Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid huquqiy-normativ hujjatlar


Download 36.5 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi36.5 Kb.
#1020923
1   2   3   4
Bog'liq
elmuratov.d

Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid huquqiy-normativ hujjatlar.

Mamlakatimizda sportga e’tibor yuqori sur’atda qaratilayotgani hammaga ayon. Bunday say-harakatlarning markazida xalqimizning manfaatlari yotibdi. Aholining salomatligi, jismoniy “forma”si yaqshilanishiga qolaversa yosh avlodning sportga qiziqishini orttirishda davlatimiz tomonidan muhim hujjatlar qabul qilingan. Bular jumlasiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish” to’g’risida qator qarorlarini kiritsak boladi. Bunday hujjatlarning mazmuniga e’tibor qaratsak jismoniy madaniyat va sport sohasi orqali mamlakatni har tamonlama rivojlantirishning hozirgi kundagi ustuvor masalasi bo’yicha so’nggi to’rt yilda yutimizda bu borada qator me’yoriy huquqiy-me’yoriy normativ hujjatlar qabul qilinishi va undan ko’zlangan maqsadlar chuqur tahlil etilib ochib berilgan. Hozirda dunyo davlatlari o'rtasidagi o'zaro raqobat, kuch-kudratini namoyon etish sport va intelektual imkoniyatlarni namoyish etishda ifodalanmoqda. O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek: "Sport - tinchlik elchisidir. Bizning maqsadimiz ham tinchlik, osoyishtalik va shu asosda jahon ahli bilan hamkorlik qilish.
Hech bir narsa mamlakatni sport kabi tezda dunyoga mashhur qila olmaydi"[3] Darhaqiqat, mamlakatimiz sportchilari Markaziy Osiyo va Osiyo o'yinlari, turli xalqaro turnirlar, jahon birinchiligi va Olimpiya o'yinlarida muvaffaqiyat bilan ishtirok etib, egallagan sovrinli o'rinlari uchun O'zbekistonning xalqaro nufuzi oshmoqda. Sportdagi bu yutuqlar xalqimizning o'zligini anglash, birdamlik va vatanparvarlik hissiyotlarini o'sishiga sabab bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasida keyingi to'rt yil mamlakatimiz va xalqimiz uchun hech bir mubolag'asiz sifat jihatidan tub o'zgarishlar va jadal taraqqiyot davri bormoqda. Yurtimizning barcha hududlari misli ko'rilmagan qurilish maydoniga aylangan - eng yangi texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar, ko'rkam, barcha qulayliklar muhayyo qilingan turar joylar, keng va ravon ko'chalar barpo etilmoqda.
Xalqimiz hayoti tubdan yaxshilanib, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolat qaror topmoqda.Jahonga bu o'zgarish va yangilanishlar natijasida mamlakatimiz ijobiy tomonga jiddiy o'zgarayotganining e'tirofi sifatida "Yangi O'zbekiston" ifodasini muomalaga kiritdi. Ushbu o'tgan to'rt yil davomida jismoniy madaniyat va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlashga ko'maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni ta'minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun
qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish, mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo'lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog'lom avlodni shakllantirish maqsadida so'nggi to'rt yil davomida jismoniy madaniyat va sport sohasiga doir quyidagi yangi me'yoriy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, jumladan:
■ O'zbekiston Respublikasida 2017 yil 7 fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947 sonli Farmoni,
■ 2017 yil 3 iyunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3031 sonli qarori,
■ 2017 yil 10 avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3197 sonli Qarori,
■ 2018 yil 5 martda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5368 sonli Farmoni,
■ 2018 yil 5 martda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" gi PQ-3583 sonli qarori,
■ 2018 yil 25 oktabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'quvchi va talaba yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 864-sonli qarori,
■ 2019 yil 13 fevralda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2019-2023 yillar davrida O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi 118-sonli qarori,
■ 2020 yil 24 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5924 sonli Farmoni,
■ "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish" KONSEPSIYASI qabul qilindi.[3]
Yuqorida qabul qilingan jismoniy tarbiya va sport sohasiga doir yangi me'yoriy normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi va ularning ijrosi bilan bog'liq mamlakat aholisining barcha qatlamlari, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-
sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga ega bo'lgan ishonchini mustahkamlash, mardlik, vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish, yurtimiz vakillarining Olimpiada o'yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o'yinlari va chempionatlari va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani jahonda O'zbekistonning obro'sini yanada yuksaltirishga, jismoniy madaniyat va sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlarning amalga oshirilayotganligi yurtimizning har bir fuqarosi uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
Bundan tashqari “Jismoniy tarbiya va sport mutaxasislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risida” ham normativ-me’yoriy hujjat mavjud. Uning asosiy maqsadi quyidagilarni tashkil etadi:
davlat ta’lim standartlari hamda kasbga doir bilim va ko‘nikmalarga qo‘yilgan talablar asosida mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan sport ta’lim muassasalari xodimlari uchun qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha pulli asosda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni kasbiy, ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish, sport ta’lim tizimini ilmiy-metodik ta’minlash, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish;
o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga, xususan, sport ta’lim muassasalari amaliyotiga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
sport ta’lim muassasalari faoliyatining samaradorligini oshirish, o‘z filiallari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish;
xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazish orqali jismoniy tarbiya va sport sohasida mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritish, xorijiy sport ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi hamda davlatimiz rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportga katta e'tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, 2017 yil 3 iyun, Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3031-son, 2018 yil 5 martdagi "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5368-sonli farmon va qarorlarida yurtimiz aholisini sog'ligini mustahkamlash jismoniy tayyorgarligini oshirish,
sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish ommaviy sportni yanada rivojlantirishga oid masalalarga e'tibor qaratilgan.
Jismoniy madaniyat shaxsni kompleks shakllantirish tizimining uzviy qismidir.Aholini jismoniy tarbiya mashg'ulotlariga jalb etishga va aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, sog'ligi haqida g'amxo'rlik qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam, mustaqil shug'ullanish ko'nikmalarini singdirish tarbiyaviy jarayonning ajralmas qismi xisoblanadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning beshta muxum tashabbusni ilgari surgani bejiz emas. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish ularni sport soxasida qobiliyatlarini nomoyon qilishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan. Jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismonan sog'lom va ma'naviy boy yosh avlodni tarbiyalash, fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport bilan jiddiy shug'ullanishlariga erishish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomi ham tasdiqlangan unga ko’ra aholining barcha qatlamlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyati va harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatini oshirish, zararli odatlar hamda turli kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida sport sinovlarini o‘tkazish;
aholining turli qatlamlariga nisbatan 11 ta yosh toifasi bo‘yicha, sport sinovlarining murakkablik darajasini hisobga olgan holda ixtiyoriy va maxsus talablarni belgilash;
har yili yanvar — dekabr oylarida 6 ta bosqichdan iborat aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish;
sport sinovlarining ixtiyoriy (faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan) va maxsus (I, II va III darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek bir yil mobaynida turli imtiyozlar bilan) talablarini bajargan g‘olib va sovrindorlarni rag‘batlantirish;
sport sinovlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish manbalari korsatib o’tilgan. Xususan sportchilar va oddiy fuqarolar uchun sport sinovlari joriy qilinib ularning vazifalari ham batafsil yoritilgan hamda: mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini muntazam o‘tkazish orqali aholini jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etish hamda sport bilan shug‘ullanuvchi shaxslar safini kengaytirish;
jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish tadbirlari orqali aholining salomatligi va jismoniy imkoniyatlari darajasini oshirish;
aholini jismonan baquvvat, barkamol va sog‘lom bo‘lishiga, ularning sport bilan chiniqishiga, jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga aylantirishiga erishish;
aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish;
respublika hududida, shu jumladan olis hududlarda joylashgan qishloqlar, ovullar, mahallalarda sog‘lomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish;
yoshlarda iroda, o‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch kabi fazilatlarni mustahkamlash, ularda jasorat, vatanparvarlik va sadoqat xislatlarini rivojlantirish;
o‘sib kelayotgan yosh avlod tomonidan sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy komillikka erishish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga qiziqishini oshirish;
aholining sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, immunitetini mustahkamlash, salomatligini ta’minlash hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish;
havaskor va professional darajada sport bilan shug‘ullanuvchilar sonini oshirish orqali joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof tizimini yaratish hamda sport terma jamoalari tarkibini sifatli to‘ldirish, shuningdek, ularning zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash tizimini tatbiq etish;
yosh avlodni jismonan va ruhan sog‘lom, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni kelajagimizning munosib vorislari etib voyaga yetkazish, yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladigan intellektual salohiyati yuqori bo‘lishini ta’minlash hamda Vatan mudofaasiga munosib zaxira kadrlar tayyorlash;
davlat organlari va tashkilotlarining aholi salomatligini ta’minlash borasidagi mas’uliyati va rolini yanada oshirish hamda faoliyatini baholash tizimini joriy etish ham ko’zda tutilgan. Hududiy va tuman (shahar) ishchi guruhlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoniga asosan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Sport targ‘ibotchilari”, ixtiyoriy ravishda bolalar va o‘smirlar sport maktablarining trenerlari hamda har bir mahalla hududida joylashgan umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilaridan iborat tarkibda shakllantirilishi tasdiqlandi. har yili mart oyiga qadar respublikaning barcha hududlarida, davlat organlari va tashkilotlarida sport sinovlarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlaydi, zarur hollarda sport sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritadi;
bir yilda kamida ikki marotaba (yarim yillik, yillik) hududiy ishchi guruhlar, barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rib boradi;
har yili sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarning eng yuqori natijalari qayd etib borilishini tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekistonda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining rekordlari nomli tahliliy maxsus kitobini chop etish choralarini ko‘radi;
sport sinovlaridan professional sportga o‘tishni ta’minlash maqsadida havaskor sportchilarning jismoniy va psixologik tayyorgarligini yaxshilashga yo‘naltirilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlar olib borilishini yanada kuchaytiradi hamda bu boradagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi;
sport sinovlarining maxsus talablarini bajargan g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash haqidagi yakuniy xulosani tasdiqlaydi;
zarur hollarda sport sinovlari natijalarini bekor qilish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish mexanizmi yaratildi. tegishli hududda sport aksiyalari, havaskorlik chempionatlari, konkurslar tashkil etish orqali sport sinovlari targ‘ibotini hamda o‘tkazilishini tashkil etadi;
sport sinovlari o‘tkaziladigan sana, o‘tish joyi, rejasi va shartlari bo‘yicha ma’lumotlar to‘g‘risida kamida bir oy oldin ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon berilishini ta’minlaydi;
maxsus sport sinovlari natijalarining rasmiylashtirilishini joylarda adolatli va shaffoflikni ta’minlagan holda tashkil etilishi yuzasidan nazoratni tashkil etadi;
sport sinovlarining maxsus talablarini bajargan ishtirokchilar natijalari qayd etilgan bayonnomalar va videotasvirlarni ko‘rib chiqadi;
sport sinovlarining maxsus talablarini bajargan g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash haqidagi yakuniy xulosani Respublika komissiyasiga kiritadi;
sport sinovlarining (ixtiyoriy va maxsus talablarini bajargan) g‘oliblarini taniqli sport va madaniyat namoyondalari ishtirokida festivallar tashkil etish orqali tantanali tarzda taqdirlash ishlarini amalga oshirib borishi belgilab qo’yildi. tuman (shahar)larda mahalliy chempionlar ishtirokida sport aksiyalari, konkurslar va mahorat saboqlarini tashkil etish orqali sport sinovlari targ‘ibotini tashkil etadi;
sport sinovlarida qatnashish istagini bildirgan shaxslarni sport sinovlari shartlari bilan tanishtiradi, sport sinovlarida ishtirok etuvchilar ro‘yxatini shakllantiradi va muntazam yuritadi;
tuman (shahar)larda jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash va ommaviy sportni keng targ‘ib qilish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratadi;
tuman (shahar)larda sport sinovlarining maxsus talablarini qabul qilish uchun alohida markazlarni tashkil etadi;
sport sinovlarining ixtiyoriy talablarini qabul qilish uchun sport inshootlari ro‘yxatini shakllantiradi hamda aholini yosh toifasi bo‘yicha mahallalar kesimida biriktiradi;
sport sinovlarini o‘tish joyi, biriktirilgan trener va mas’ullar to‘g‘risida ma’lumotlarni hududiy ishchi guruhlariga taqdim etib boradi;
har bir yosh toifasi bo‘yicha o‘tkazilgan sport sinovlarining maxsus talablarini bajargan ishtirokchilar natijalari qayd etilgan bayonnomalar va videotasvirlarini uch kun muddatda hududiy ishchi guruhiga taqdim etib boradi;
sport sinovlarining (ixtiyoriy va maxsus talablarini bajargan) g‘oliblarini taqdirlash ishlarini tantanali ravishda amalga oshirish choralarini ko‘radi;
zarur hollarda sport sinovlarini takomillashtirish va bu boradagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi va hududiy ishchi guruhiga kiritadi. oylarda sport sinovlarini o‘tkazish davrida bildirilgan taklif va mulohazalar hamda mutaxassis va ekspertlarning xulosalarini inobatga olib, sport sinovlarining turlari va mezonlariga o‘zgartirish kiritib boradi;
sport sinovlarining sog‘lom shaxslar uchun ixtiyoriy va maxsus talab(sinov)lari hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtiyoriy va maxsus talab (sinov)lari tasdiqlandi. Sport sinovlarini o‘tkazishda hududiy ishchi guruhlariga ko‘maklashadi, jumladan har yili yanvar-fevral oylarida mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan o‘z hududida istiqomat qiluvchi (doimiy yoki
;O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda sport sinovlari o‘tkaziladigan, ishtirokchilar joylashadigan, ovqatlanadigan, tashrif buyuradigan joylarda va ularning atrof-hududlarida jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati ishtirokchilari uchun ajratilgan avtotransport vositalarini yo‘l-patrul xizmati avtomashinalari yordamida kuzatish ishlarini amalga oshiradi.


    1. Download 36.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling