratilishi biz talaba-yoshlarning ham ko'nglida faxr va iftixor tuyg'usini paydo etadi, yani, olimpiya sport turlari bo'yicha respublika (1-o'rin) va xalqaro musobaqalarda (Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida, Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3 o'rinlar) g'olib chiqqan oliy talim muassasalari talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yo'nalishidagi kafedralar o'qituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlarni (docent, professor) to'g'ridan-to'g'ri berish tartibi joriy etiladigan bo'ldi. Davlatimiz rahbarining shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida aholi salomatligini yaxshilash bo'yicha ustuvor vazifalar belgilangan edi. Bugungi yig'ilishda ta'kidlanganidek, yurtimiz sog'liqni saqlash tizimida kasalliklarning oldini olishdan ko'ra ularni davolashga ko'proq e'tibor qaratiladi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tahliliga ko'ra, inson salomatligiga ta'sir etuvchi omillar orasida tibbiy ta'minot 10 foizni, irsiy omillar 15 foizni, atrof-muhitning holati 20 foizni tashkil etadi. Eng muhimi, insonning turmush tarzi (jismoniy faollik, ovqatlanish, zararli odatlar) uning salomatligiga 55 foizgacha ta'sir ko'rsatar ekan. Shu sababdan, Sog'liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi hamda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspektsiyasiga ilg'or xorijiy tajriba asosida aholi salomatligini yaxshilash, odamlarimizni sog'lom turmush tarziga o'rgatishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish bo'yicha topshiriqlar berildi. Aholi salomatligi profilaktikasi avvalo qishloqlardan boshlanishi va bunga javob beradigan yaxlit tizim bo'lishi kerakligi qayd etildi. Masalan, suvning ifloslanishi buyrak, oshqozon-ichak xastaliklariga, atmosferadagi radiatsiya, oziq-ovqat mahsulotlarida kimyoviy vositalarning ko'pligi onkologik, noto'g'ri turmush tarzi qon-tomir, yurak, endokrin, asab kasalliklarga sabab bo'lmoqda. Aynan mana shunday holatlarga chek qoyish uchun ham mamlakatimiz jismoniy tarbiya va sportga katta sarmoya, katta e’tibor ajratmoqda. Keyingi yillarda aholi oʻrtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni keng targʻib qilish borasida koʻp ishlar qilindi. Mahallalarda, koʻp qavatli uylar atrofida “Salomatlik yoʻlaklari”, sport maydonchalari qurildi, taʼlim muassasalarida sport toʻgaraklari ochildi, maktab-internatlar ish boshladi. Toʻgʻri ovqatlanish borasida aniq chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Pirovarida, xalqimizning oʻz salomatligiga boʻlgan qarashlari tubdan oʻzgardi. Bugun oilaviy sport sayriga chiqqan, farzandlarini, nabiralarini yetaklab sport toʻgaraklariga qatnayotgan kishilarni koʻp uchratamiz. Bir soʻz bilan aytganda, sport biz uchun qalb ehtiyoji, ruhiy kayfiyat tantanasiga aylandi. Koʻpchilik jismoniy tarbiya va sportni bitta tushuncha, deb biladi. Lekin jismoniy tarbiya va sport mazmun-mohiyati bilan bir-biridan farq qiladi. Sport uning maʼlum bir turi bilan muntazam, professional darajada shugʻullanish, xalqaro miqyosda yutuqlarga erishish boʻlsa, jismoniy tarbiya koʻproq aholi sogʻligʻi uchun foydali mashgʻulotlarni qamrab oladi. Jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishning naqadar muhimligi pandemiya sharoitida yaqqol sezildi. Sogʻlom odamlarning virus yuqtirish holati kam kuzatildi yoki uni yengil oʻtkazdi. Salomatligi tiklanish jarayoni ham oson kechdi. Sportchilarimiz oʻrtasida esa koronavirusga chalinganlar juda kamchilikni tashkil etdi, yoʻqotishlar boʻlmadi. Gap xalqimiz salomatligi, kelajak avlodning jismoniy va maʼnaviy qiyofasi haqida borar ekan, Oʻzbekiston bugun toʻgʻri yoʻlda ekaniga amin boʻlamiz. Bir misol keltiramizki, u siz bilan suhbatimiz davomidagi barcha fikrlarimizga, mushohadalarimizga asos boʻladi: Prezidentimiz har doim aholini davolashdan koʻra, sogʻlom turmush tarziga jalb qilish orqali kasallikka chalinishining oldini olish afzal ekani haqida qaygʻurib keladi. Oʻtgan yillar mobaynida shu darajaga erishyapmiz ham. Xalqimiz orasida sogʻlom turmush tarzini tanlab, salomatligini mustahkamlab kelayotgan fuqarolar kun sayin koʻpchilikni tashkil etmoqda. Shu jarayonda jahon va Olimpiada oʻyinlari chempionlari boshqalar uchun namuna boʻlyapti. Olimpiya harakatining ikkinchi yoʻnalishi, bu, albatta, sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirokini taʼminlash va mamlakat nufuzini dunyo miqyosida koʻtarish. Keyingi yillarda yangi Oʻzbekistonda sport siyosat darajasiga chiqdi. Oʻtgan 4 yilda jismoniy tarbiya va sportga doir Prezidentimizning oʻndan ortiq farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 100 ga yaqin meʼyoriy-huquqiy hujjatlari qabul qilindi. Ular asosida Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasi tubdan yangilandi. Aytaylik, sportcha yurish, yugurish, turnikda tortinish yoki velosport, basketbol, badminton, stol tennisi bilan shugʻullanish uchun oddiy yoʻlak, nari borsa kichik maydoncha kifoya. Oldinlari mahallalarda ana shu sport turlari bilan shugʻullanish uchun ham sharoit boʻlmagan. Bugun qaysi mahallaga kirsangiz sport maydonchalari borligiga yoki qurilayotganiga guvoh boʻlasiz. Har kuni qayerdadir oddiy aholi, havaskor va professional sportchilar oʻrtasida musobaqalar, sport tadbirlari tashkil etilayotgani haqida xabarlarni oʻqishingiz mumkin. Ommaviy yugurish, toʻrt-besh ming qadam piyoda yurish, velomarafonlar oʻtkazish, musobaqalarda oilaviy ishtirok etish yaxshi anʼana tusini oldi. Bularning barchasiga Prezidentimizning yuqorida tilga olgan farmonida jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish uchun moliyaviy manbalar belgilab berilgani asos boʻldi. Milliy olimpiya qoʻmitasida 24 soat ishlaydigan shtab tashkil etildi. Federatsiyalarning, sportchi yoki murabbiyning qanday masalasi boʻlsa, murojaat qilishi mumkin. Va tezkor hal qilish choralari koʻriladi. Tibbiy diagnostika markazi faoliyati tubdan yangilandi. Farmakolog, diyetolog, psixologlarni jalb qildik. Ular sportchining qanday ovqatlanishi, jismoniy va ruhiy tayyorgarligi, nimalarga eʼtibor qaratishi kerakligini doimiy nazorat qilib boradi. Yaxshi natijalarga erishgan sportchilar va ularning murabbiylariga stipendiya berish, moddiy ragʻbatlantirish tizimi joriy etildi. Xorijdan malakali murabbiylarni, sport mutaxassislarini jalb qilish borasida ham samarali ishlar qilinyapti. Jismoniy madaniyat shaxsni kompleks shakllantirish tizimining uzviy qismidir.Aholini jismoniy tarbiya mashg'ulotlariga jalb etishga va aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, sog'ligi haqida g'amxo'rlik qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam, mustaqil shug'ullanish ko'nikmalarini singdirish tarbiyaviy jarayonning ajralmas qismi xisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning beshta muxum tashabbusni ilgari surgani bejiz emas. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish ularni sport soxasida qobiliyatlarini nomoyon qilishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan. Jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismonan sog'lom va ma'naviy boy yosh avlodni tarbiyalash, fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport bilan jiddiy shug'ullanishlariga erishish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi. XULOSA Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, bugun "Yangi O'zbekistonda" jismoniy madaniyat va sportga berilayotgan e'tibor, yoshlarimizni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, bularning barchasi yoshlarimizning ma'naviy yetuk, jismonan sog'lom bo'lib voyaga etishlari, har-xil yot g'oyalarga berilmasliklari, qolaversa dunyoda o'zbek bayrog'ini yuqoriga ko'tarilishiga xizmat qilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida xalqimizning ulug'vor qudrati jo'sh urgan hozirgi zamonda O'zbekistonda yangi bir uyg'onish - Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotganini ta'kidladi. O'zbekistondagi Uchinchi Renessans jismoniy madaniyat va sportni yuksaltirishga ham yo'naltirilganligi ushbu "hayotiy qobiliyat" ni oshirish maqsadi ko'zlanganligi bilan izohlanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham "Sportni jadal rivojlantirish, xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishgan sportchilarni rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlashga bundan buyon ham katta ahamiyat beramiz" deb alohida ta'kidlagani bejiz emas. Mamlakatimiz tomonidan joriy etilayotgan barcha strategik hujjatlarni «Biz buyuk O'zbekiston kelajagini albatta, yoshlar bilan birga quramiz», degan shior ostida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asosi desak mubolag’a bo’lmaydi. Negaki, bugungi kunda nafaqat bizlar tahsil olayotgan oliy talim muassasalarida yoki maktab va litseylarda, hatto chekka-chekka qishloqlarda ham sportni jon-u dilidan yaxshi ko'radigan, davlatimiz bayrog'ini jahonning yuksak arenalarida baland ko'tarishni niyat qilib, harakat qilayotgan yoshlarimiz talaygina. Mazkur qabul qilingan hujjatlar esa, ayni yo'nalishda Prezidentimizga kamarbasta bo'ladigan yurtimizning barcha sport ishqibozlariga, biz talaba-yoshlarga va hurmatli ustoz-trenerlarimizga dasturi amal xizmat qiladi. Sport bilan shug’ullanish nafaqat inson salomatligiga, balki uning ruhiy holatiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shijoat bilan ilm olish va o’qishga, shuningdek, hayotda optimist bo’lib yashashga o’rgatadi. Muntazam ravishda sport bilan shug’ullanish turli xil tushkunlik va depressiya holatlari yuzaga kelishini kamaytirish bilan bir qatorda yoshlarda o’ziga bo’lgan ishonch va qat’iyatlikni mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi. Yoshlar siyosati boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil eta turib davlat va yoshlarning uzviy bogʻliqligini koʻrishimiz mumkin. Har bir yoʻnalishda yoshlarning bandligini taʼminlash davom etmoqda. Yigit va qizlarning har tomonlama kamol topishlari, bilim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa ularning kelgusida vatan ravnaqiga hissa qoʻshuvchi avlod boʻlib yetishishlarida ahamiyatlidir. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportning ommalashuvini yanada yuqori pog'onaga ko'tarish, jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirish, xalq milliy o'yinlarini qayta tiklash, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, zamonaviy sport turlari bo'yicha iqtidorli sportchilarni tayyorlash va ularning sport mahoratlarini oshirish maqsadida mamlakatimiz prezidenti tomonidan amalga oshirilgan ishlar borasida ko'plab, qabul qilgan farmon va qarorlari mamlakatimizda sporti sohasini ommalashtirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatiga ega bo'ldi. Biz har tomonlama rivojlangan, ma’naviy va madaniy dunyosi boy, jahon hamjamiyatida о‘z о‘rniga ega, zamon talablari bilan hamnafas yashaydigan yurt va kelajak qurish yо‘lidan bormoqdamiz. Ushbu yо‘lning eng oliy maqsadi esa Vatan kelajagi bо‘lgan barkamol yoshlarni kamol toptirishni tashkil etadi. “Ma’naviy jihatdan yuksak rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini rо‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bо‘lib qoladi.” Ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tub isloxotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrga kelib sog‘lom avlodni voyaga etkazishda sport va jismoniy tarbiya yoshlar hayotining ajralmas qismi bo’lib qolaveradi. Foydalanilgan adabiyotlar: Lexus.com Uzkitob.net Qonun hujjatlari portali.ru Muhim.uz Download 36.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling