Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Download 36.5 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi36.5 Kb.
#1020923
  1   2   3   4
Bog'liq
elmuratov.d



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI
FANIDAN
KURS ISHI

Mavzu: Respublikamizda jimoniy tarbiya va sportni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar.

Bajardi: Elmuratov Diyorbek
Kurs ishi rahbari: Jo’rabayev Abdukarim
JIZZAX-2022
MUNDARIJA:
KIRISH
1-BOB. JISMONIY TARBIYA VA SPORT SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI.

    1. Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ishlari…………………………………………...5




    1. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid huquqiy-normativ hujjatlar……………………………………………….9




    1. Sport-aholi salomatligi yo’lida muhim vosita………………...18

XULOSA……………………………………………………………....24
Adabiyotlar……………………………………………………………26

KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31-oktabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy sport inshootlarini barpo etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Prezidentning Davlat maslahatchisi, tegishli vazirlik va qo‘mitalar rahbarlari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o‘rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi.
Mustaqillik yillarida bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Aholining, ayniqsa, yosh avlod­ning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Shahar va qishloqlarda zamonaviy sport komplekslari bunyod etildi. “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari yoshlarni ommaviy sportga, sog‘lom turmush tarziga oshno qilish vositasiga aylandi.
Iste’dodli bolalarni tanlash va professional sportchilarni tayyorlash bo‘yicha uzluksiz tizim yaratildi. Umumta’lim maktablari va bolalar sport majmualaridagi mashg‘ulotlarda qobiliyati ko‘zga tashlangan o‘g‘il-qizlar bolalar va o‘smirlar sport maktablari, sport kollejlariga olinib, professional yondashuvlar asosida tarbiyalanmoqda. Oliy o‘quv yurtlari va o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida mahoratini oshirmoqda.
Buning natijasida mamlakatimiz sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritib, xalqimiz salohiyatini butun dunyoga namoyon qilmoqda. Xususan, sportchilarimiz 2016-yili Braziliyada o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida 13 ta, Paralimpiya o‘yinlarida 31 ta medalga sazovor bo‘lib, yurtimiz sporti tarixidagi eng yuqori natijalarga erishdi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 15-fevraldagi «Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimiz sporti rivojida yangi davrni boshlab berdi. Farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil qilindi. Aholi keng qatlamini sport bilan shug‘ullanishga jalb etish, jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, shahar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlari va musobaqalar o‘tkazish, Milliy olimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va assotsiatsiyalar bilan birgalikda iste’dodli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirish, kadrlar tayyorlash, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro aloqalarni kengaytirish uning asosiy vazifalari etib belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasidagi O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro apparati, 300 ga yaqin sport ta’lim muassasasi Davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi.
Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish ishlarining samaradorligini oshirish borasida jamoatchilik fikrini o‘rganish, tahlil qilish, sohadagi ishlarni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish maqsadida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashi tashkil etildi.
Hududiy boshqaruv organlari tarkibida 201 ta tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha vakillar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu joylarda sohaga oid davlat siyosati, farmon va qarorlar ijrosini to‘la ta’minlash, sportni quyi pog‘onalardan rivojlantirishda muhim o‘rin tutmoqda. Sport majmualaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yoshlarni ularga yanada keng jalb etish zarurligi qayd etildi.


    1. Download 36.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling